The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun.
PIRLS va TIMSSni bir-birini toʻldiruvchi dasturlar deb eʼtirof etish mumkin.
PISA haqidagi eng ko’p beriladigan savollarga qisqa javoblar.
PISA nima?
O‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo‘lib, uning natijalari asosida dunyo mamlakatlari o‘quv dasturlarida mavjud talablar doirasida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo‘llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan. Shu bilan birga, bu hech qanday o‘quv dasturini belgilamaydi, targ‘ib qilmaydi va umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi.
2. Tadqiqot kim tomonidan amalga oshiriladi?
PISA tadqiqoti Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT), Organization for Economic Cooperation and Development (OECD) tomonidan amalga oshiriladi. Tadqiqot ilk bora 2000-yili o‘tkazilgan va 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi.
3. PISA tadqiqotlari nima uchun har uch yilda o‘tkaziladi?
PISAning asosiy vazifasi a’zo mamlakatlarni ta’lim siyosatiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlash, qarorlar qabul qilishda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Tadqiqotning har uch yilda o‘tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlar va tegishli dasturlarning ta’sirini hisobga olish uchun ma’lumot va tahlillarni ichiga olgan holda o‘z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, mamlakatlar bu davr davomida o‘z ta’lim tizimida kelajakda erishish ko‘zda tutilgan maqsadlarni aniqlab olishiga imkon beradi.
4. PISA tadqiqotlarida nega aynan 15 yoshli o‘quvchilar qatnashadi?
Tadqiqot aynan 15 yoshli o‘quvchilar doirasida o‘tkazilishining asosiy sababi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(IHTT)ga a’zo aksariyat davlatlarda 15 yosh majburiy ta’lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi.
5. Savodxonlikni baholashda qanday kompetensiyalarga asoslanadi?
Ushbu kompetensiyalarni o‘quvchilarning tabiiy fanlardan savodxonligini aniqlashda qo‘llaniladigan kompetensiyalar misolida ko‘rib chiqamiz:
1. Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntira olish kompetensiyasi.
2. Ilmiy-tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasi.
3. Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasi.
6. Kontekst nima?
Kontekstlar — PISA topshiriqlarining asosi sanaladi. Kontekst hayotiy muammoli vaziyatlar aks etgan topshiriqlar. O‘z navbatida, kontekstlar shaxsiy, mahalliy va milliy (global) darajalarga bo‘linadi.
7. PISA topshiriqlari darajalariga qanday talablar qo‘yiladi?
Topshiriqni bajarish uchun talab etiladigan intellektual va fikrlash qobiliyatiga ko‘ra ular uchta kognitiv darajaga ajratiladi:
1. Quyi daraja — bir bosqichli amallar.
2. O‘rta daraja — hodisalarni tavsiflash.
3. Yuqori daraja — murakkab ma’lumotlarni tahlil qilish.
2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi qaysi xalqaro dasturlarda ishtirok etadi: (PISA) — 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash,
(PIRLS) — boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash.
SHu o‘rinda “Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?”, degan savolga javobimiz quyidagicha:
1. Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini beradi;
2. Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi;
3. Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:
4. Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi.
Xalqaro taʼlim dasturlarining (STEAM) ijobiy natijalarini oʼrgangan holda milliy taʼlim dasturlarini yaratish, xalqaro baholash dasturlarini (PISA va PIRLS -2021) tatbiq etish belgilab berildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi taʼlim sifatini oshirish boʼyicha qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.
Taʼlim sifatini baholash tizimini yaratish
Birinchidan, vazirlik mamlakatimizda taʼlim sifatini baholash tizimini oʼrganib chiqdi. Oʼrganish natijalari shuni koʼrsatdiki, shu paytgacha taʼlim tizimi sifati va yagona yondashuvga asoslangan real holatni baholovchi tizim boʼlmagan. Shu bois taʼlim sifatini aniqlash uchun bir necha tashqi manbalar maʼlumoti oʼrganilib, xalqaro tajribalar amaliyotga joriy etilgan holda shaffof hamda obʼektiv baholash mezonlari yaratilmoqda.
Shuningdek, maktab bitiruvchilarining 2019 yilda oliy taʼlim muassasalariga kirish koʼrsatkichlari tahlil qilindi. Tahlil natijalariga koʼra 2 mingdan ziyod maktabning bironta oʼquvchisi oliy oʼquv yurtiga kira olmaganligi aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan bu yil ilk bor maktablar reytingi eʼlon qilindi. Reyting pedagoglar salohiyati, 9-sinf oʼquvchilari bilim darajasi, bitiruvchilarning OTMlarga kirish koʼrsatkichlari va ijtimoiy soʼrovnomalarga asoslandi.
2020 yilda АQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan birgalikda boshlangʼich sinf (2- va 4-sinf) oʼquvchilari oʼrtasida oʼqish (EGRA) va matematika (EGMA) savodxonligi boʼyicha xalqaro baholash oʼtkaziladi. Hozirgi kunda baholashni oʼtkazish boʼyicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
2021 yilda oʼquvchilar bilimi PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlari asosida aniqlanadi. Mazkur xalqaro baholash dasturlari mamlakatimiz taʼlim tizimini boshqa davlatlar bilan solishtirish va kamchiliklarini aniqlashga koʼmak beradi.
2019 yilning oktyabr oyida Sirdaryo viloyatida taʼlim sifatini baholash va viloyatni taʼlim sifati boʼyicha namunali hududga aylantirish boʼyicha amaliy ishlar boshlandi. Tajriba doirasida oʼqituvchilar va oʼquvchilarning bilimlari baholandi.
Bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarga kirmagan maktablar (2000 dan ortiq) birinchi navbatda davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʼtkazish rejalashtirildi.
Xulosa qilib aytganda, shuni ta’kidlashni istardikki, an’anaviy o’qitish uslublari bilan taqqoslaganda, o’rta maktabdagi STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar o’tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda musiqa va filmlar yaratishga, o’z g’oyalarini haqiqatga aylantirishga va yakuniy mahsulotni yaratishga undaydi. Ushbu ta’lim yondashuvi bolalarga nazariya va amaliy ko’nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va universitetga kirish va keyingi o’qishni osonlashtiradi.
1.:СТЕАМ - Ссиенсе (фан), Texnologiy (технология), Энгинееринг (инженерия), Матхематисс (математика)
2.Укитиш: хаёт таълими (СТЕАМ larning Эдусатион фор лифе). Тransversal va tajribaga asoslangan ta’lim
(Трансверсал анд эхпериентиал кномшедге)
.3. СТЕМ shaxs rivojining ijodiy aspekti. Арт (san’at) - СТЕАМ konsepsiyasi: Musis (мусика) - СТЕММ, Реадинг (o’qish san’ati) - СТРЕАМ. СТЕАМ ta’lim dasturlari СТЕАМ texnologiyalarining ahamiyati
.4. Геймификатсия: o’yin orqali o’qitish. (Гамифисатион: леарнинг тхроугх плай).
Do'stlaringiz bilan baham: |