Reja; steam ta’limning qo’llanishiб samaradorligi va afzalliklari. Taʼlim dasturlari va darsliklarni takomillashtirish Maktablarda taʼlim sifatini oshirish ustuvor vazifa sifatida: pirls xalqaro baholash dasturi


Taʼlim dasturlari va darsliklarni takomillashtirish



Download 34,74 Kb.
bet2/11
Sana23.01.2022
Hajmi34,74 Kb.
#402849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-mavzu.

Taʼlim dasturlari va darsliklarni takomillashtirish

Xalqaro taʼlim dasturlarining (STEAM) ijobiy natijalarini oʼrgangan holda milliy taʼlim dasturlarini yaratish, xalqaro baholash dasturlarini (PISA va PIRLS -2021) tatbiq etish belgilab berildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi taʼlim sifatini oshirish boʼyicha qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Taʼlim sifatini baholash tizimini yaratish

Birinchidan, vazirlik mamlakatimizda taʼlim sifatini baholash tizimini oʼrganib chiqdi. Oʼrganish natijalari shuni koʼrsatdiki, shu paytgacha taʼlim tizimi sifati va yagona yondashuvga asoslangan real holatni baholovchi tizim boʼlmagan. Shu bois taʼlim sifatini aniqlash uchun bir necha tashqi manbalar maʼlumoti oʼrganilib, xalqaro tajribalar amaliyotga joriy etilgan holda shaffof hamda obʼektiv baholash mezonlari yaratilmoqda.

Shuningdek, maktab bitiruvchilarining 2019 yilda oliy taʼlim muassasalariga kirish koʼrsatkichlari tahlil qilindi. Tahlil natijalariga koʼra 2 mingdan ziyod maktabning bironta oʼquvchisi oliy oʼquv yurtiga kira olmaganligi aniqlandi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan bu yil ilk bor maktablar reytingi eʼlon qilindi. Reyting pedagoglar salohiyati, 9-sinf oʼquvchilari bilim darajasi, bitiruvchilarning OTMlarga kirish koʼrsatkichlari va ijtimoiy soʼrovnomalarga asoslandi.

2020 yilda АQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan birgalikda boshlangʼich sinf (2- va 4-sinf) oʼquvchilari oʼrtasida oʼqish (EGRA) va matematika (EGMA) savodxonligi boʼyicha xalqaro baholash oʼtkaziladi. Hozirgi kunda baholashni oʼtkazish boʼyicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

2021 yilda oʼquvchilar bilimi PISA va PIRLS xalqaro baholash dasturlari asosida aniqlanadi. Mazkur xalqaro baholash dasturlari mamlakatimiz taʼlim tizimini boshqa davlatlar bilan solishtirish va kamchiliklarini aniqlashga koʼmak beradi.

2019 yilning oktyabr oyida Sirdaryo viloyatida taʼlim sifatini baholash va viloyatni taʼlim sifati boʼyicha namunali hududga aylantirish boʼyicha amaliy ishlar boshlandi. Tajriba doirasida oʼqituvchilar va oʼquvchilarning bilimlari baholandi.

Bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarga kirmagan maktablar (2000 dan ortiq) birinchi navbatda davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasidan oʼtkazish rejalashtirildi.

Pedagog va rahbarlarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yaratish 2019 yil 23 avgustdagi videoselektorda oʼqituvchi va murabbiylarning oʼzi ham bilim va saviyasini oshirish, jamoat ishlarida faol ishtirok etish, halol mehnati va tashabbuskorligi bilan bu kasbning obroʼsini oshirishi kerakligiga urgʼu berildi. Shu bilan birgalikda, ayrim pedagog xodimlarning bilim va malakasi bugungi zamon talablariga javob bermasligi hamda oʼqituvchilarning bilim va saviyasini yuksaltirishda malaka oshirish tizimining oʼrni sezilmas yigʼilishda tanqid qilib oʼtildi. Shu bois, “Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi toʼgʼrisida” Prezident qarori loyihasi tayyorlanib, keng muhokamaga qoʼyildi. Unda uzluksiz malaka oshirish tizimini amaliyotga joriy etish boʼyicha quyidagilar belgilandi:

a) Xalqaro andozalarga asoslanib xalq taʼlimi tizimidagi pedagoglarning kompetentsiyalari darajasini belgilovchi yagona kasbiy standart va baholash tizimini ishlab chiqish;

b) umumtaʼlim maktablarida pedagogik faoliyat yuritish huquqini berish boʼyicha kasbiy litsenziyalash (sertifikatlash) mexanizmlarini ishlab chiqish hamda uni bosqichma-bosqich joriy etish;

v) xalq taʼlimi xodimlarining mustaqil ravishda malaka oshirishlarini qoʼllab-quvvatlash va ularning kasbiy ehtiyojlarini eʼtiborga olish imkoniyatini beradigan malaka oshirishning kredit-modul tizimini joriy etish;

g) amaldagi metodist lavozimini tugatgan holda oʼqituvchilarning kasbiy faoliyatini doimiy rivojlantirish va qoʼllab-quvvatlash uchun “mentor” lavozimini joriy etish. Mentorlikka tajribali oliy toifali oʼqituvchilar va yuqori malakali kadrlarni jalb etish hamda ularning oyligini oliy toifali oʼqituvchilarga nisbatan 1,35 baravar koʼproq etib belgilash;

d) А.Аvloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti negizida А.Аvloniy nomidagi Xalq taʼlimi akademiyasini hamda Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi hududiy xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari negizida Pedagogik mahorat institutlarini tashkil etish;

e) Аkademiyada malakali va iqtidorli amaliyotchi pedagoglar tarkibidan yangi zamon taʼlim boshqaruvchilarini tayyorlash maqsadida tashkil etiladigan “Taʼlim menejmenti” mutaxassisligi boʼyicha 1 yillik va va “Kattalar taʼlimi” mutaxassisligi boʼyicha 2 yillik magistraturalar tashkil etish kabi masalalar taklif etildi.

Kasbiy litsenziya tizimini joriy etish

Ushbu qaror loyihasi bilan oʼqituvchilar uchun kasbiy litsenziya tizimini joriy etish taklif etilmoqda. “Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi”da umumtaʼlim muassasalari oʼqituvchilari va maktab direktorlarini zamonaviy malaka talablari asosida sinovdan oʼtkazib, ularning faoliyatini litsenziyalash belgilangan. Shu bois, uni amaliyotga joriy etish taklif etilmoqda. Kontseptsiyaga muvofiq litsenziyalash bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda jami oʼqituvchilar soniga nisbatan kasbiy litsenziyaga ega oʼqituvchilarni 2021 yilda 5 foizga, 2030 yilda 20 foizga yetkazish belgilangan.

Taʼkidlash joizki, kasbiy litsenziyalash amaliyoti Buyuk Britaniya, АQSh, BАА, Koreya, Finlyandiya va Yaponiya kabi mamlakatlarda samarali joriy qilingan.

Hozirda xalq taʼlimi tizimidagi 466 462 nafar oʼqituvchidan 3,1 foizi oliy malaka, 14,6 foizi birinchi malaka, 29,4 foizi ikkinchi malaka toifasiga ega. Qolgan 52,9 foiz oʼqituvchi toifaga ega emas (!).

Kasbiy litsenziya rahbarlar uchun 3 yilga, oʼqituvchilar uchun esa 5 yilga amal qilib, dastlabki bosqichda toifaga ega boʼlgan oʼqituvchilardan, keyinchalik toifaga ega boʼlmagan oʼqituvchilardan talab etiladi.

Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida belgilangan oʼqituvchilar ish haqining bosqichma-bosqich oshirilishi faqatgina kasbiy litsenziyaga ega boʼlgan pedagog kadrlarga tatbiq etilib, oʼqituvchilarni oʼz ustida ishlashga undaydi.

Kasbiy litsenziyani joriy etish maqsadi va ahamiyati yuzasidan keng jamoatchilik orasida tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda. Yakuniy loyiha jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda takomillashtiriladi.

Taʼlim sifatini oshirish maqsadida “Toshkent tajribasi”ni joriy etish ham taklif etilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yilning 23 avgust kuni kengaytirilgan tarzda oʼtkazilgan yigʼilishda taʼlim sifatini oshirish, xususan, poytaxt Toshkent tajribasini respublikaning boshqa hududlarida ommalashtirish yuzasidan bergan topshirigʼiga asosan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi. Mazkur hujjat ham ayni kunda jamoatchilik tomonidan muhokama etilmoqda.

Loyihada quyidagi vazifalar belgilanmoqda:

1) Oliy taʼlim muassasalari bilan umumiy oʼrta taʼlim muassasalari oʼrtasidagi hamkorlikni izchil yoʼlga qoʼyish orqali pedagog kadrlar tajribasi, salohiyatini oshirish;

2) Toshkent shahridagi umumiy oʼrta taʼlim muassasalarini toʼliq yuqori malakali oliy maʼlumotli pedagog kadrlar bilan taʼminlash;

3) Oliy taʼlim muassasalaridagi chet tili kafedralarining professor oʼqituvchilarini maktablarga biriktirish orqali maktablarda faoliyat koʼrsatayotgan ingliz tili oʼqituvchilarining barchasini C1-CEFR darajasiga olib chiqish;

4) Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida bosqichma-bosqich yoshlarning axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi boʼyicha bilim va koʼnikmalarini oshirishga qaratilgan “IT-Nation” loyihasini amalga oshirish;

5) Oʼquvchilarda fundamental bilimlarni amaliy tajribalar asosida mustahkamlashga, ularni ilmiy ijodkorlik va mustaqil tadqiqotlarga yoʼnaltirishga qaratilgan STEAM laboratoriya markazlarini tashkil etish;

6) Umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilarining xalqaro baholash tadqiqotlariga (PISA, PIRLS, TIMSS) tayyorlash ishlarini yanada kuchaytirish;

7) 2019-2020 oʼquv yilidan boshlab inklyuziv taʼlimga jalb qilingan oʼquvchilar mavjud boʼlgan barcha boshlangʼich sinflarga “assistent oʼqituvchi” lavozimini joriy etish;

8) Umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilarini xalqaro fan olimpiadalari va musobaqalariga tayyorlashga ixtisoslashtirilgan Xalqaro fan olimpiadalari zaxirasi maktabini tashkil etish;

9) 2020 yil 1 yanvardan boshlab Toshkent shahri xalq taʼlimi xodimlari mehnatini qoʼshimcha ragʼbatlantirish maqsadida mahalliy byudjet mablagʼlari hisobidan oylik maoshlarini oshirish choralarini koʼrish nazarda tutilgan.

Mazkur tajriba ijobiy natija bersa, uni mamlakatimizning boshqa hududlariga ham joriy etish rejalashtirilgan.

Taʼlim sifatini yaxshilash va oʼquvchilarning zamonaviy bilim olishi uchun Xalq taʼlimi vazirligi ilgʼor xorijiy tajriba asosida zamonaviy milliy taʼlim dasturini yaratish boʼyicha ish olib bormoqda. Milliy taʼlim dasturi asosida zamonaviy dizayn va mazmunga ega darsliklar bosqichma-bosqich ishlab chiqiladi. Bu yoʼnalishda STEAM fanlarini oʼqitish boʼyicha Prezident maktablari tajribasini yoyish rejalashtirilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʼiga koʼra, umumtaʼlim maktablarida “Tarbiya” fanini joriy etish rejalashtirilgan. Bu ham 2019 yil 23 avgustdagi videoselektorda maktablardagi maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha tashkil etish, “Milliy gʼoya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuygʼusi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, yagona “Tarbiya” fanini joriy qilish topshirigʼiga asoslanadi.

Maktablarimizda oʼzbek tilini oʼqitish sifatini oshirish, oʼquv dasturlari va darsliklarni takomillashtirish boʼyicha ham islohotlar olib boriladi. Jumladan, oʼzbek tilini bilish darajasini baholash uchun 4 ta (eshitish, oʼqish, yozish va suhbatlashish) koʼnikmasiga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish rejalashtirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi mamlakatdagi barcha maktab oʼquvchilarining sifatli taʼlim olishi uchun «Elektron taʼlim» loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.



  1. Download 34,74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish