Kuzatish organi
- bu har qanday statistik kuzatishni bevosita tashkil
qiladigan va o’tkazadigan tashkilotdir. Aholi ro’yxatini o’tkazishda, sobiq ittifoq
paytida, faqatgina Markaziy statistika boshqarmasi (MSB) kuzatish organi bo’lib
hisoblanardi. Kuzatish organi bo’lish uchun (kuzatish o’tkazishdan oldin, kuzatish
paytida va undan keyin) juda katta javobgarlikni bo’yniga ola oladigan va shu ishni
kami-ko’stsiz bajarishga qurbi etadigan tashkilot bo’lishi kerak. Bu javobgarlik
o’ta muhim va boshqalardan farq qiladi. Masalan, aholi ro’yxatini o’tkazish organi
bo’lgan tashkilot ishiga shu mamlakatning xalqi, hukumati va bir qancha nufuzli
xalqaro tashkilotlar baho beradi.
Kuzatish vaqti va muddati
- deganda statistik kuzatish qachon (qaysi
vaqtda) va necha kunda amalga oshirilishi tushuniladi. Kuzatish vaqtini tanlash
muhim masala.Odatda, aholi ro’yxatini o’tkazish uchun qish payti tanlanadi (oxirgi
ya’ni, 1989 yilgi aholi ro’yxati 12-19 yanvar kunlari o’tkazilgan), chunki bu
paytda aholini harakati eng pastdir.
Kritik fursat (moment)
- bu hodisa va voqealarning ma’lum bir nuqtaga
bo’lgan holatidir. Aholi ro’yxati o’tkazilgan 8 kun ichida qancha o’zgarishlar
bo’ladi: bir tomondan tug’ilish, ikkinchi tomondan o’lish, ko’chib kelish va ketish.
Shuning uchun ham, kritik payt (moment) belgilanib, faqat o’sha momentga
bo’lgan aholi soni aniqlanadi.Shu paytga bo’lgan aholi sonini fotosuratga olinadi
desak ham xato qilmaymiz. 1989 yilgi aholi ro’yxatida 11 yanvardan 12 yanvarga
o’tar kechasi soat 24
00
kuzatishning kritik payti deb belgilangan edi. Bu degani,
kechasi soat 23 dan 59 minut o’tganda o’lgan odamga va soat 00dan bir sekund
keyin tug’ilgan bolaga ro’yxat varaqasi to’ldirilmaydi, agarda teskarisi bo’lganda
edi ikkalasiga ham ro’yxat varaqasi to’ldirgan bo’lar edik.
Kuzatish qaerda o’tkazilsa o’sha joy
kuzatish joyi
deyiladi.
Statistik kuzatish natijalari uni o’tkazishga qanday tayyorgarlik
ko’rilganligiga bog’liq.Tayyorgarlik ishlari statistik kuzatish o’tkazishni e’lon
qilishdan boshlanadi. Birinchi navbatda ro’yxatni aniqlash, so’rov varaqasini
tuzish, kuzatish o’tkazuvchilarni tanlash va tayyorlash turli-tuman
yo’riqnomalarni tayyorlash va chop etish, shunday statistik kuzatish o’tkazishni
zarurligi va mohiyatini xalqga ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish
kerak. Bu ishlarni qanchalik yuqori darajada tashkil qilsak kuzatish natijalari
shunchalik yuqori va ishonchli bo’ladi.
Har qanday statistik kuzatish o’z oldiga faqatgina haqiqatni o’zida aks
ettiruvchi ma’lumotlarni to’plashni maqsad qilib qo’yadi.Lekin ma’lumki, real
hayot bilan kuzatish materiallari o’rtasida hamma vaqt farq bor. Bu farq kuzatish
xatosi deb yuritiladi.
Statistik kuzatish xatosi o’z navbatida:
-qayd qilish xatosi;
-reprezentativ (vakolatli) xatoga bo’linadi.
Qayd qilish xatolari kuzatish jarayonida faktlarni noto’g’ri aniqlash
oqibatida paydo bo’ladi. Ular o’z navbatida:
-tasodifiy;
-muntazam xatolarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |