Mavzu: Standartlar va standartlashtirish faoliyati haqida umumiy tushunchalar.
Reja:
1. Standart va standartlashtirishning qisqacha tarixi.
2. Standartlashtirishning maqsad va vazifalari.
3. Standartlashtirish sohasidagi asosiy atama va tushunchalar
1. Standartlashtirishning qisqacha tarixi
Standartlishtirish sohasida xilma – xil atamalar mavjud. Turli xildagi
buyumlarni, ularning tavsiflarini, usullar va belgilashlarning sonini qisqartirish
jarayonini xar xil mamlakatda turlicha ataladi. Masalan, bu jarayonni AQSH va
Angliyada «Standardization”, Germaniyada “Normung” va Frantsiyada
“Normalisation” deb ataladi. Agarda standartlashtirish bilan shug„ullanadigan
tashkilotlarning nomlari taqqoslansa, u holda ko„pchilik Yevropa tashkilotlari o„z
nomlarida “Normlien” (Shveytsariya), “Normalisatie” (Gollandiya) va h.k.
so„zlarni ishlatadilar. Keltirilgan barcha xorijiy atamalar ingliz tiliga “
Standartization“ atama bilan, italyan tiliga esa “Unificazione“ atama bilan tarjima
qilinadi
XX asr boshlarida Rossiyada yolg„iz “normalizatsiya” atamasi qo„llanilgan
va u mashinasozlik sanoatida hozirgi paytgacha ishlatilib kelinmoqda.
Kishilik jamiyatining «qoidalarni belgilash va qo„llash» ga bo„lgan ehtiyoji
juda qadim zamonlarda paydo bo„lgan. Alifbe, yil hisobi, hisob tizimlari (sistem
otscheta), pul va og„irlik birliklari – bularning hammasi standartlashtirishga
qo„yilgan dastlabki qadamlardir.
Tarixshunoslar
standartlashtirishga
asoslangan muhandislik faoliyatni Qadimgi
Misrda ehromlarni barpo etish mobaynida
vujudga kelgan deb hisoblaydilar (taxminan
5000 yil avval). Qurilish uchun ishlatilgan
toshlar ma‟lum bir aniq o„lchamlarga ega bo„lgan, busiz ehromlarning to„g„ri
geometrik shakli va ularni asrlar davomida uzoq vaqt saqlash mumkin emas edi.
Taxminan 50 asr davomida saqlanib, bizgacha yetib kelgan bu qurilmalar juda
yuqori sifat va aniqlik bilan ishlangan. Toshlarga shunday aniqlik bilan ishlov
berilganki, natijada bir – birlari bilan yondoshganlarining orasidan ingichka ignani
ham o„tkazib bo„lmaydi.
Balandligi 90 metrli Vavilon minorasini (eramizdan taxminan ming yil
ilgari) qurishda ma‟lum o„lchamli 85 mln. dan ortiq pishiq g„ishtlar ishlatilgan edi,
shu bilan birga ularni terishda bog„lovchi material (asfalt) qo„llanilgan.
Minoraning 15 – chi yuqori qavati sirlangan moviy g„ishtlar bilan qoplangan
bo„lib, ularni yasash nafaqat o„lchamlari standart talablariga rioya qilingan
bo„lishini, balki tayyorlash usuli qoidalari majmuini ishlab chiqish va bu
qoidalarga rioya qilishni talab qilar edi.
Qadimgi Misr harbiy texnikasida standartlashtirish qo„llanilgan. Masalan,
bundan 4200 yil ilgari o„sha zamondagi harbiy mashinalarni – manjaniq
(katapulta) larni loyihalashda va ishlab chiqarishda nisbiy o„lchamlar usuli
qo„llanilgan bo„lib, bunda manjaniq barcha detallarining o„lchamlari bitta bosh
parametrdan, ya‟ni shu manjaniq otadigan o„q (strela) ning uzunligiga mos qilib
olingan.
Standartlar Uyg„onish davrida katta kemalar qurishda tadbiq etila
boshlandi (XV asr). Buning natijasida kemalar ishlab chiqarilishi potok(oqim)
usulda tashkil qilindi.
Rossiyada Ivan IV ning
1535
yildagi
Farmoni
standartlashtirishga asos soldi.
Bu
Farmonda
to„p
yadrolarining o„lchamlarini
kalibrlar bilan nazorat qilish
ko„zda tutilgan. XIX asr o„rtasi XX asr boshlarida temir yo„l transportidan keng
foydalanish standartlashtirishning rivojlanishiga turtki bo„ldi. Bu vaqtlarda temir
yo„l relslari orasidagi masofa, vagonlarning rangi, asosiy qurilmalarning
balandliklari, g„ildiraklar diametrlari, temir yo„l qurilishida qo„llaniladigan qurilish
materiallari uchun standartlar ishlab chiqildi.
Standart so„zi inglizcha “Standart” so„zdan olingan bo„lib, me’yor, o‘lcham,
andoza degan ma‟nolarni bildirib, me‟yoriy hujjat nomi bilan yuritiladi.
Standartlar darajasiga qarab, halqaro, mintaqaviy davlatlararo, milliy va
korxona miqyosida faoliyat ko„rsatadi.
Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga
qo„yish bosqichida yangi mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va
o„zlashtirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste‟molchi
oralaridagi munosabatlarni yaxshilashga yo„naltirilgan.
Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o„z vaqtida yuqori sifatli loyiha –
konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat
ko„rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo„lsa mahsulotning ishlab
chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.
Standartlashtirish mahsulot muomalada bo„lganida va sotish bosqichlarida
mahsulotni joylashtirish (upakovka) da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga,
yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay
saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga
talablar belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |