Savol va topshiriqlar:
1.Uyushiq bo’laklar deb nimaga aytiladi?
2. Qaysi gap bo’laklari uyushishi mumkin?
3. Uyushgan bo’laklar qanday vositalar bilan bog’lanadi?
4. Uyushgan bo’laklar qanday grammatik shaklda bo’ladi?
5. Uyushgan bo’laklar orasida qanday tinish belgisi qo’yiladi?
6. Uyushiq bo’lak va bog’lovchi munosabatini qanday baholaysiz?
7. Quyosh, suv va havo - eng yaxshi davo gapidagi uyushiq bo’laklarni aniqlang
17-dars.Umumlashtiruvchi bo’lak.Uyushgan va uyushmagan bo’lak. Uyushgan va uyushmagan aniqlovchi
Reja:
1.Umumlashtiruvchi so’z haqida
2.Umumlashtiruvchi so’zda tinish belgilarining ishlatilishi
3.Uyushgan va uyushmagan aniqlovchi
1-topshiriq. Quyidagi berilgan matnda uyushgan bo'laklarni toping. Uyushgan bo'laklarning qaysi hokim bo'lakka bog'lanayot-ganini aniqlang. Uyushgan bo'laklarda kelishik, egalik, ko'plik qo'shimchalarining qo'llanilishiga e'tibor bering.
Dars beraman diniy haqdan, «Qur'on»dan, Qasos, imon, insof bilan vijdondan, Haqoratdan, asoratdan, ilmdan,
Saxovatdan, tahoratdan, bilimdan. (I.To'lakov)
2-topshiriq. Quyidagi berilgan gapdagi uyushgan bo'laklarni aniqlab, uyushiq bo'laklarda kelishik, egalik, ko'plik shakllarining ikki xil qo'llanilishi (har birida alohida-alohida hamda eng oxiridagi bittasida), ularning bir-biridan farqini bayon qiling.
Navoiy
Men Bobur -ning asarlarini sevaman
Mashrab
Uyushiq bo'laklar otlar bilan ifodalanganda va, hamda, bilan o'zaro
almashinadi. Fe'llar bilan ifodalanganda esa va, hamda, -u (-yu) o'zaro
almashina oladi, lekin «va» ning o'rniga «bilan»ni qo'yib bo'lmaydi.
Solishtiring. ,
Keldi va ketdi.
Keldi-yu ketdi.
Uyushiq bo'laklar o'zaro sanash ohangi yordamida bog'lanib, ularning har binning ma'nosi ta'kidlanganda, har bir bo'lak oxirida ham yuklamasi qo'llaniladi: Sen ham, u ham farishta emas.
Uyushgan bo'laklar o'zaro ayimv munosabatida bo'lganda, ular o'rtasida yo, yoki, yo-yo, ba 'zan-ba 'zan, dam-dam singari bog'lovchilar qo'llaniladi. Masalan, yo kitob, yo ruchka olaman.
I Juda muhim. Yo, yo-yo, yoki bog 'lovchilari uyushgan bo 'laklardan % birini tasdiqlab, ikkinchisini esa inkor etib bog'laydi.
Masalan, yuqoridagi misolda kitob olsa, ruchka olmaydi, ruchka olsa, kitob olmaydi,
Ba'zan-ba'zan, dam-dam, goh-goh kabi bog'lovchilar yordamida bog'langanda esa uyushgan bo'laklarning navbatma-navbatligi ifodalanadi. Solishtiring: Goh о 'ynaydi, goh yig'laydi. Ana shunday ma'no ifodalaganda dam-dam, goh-goh, ba 'zan-ba 'zan kabi bog'lovchilar o'zaro almashinib keladi.
Uyushgan bo'laklar o'zaro zidlik munosabatida bo'lganda, ular o'rtasiga zidlov bog'lovchilari (ammo, lekin, biroq) qo'llaniladi. Masalan, Hammasini tinglardim, ammo (lekin, biroq) o'xshashini topmasdim aslo. (H. Olimjori)
Uyushiq bo'laklar ifodalagan ma'no inkor qilinib, ularning har biri ta'kidlab ko'rsatilsa, na... na... bog'lovchi vazifasidagi yuklama qo'llaniladi. Masalan, Na sen, na men buning kafolatini olganmiz. (Shuhrat)
Na... na... uyushgan bo'lakli gapning kesimi tasdiq shaklida bo'lganda ham, inkor shaklda bo'lganda ham qo'llana beradi. Agar uyushiq bo'lakli gap kesimi tasdiq shaklda bo'lsa, na... na... uyushgan bo'laklarni o'zaro bog'lash va gapni inkor gapga aylantirish vazifasini bajaradi. Aksincha, gapning kesimi inkor shaklda bo'lsa, na... na... uyushgan bo'laklarni o'zaro bog'lash va ularning ma'nosini ta'kidlash vazifasini bajaradi. Solishtiring:
Na Salim, na Karim keldi, Na Salim, na Karim kelmadi.
O'ylang: uyushiq bo'lak va bog'lovchi munosabatini qanday izohlaysiz?
Tayanch tushunchalar: grammatik shakl, teng bog'lovchilar, teng bog'lovchilar vazifasidagi yordamchi so'zlar.
Quyidagi maqolning mazmunini ifodalang, shuningdek, uyushiq bo'laklarni aniqlang.
Quyosh, suv va havo — eng yaxshi davo.
1-topshiriq. Quyida berilgan gapda nuqtalar o'rniga tegishli so'zlarni qo'ying. Nuqtalar o'rniga qo'ygan so'zlar bilan hamma, barcha, ban, ко 'pi, ко 'pchilik singari so'zlarning munosabatini ayting.
Litseyimiz bog'ida..., ........... barcha mevalarbor. Sinflmizda ко'pchilik
o'quvchilar. ...lar ingliz tilini yaxshi bilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |