Savol va topshiriqlar:
1. Gap bo’laklari deb nimaga aytiladi ?
2. Gap bo’laklari qaysi bo’lakka nisbatan aniqlanadi ?
3. Nega shunday deb o’ylaysiz ?
4. Gap bo’laklari nechaga bo’linadi?
5.Ega deb nimaga aytiladi?
6.Ega qaysi so’zlar turkumi bilan ifodalanishi mumkin?
8-dars. Kesim va uning ifodalanishi. Kesimning turlari
Reja:
1.Kesimlikning belgilari
2. Ot kesim va fe’l kesim haqida
3. Kesimning tuzilishiga ko‘ra turlari
Kesim gap markazi bo’lib, u tsdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma'nolarini ifodalab keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo’laklarini o’z atrofida birlashtiradi.
Gapni yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi ahamiyati juda katta. U hukmni ifodalovchi, gaplikning asosiy belgilarini ko’rsatuvchi eng muhim bo’lakdir. Gapda ega ham, ikkinchi darajali bo’laklar ham bevosita yoki bilvosita kesimga bog’lanadi.
Kesim nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? (ba'zan nechanchi? qanday?) so’roqlariga javob bo’ladi.
Kesim qaysi turkum so’zlari bilan ifodalanishiga ko’ra ikki xil:
Do'stlaringiz bilan baham: |