Reja: Sodda gap turlari



Download 57 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi57 Kb.
#827180
Bog'liq
GAPLARNING TUZILISH


GAPLARNING TUZILISH JIHATDAN TURLARI: SODDA GAP TURLARI. BIR BOSH BO‘LAKLI VA IKKI BOSH BO`LAKLI GAPLAR,

Reja:


1.Sodda gap turlari.
2.Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi
3. Bir bosh bo‘lakli gaplar
4. Egasi topiladigan gaplar
5. Egasi topilmaydigan gap
6. Nominativ (atov) gap
7. Infinitiv gaplar Gaplar tuzilish jihatdan ikki guruhga bo‘linadi:

Sodda gap bir predikativ birlikdan iborat bo‘lib, uning tarkibi ayrim gaplarga bo‘linmaydi. Masalan: G‘ir-g‘ir shabada turlituman giyohlarning hidlarini olib keladi. (O.). Oqil va donolar bilan suhbatdosh bo‘ling. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 2. Qo‘shma gap mazmun va grammatik jihatdan birikkan ikki va undan ortiq predikativ birliklardan tuzilib, uning tarkibi ikki va undan ortiq gaplarga bo‘linadi. Masalan: Hali daraxtlar barg chiqarmagan-u, pushti guldastaga o‘xshab gullagan bir tup bodom qo‘shni hovlining devori osha yashnab turibdi. (P.Q.). Haqiqiy do‘stlik suvdek zilol, qalbaki do‘stlik – tuz qo‘shilgan asal. (Maqol). Sodda gap turlari Sodda gaplar grammatik asosining tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1) ikki bosh bo‘lakli gaplar; 2) bir bosh bo‘lakli gaplar. Grammatik asosi ikki bosh bo‘lakdan: ega va kesimdan iborat bo‘lgan gaplar ikki bosh bo‘lakli gaplar deyiladi. Masalan: Mehnatdan do‘st ortar. (Maqol). Grammatik asosi bir bosh bo‘lakdan iborat bo‘lgan gaplar bir bosh bo‘lakli gap deb yuritiladi. Masalan: Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga. (Maqol). Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning qatnashishiqatnashmasligiga ko‘ra ikki xid bo‘ladi: yig‘iq gaplar va yoyiq gaplar. Bosh bo‘laklardangina yoki bir bosh bo‘lakdan tashkil topgan gap yig‘iq gap, ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Yomg‘ir tindi. Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to‘sib turardi. (S.Karomatov). Birinchi gap yig‘iq gap bo‘lib, faqat bosh bo‘laklardan tuzilgan. Ikkinchi gapda bosh bo‘laklar (bulutlar – ega, to‘sib turardi – kesim)dan tashqari, ikkinchi darajali bo‘laklar ham (hamon, qaysarlik bilan - hollar, quyosh - aniqlovchi, yuzini – to‘ldiruvchi) qatnashgan. Shuning uchun bu gap yoyiq gapdir. Bir bosh bo‘lakli gaplar ham, ikki bosh bo‘lakli gaplar ham zarur bo‘laklarning to‘la ifodalanishi yoki tushirilishiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: to‘liq gap va to‘liqsiz gap. To‘liq gaplarda fikrni ifodalash uchun zarur bo‘laklarning barchasi qatnashadi, to‘liqsiz gaplarda zarur bo‘laklarning biri yoki bir qismi tushiriladi. Masalan: - Ilgari qayerda ishlagan edilar? (To‘liq gap). – Dastavval Surxondaryoda, keyin qarshi cho‘lida. (O.Y.) (To‘liqsiz gap). Sodda gaplar bo‘laklarga ajralish-ajralmasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: bo‘laklarga ajraladigan gaplar va bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar. So‘zlar bog‘lanmasidan yoki yakka so‘zdan tuzilib, gap bo‘laklarini aniqlash (ajratish) mumkin bo‘lgan gaplar bo‘laklarga ajraladigan gaplar deb yuritiladi. Masalan: Mashina darvoza oldida to‘xtadi. (O.Y.). Bir so‘zdan tashkil topib, tarkibi bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar deyiladi. Masalan: - Assalomu alaykum, dada. (P.Q.). Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi Ikki bosh bo‘lakli gap ikki grammatik tarkibi: ega tarkibi va kesim tarkibi mavjud bo‘lgan gapdir. Ega yoki ega va unga taalluqli so‘zlar ega tarkibini tashkil etsa, kesim yoki kesim va unga taalluqli so‘zlar kesim tarkibini tashkil qiladi. Bir bosh bo‘lakli gaplar Bir bosh bo‘lakli gaplarning tuzilish asosi yo kesim tarkibidan, yo ega tarkibidan tashkil topadi. Kesim yoki kesim tarkibidan tashkil topgan gaplarda ega, ega yoki ega tarkibidan tashkil topgan gaplarda kesim qatnashmaydi va bunday bo‘lakka ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Bunday gaplarda predikativlik bir bo‘lak bilan ifodalanadi. Masalan: Oyko‘lliklarni yaxshi gaplar bilan yo‘ldan qaytarishdi (P. Q.). Bugungi ishni ertaga qo‘yma. (Maqol). Yosh bo‘lsa ham ko‘p narsani boshidan kechirgan. (P.Qodirov). Oqshom chog‘i... Vatan bo‘ylab qadam - qadamlab Quyosh o‘tdi dengizlar, tog‘lar ortiga. (Shayxzoda). Aqlni beaqldan o‘rgan. (Maqol). Bir bosh bo‘lakli gaplar, bosh bo‘lakning qaysi biridan tashkil topishiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi: egasiz gaplar, kesimsiz gaplar. Egasiz bir bosh bo‘lakli gaplar faqat kesim tarkibidan iborat bo`lib, egani topish mumkin yoki mumkin emasligiga ko‘ra egasi topiladigan va egasi topilmaydigan gaplarga bo‘linadi. Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplar nominativ (atov) gaplardir. 1. Egasi topiladigan gaplar Egasi topiladigan gaplarda egasini kesim orqali beriladigan so‘roq bilan topish mumkin bo`ladi. Bunday gaplar shaxsi aniq, shaxsi noaniq, shaxsi umumlashgan gaplarga bo‘linadi. Shaxsi aniq gap. Kesimi, asosan, fe’l bilan, ba’zan fe’ldan boshqa so‘z bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turadigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi aniq gap deyiladi. Shaxsi aniq gaplarda ega lesik jihatdan shakllanmaydi va unga hech qanday ehtiyoj ham bo‘lmaydi; kesim vazifasida kelgan so‘z tarkibidagi tuslovchi affikslar shaxsni aniq ko‘rsatib turadi. Shaxsi aniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi: 1. Aniqlik (ijro) maylidagi fe’l va boshqa so‘z turkumlari bilan. Masalan: Ertalabki poezddan qolmaslik uchun shoshilib chiqib ketayotgan edi. (O‘.Hoshimov). Shaxsi aniq gap kesimining aniqlik maylidagi fe’l bilan ifodalanishi quyidagicha: 1) o‘tgan zamon fe’l shakllari bilan: Ular bilan ham murosa qilolmagan edingiz-ku ... (P.Qodirov). Abdukarimova haqida bilmoqchi edim. (F.Musajonov). 2) hozirgi zamon fe’l shakllari bilan: Endi ularning xatosini tuzatish uchun qancha mashaqqat chekamiz. (P.Qodirov). Gapimni tushuntirolmay qolamanmi deb qo‘rqyapman. (J.Abdullaxonov). 3) kelasi zamon fe’l shakllari bilan: Hech kim bilan hech qanaqa raqobat qilmoqchimasman. (J.Abdullxonov). Saviyasini tekshirmoqchimisan? (F.Musajonov). 2. Buyruq - istak mayidagi fe’l bilan: Xatlarni menga bering! – deb qoldi Tolib aka. (F.Musajonov). Gazeta ishidan misol keltiib gapiray. (F.Musajonov). 3. Shart maylidagi fe’l bilan: Xulosangizga astoydil ishonsangiz, nimdan qo‘rqasiz? Tushuntirsangiz, tushunishadi. (J.Abdullaxonov). Shaxsi aniq gapning kesimi ba’zan fe’ldan boshqa so‘zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Kelishgan, o‘qimishlisiz, buning ustiga yoshsiz. (F.Musajonov). Mulla Usmon, ... hammasidan xabardorsiz. (P.Qodirov). Shaxsi aniq gaplar badiy adabiyotda, ayniqsa dialogik nutqda ko‘p qo‘llanadi. Shaxsi noaniq gap. Kesimi, odatda, fe’l bilan ifodalanib, harakatni bajaruvchi shaxsni aniq ko‘rsatib turmaydigan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi noaniq gap deyiladi. Shaxsi noaniq gapning kesimi uchinchi shaxsga qaratilgan bo‘lsa ham, bajaruvchisi noaniq bo‘ladi. Shaxsi noaniq gapning kesimi quyidagicha ifodalanadi. 1. Aniqlik (ijro) maylidagi fe’l bilan: 1) o‘tgan zamon fe’l shakllari bilan: Axtargan topar, deb bejiz aytmaganlar. (J.Abdullaxonov). Xuddi shu kunning ertasiga kimdir uni qidirib yurganini aytdilar. (J.Abdullaxonov). Baribir to‘yhashamlarda, gap-gashtaklarda uni goh Aleksandr Sergeevich Pushkin. goh Alisher Navoiy ... deb chaqirishardi. (S.Ahmad). 2) hozirgi zamon fe’li bilan: Yong‘oqni suv ombori deyishadi. (J.Abdullaxonov). Mehr ko‘zda deb bekor aytmadilar. (F.Musajonov). 3) kelasi zamon fe’li bilan: Ularni yarashtirishga urinishmoqchilar. (P.Qodirov). 2. Buyruq-istak maylidagi fe’l bilan: ... mayli, mehnatimdan qirsinlar. (A.Qahhor). 3. Shart maylidagi fe’l bilan: Bir oydan beri uchovidan birortasini ko‘rsatarmikin deb ko‘zim to‘rt bo‘lib qarayman. Hechki ko‘rsatishmasa! (P.Qodirov). Shaxsi umumlashgan gap. Kesimi fe’l bilan ifodalanib, umumga qaratilgan bir bosh bo‘lakli gap shaxsi umumlashgan gap deyiladi. Bunday gaplarda hayotiy xulosalar, hayotiy tajribalar, umumiy qoidalar, umumlashgan mulohazalar ifoda qilinadi. Shaxsi umumlashgan gapning kesimi ko‘pincha buyruq-istak maylining ikkinchi shaxs shakli bilan ifodalanadi. Maqollar ko‘pincha shaxsi umumlashgan gap shaklida bo‘ladi: Bilmagan ishga urinma, urinib tuzoqqa ilinma. (Maqol). Tulkining tavbasidan qo‘rq, mug‘ambirning - yig‘isidan. (Maqol). Kattani katta bil, kichikni –kichik! (Maqol). Tilingni botir qilma, o‘zingni botir qil (Maqol). Shaxsi umumlashgan gapning kesimi ba’zan buyruq-istak maylining birinchi shaxs ko‘plik shakli orqali ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Xushmuomalali bo‘laylik, bu go‘zal sifat baxtsaodatning tuganmas xazinasi ekanini unutmaylik. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Qarilikning yuzimizdan ko‘ra aqlimizda ajinlar hosil qilishdan ehtiyot bo‘laylik. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Shaxsi umumlashgan gapning bosh bo‘lagi ot kesim shaklida ham qo‘llanishi mumkin. Masalan: Kattaga xizmatda bo‘l, kichikka izzatda bo‘l. (Maqol). Salobatli bo‘lma, sabotli bo‘l. (Maqol). 2. Egasi topilmaydigan gap Kesimi orqali harakatni bajaruvchi shaxs (ega)ni topish mumkin bo‘lmagan bir bosh bo‘lakli gap egasi topilmaydigan yoki shaxssiz gap deyiladi. Bunday gaplarda egani kiritib ham bo‘lmaydi, gapning kesimi orqali aniqlab ham bo‘lmaydi. Egasi topilmaydigan gapning kesimi ko‘pincha tarkibli bo‘lib, quyidagicha ifodalanidi: 1. –(i)b affiksli ravishdosh hamda «bo‘ladi»//«bo‘lmaydi» so‘zi bilan: El og‘ziga elak tutib bo‘lmaydi. (Maqol). Momaqaldiroqning gumburiga chidab bo‘lmaydi. (J.Abdullaxonov). – Nima endi, haq gapni ham gapirib bo‘lmaydimi? - ... so‘radi u. (F.Musajonov). 2. Shart maylidagi fe’l hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: - Shu tor yo‘ldan Afg‘onistonga o‘tsa bo‘ladi. (K.Yashin.). 3. Harakat nomi va «zarur», «mumkin», «shart», «lozim», «darkor», «kerak» so‘zlaridan biri bilan: Fazilat farzand kabidir. Uni avaylab saqlash va yanada barkamol etish lozim. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). Qo‘lda bo‘lgan pul va molni kerakli joylarga sarf eta bilish, yaxshi idora qila olish uchun isrofdan saqlanish kerak. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 4. «Yaxshi», «yomon» sifatlari hamda «bo‘ladi»// «bo‘lmaydi» so‘zi bilan: Shu shiypon bitmay qolib ketsa, el oldida yaxshi bo‘lmaydi. (P.Qodirov). 5. Majhul nisbati shaklidagi fe’l bilan: Unga pastdan ikki yuz ellik uchta tosh zinani bosib chiqiladi. (K.Yashin). 6. «To‘g‘ri» so‘zi va «kelmoq» fe’lining tuslangan shakli bilan: Mashina kabinasidan chiqishga to‘g‘ri keldi. (Ch.Aytmatov). 3. Nominativ (atov) gap Bosh kelishikdagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanib, predmet yoki voqea-hodisalarning hozirgi zamonda yoki zamondan tashqarida mavjudligini tasdiqlovchi bir bosh bo‘lakli gap nominativ, yoki atov gap deyiladi. Nominativ gaplarda fikrning nisbiy tugalligi, predikativlik ohang orqali ifodalanadi. Ohang mazkur gaplarda alohida ahamiyat kasb etadi. Ohang tufayli oddiy so‘z gapga aylanadi. Nominativ gap, odatda, yakka holda qo‘llanmaydi, undan so‘ng ko‘pincha boshqa bir gap keladi. Nominativ gaplarda nutq so‘zlanib turgan paytda mavjud bo‘lgan predmet yoki voqea-hodisalar nomlanadi, qayd etiladi. Bunday gaplar quyidagi semantik xususiyatga ega: 1. Aniq predmetlarning mavjudligini tasdiqlaydi: Bir chetdagi stol ustida katta- kichik limonlarning suratlari. Boshqa stolda mikroskop. Mayda shishachalarda limon suvlari, yaproq tolqonlari, limon poyalari. (J.Abdullaxonov). 2. Mavhum tushunchalarning mavjudligini tasdiqlaydi: Avazlarning hovlisida boshqa o‘ylar, boshqa tashvishlar. (P.Qodirov). 3. Turli tabiat hodisalarining mavjudligini tasdiqlaydi: Yaproqlar... yaproqlar! Quyosh shu’lasida jilva urib, cho‘g‘dek tovlanib turgan oltinrang va shafaqrang yaproqlar! Hazin va za’faron yaproqlar! O, ko‘p latofat bor sizlarda! (F.Musajonov). Ariq bo‘yida gulsapsar, namozshomgul, rayhon, uch-to‘rt tup atirgul, yarim bo‘yracha joyda elpillab o‘sgan o‘sma. (Oybek). 4. O‘rin-joyning mavjudligini tasdiqlaydi: Cho‘l! ... Cho‘lning ham o‘z gashti bor, zavqi bor! (Sh. Xolmirzaev). Tanish ko‘cha. Yo‘l yoqasida o‘sha novcha daraxtlar! (SH. Xolmirzaev). 5. Aniq paytini tasdiqlaydi: Mayning oxirlari. Vodiylarda barvaqt xazon bo‘lgan lolaqizg‘aldoqlar Turkiston tizma tog‘ining etaklarida endi ochilgan. (P.Qodirov). Xazonrezlik payti. Hirot bog‘lariga suv beradigan Hiriyrud daryosi va Injil anhorining qirg‘oqlariga za’faron yaproqlar to‘kilgan. (P.Qodirov). 6. Hayot voqealarini tasdiqlaydi: Yoqimli ohang, zavqli qo‘shiqlar. Anorxon yo‘lidan to‘xtab tinglaydi. (J.Abdullaxonov). 7. Ko‘rsatishni ifoda qiladi: Mana, yosh-yosh chinorlar! Barglari to‘kilmabdi. Shoxlarini qor bosgan. Ana, archalar. (SH. Xolmirzayev). Ana, akasi bilan yangasi turadigan imorat. Bu imorat Zeboga yaqin, aziz ko‘rinib ketdi. (SH. Xolmirzayev). Nominativ gap yig‘iq va yoyiq bo‘lishi mumkin. Yig‘iq nominativ gap bosh bo‘lakning o‘zidan iborat bo‘lsa, yoyiq nominativ gap bosh bo‘lakdan tashqari ikkinchi darajali bo‘laklardan tashkil topadi. Masalan: Kechqurun. Quyosh ufqni qipqizil qondek lovillatib botib bormoqda. (Oybek). Iliq tun. Qumlarning shitirlashi suv yuzida engilgina suzgan qayiq sasiyday mayin sadoni eslatadi. (J.Abdullaxonov). 4. Infinitiv gaplar Bunday gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so‘z yoki so‘z birikmasidan iborat bo‘lgan gaplardir: Sеvish! Bu qanday baxt! Birovni kutish! Bundan azob narsa bo‘lmasa kеrak! 21.1.4. To‘liq va to‘liqsiz gaplar haqida ma'lumot Fikrni ifodalash uchun zarur bo‘lgan gap bo‘laklarining barchasi qatnashgan gaplar to‘liq gaplar dеyiladi: Ulardan xat kеldimi? Nutq vaziyatidan ma'lum bo‘lgan ayrim bo‘laklari tushirilgan gaplar to‘liqsiz gaplar dеyiladi: - Siz maktabga borasizmi? - Boraman (ega - mеn, hol – maktabga tushirilgan). To‘liqsiz gaplarning turlari: 1) dialogik nutq tarkibidagi: Kim kеlmadi? Ahmad. 2) ibora tarzidagi: Tug‘ilgan kuningiz bilan! Navro‘zingiz muborak! 3) qo‘shma gap tarkibidagi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod (qoladi). To‘liqsiz gaplar suhbatda, so‘zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ko‘proq qo‘llanadi. Asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari 1.M.Hamrayev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, Sh. Yo‘ldosheva. Ona tili (darslik) Iqtisodiyot-Moliya, Toshkent, 2007-yil. 2.R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami. (o‘quv qo‘llanma). TDPU, Toshkent, 2009-yil. Qo`shimcha adabiyotlar 1. Англо-русский словарь. Составитель В.К.Мюллер. Москва, 1971, стр. 682. 2. Jamolxonov H.A. Hozirgi o`zbek adabiy tili. - T.: “Talqin” nashriyoti. 2005, 25-bet. 3. George Yule. The Study of Language. CAMBRIDJE UNIVERSITY PRESS. 2010, 42-bet.
Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish