Reja: Siyosiy-ijtimoiy notiqlik



Download 173,26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.07.2022
Hajmi173,26 Kb.
#768795
Bog'liq
Soha 11




11-mavzu: Soha notiqligi
Reja: 
1.Siyosiy-ijtimoiy notiqlik. 
2.Akademik notiqlik. 
3.Sud notiqligi. 
4.Ijtimoiy-maishiy notiqlik. 
5.Diniy notiqlik 
Tayanch so’z va iboralar: notiqlik, madaniyat, og’zaki nutq, notiq. 
Notiqlik qadimiy davrdan beri alohida mahorat, san’at sifatida muayyan aniq 
shaxsdagi noyob qobiliyat. Shu ma’noda notiqlik va nutq madaniyati orasida 
bogiiqlik bo‘lsada, har qaysisi o‘ziga xosligi bilan farqlanadi. Bu haqda professor 
E.Begmatovning (Qung‘urov R., Begmatov E., Tojiev Yo., “Nutq madaniyati va 
uslubiyat asoslari”(T., “0 ‘qituvchi” 1992-y.) fikrlarini keltirib o‘tish o‘rinlidir: 
1. Nutq madaniyati, chinakam ma’noda adabiy til bilan bog‘liq hodisadir. Uning 
paydo boiishi, lisoniy asosi, talab va mezonlari adabiy til va uning mezonlari bilan 
bog‘liqdir. Notiqlik san’ati uchun bular asosiy belgilar emas. Notiqlar orasida 
adabiy til talablariga to‘la amal qilmaydiganlar, ma’lum lahja yoki shevada 
ham chinakam notiqlik san’atini namoyish qiluvchilar uchraydi. So‘zga 
chechanlik, notiqlik til materialining xarakteriga qarab emas, nutqning 
ta’sirchanligiga, nutqiy san’atga qarab belgilanadi. 
2. Notiqlik — og‘zaki nutq bilan bog'liq hodisa, demak u nutqning og‘zaki 
shaklidir. Notiqlik san’ati — og'zaki nutq san’atidir. Nutq madaniyati esa nutqning 
ham og‘zaki, ham yozma shakli uchun taalluqli tushunchadir. 
3. Nutq madaniyati jamiyat a’zolarining umumiy nutqiy faoliyatini ko‘zda tutadi.
Nutq madaniyati sohasining maqsad va pirovard orzusi barchaning, butun xalqning 
nutqini madaniylashtirishni mo'ljallaydi. Mumtoz ma’nodagi notiqlik esa, 
alohida shaxslarning nutqiy mahoratini, san’atini ifodalaydi. Notiqlik, asosan, nutq 
vositasida kishilarga muayyan g‘oya va maqsadlami yetkazishni, ulami ma’lum 
maqsadga safarbar qilishni ko‘zda tutadi. Ya’ni notiqlik san’atida tinglovchilarni 
ma’lum maqsadga jalb qilish asosiy o‘rin tutadi. Shu sababli ham professor 
V.D.Kudryavsev notiqlik .nutqiga shunday izoh beradi: “Har qanday og‘zaki nutq 
notiqlik nutqi bo'lib, u nimanidir tushuntirish va isbotlashnigina emas, balki 
tinglovchilar tushunchasiga ta’sir etishini ham maqsad qilib oladi” (Кудряцев В.Д. 
“Основа орторского исскуства”. — Иркутск. 1966, 3-bet.) 
4. San’atkor notiq nutqi asosan ko‘pchilik tinglovchiga, keng auditoriyaga 
moljallangan bo'ladi. Notiqni birdan ortiq shaxslar tinglaydi. Nutq madaniyati 
mana shunday tinglovchilardan tashqari kishilar orasida odatiy suhbatlarni, yakka 
kishiga qaratilgan nutqlarni ham o‘z ichiga qamraydi. 135. Har bir kishi ona 
tilining imkoniyat va boyliklarini yaxshi cgallagan, nutq madaniyati talablariga 
javob beradigan so‘zamol shaxs bo‘lishi mumkin. Ammo har bir shaxs ham 
san’atkor 
ma’nosidagi notiq bo‘lmasligi, bo‘Ia olmasligi mumkin. Lekin adabiy tildan 
foydalanuvchi har bir notiq nutq madaniyatidan xabardor bo'lishi shart. Bu o‘rinda 
T.A.Degterevaning ushbu fikrlarini keltirib o‘tish o‘rinlidir: “U (maktab — E.B.) 
kelajak so‘z san’atkorlarida nutq madaniyati asoslarini shakllantiradi. Birorta 



yozuvchi ham, birorta siyosiy va ilmiy asarlar muallifi ham, notiqlik san’atining 
birorta dahosi ham yo‘qki, nutq madaniyatining maktab beruvchi tayyorgarligidan 
o ‘tmagan bo‘lsin” (Дегтерева T.A. “Становление норм литературного языка”. 
-М ; 1963, 170-bet.). 6. Nutq madaniyati ko‘pchilikni, keng xalq ommasini ko'zda 
tutib ish ko‘ruvchi sohadir. Bu ma’noda nutq madaniyati keng omma uchun 
mo‘ljallangan talabdir, ammo “notiqlik — bu awalo qobiliyat, shaxsiy 
qobiliyatdir” (Jalolov H.S. “M. Kirovning notiqlik mahorati” — Toshkent, 
“O‘zbekiston”, 1981). Alohida san’atkorlik ma’nosidagi notiqlik (mumtoz 
ma’noda) nutqiy san’atni, nutqiy go‘zallikni hisobga oladi. Nutq madaniyati esa 
kishilarning barchasini san’atkor notiq qilishni ko‘zda tutmaydi. U, asosan, ona 
tilida yoki o‘zga bir tilda to‘g‘ri, madaniy gapira olish va yoza olish faoliyatini 
tarbiyalashni maqsad qilib oladi. Shu sababli to‘g‘ri va mazmunli so‘zlovchi 
barcha kishi ham hali san’atkor notiqlikni da’vo qila olmaydi. Fikrimizning dalili 
uchun A.N. Kunitsinning 
“Lektorning notiqlik san’ati haqida” nomli asaridan A.V. Lunacharskiyning 
notiqlik qobiliyati haqida hikoya qilingan ushbu o‘rinlarni keltiraylik: “ 1925-yili 
Rossiya fanlar akademiyasi yubiley sessiyasiga butun ilm olamidan vakillar keladi. 
U (Lunacharskiy — E.B.) bular oldida rus fanining shuhratini ko‘z-ko‘z qildi. 
Maorif 
xalq komissari Lunacharskiy 1917-yildan keyingi yetti yarim yil davrida Rossiyada 
erishilgan fan yutuqlari haqida ma’ruza qildi. U bilardiki, ma’ruzani turli millat 
vakillari eshitishadi. U o‘z ma’ruzasini rus tilida boshlaydi, nemis, ingliz, fransuz, 
italyan tillarida davom ettiradi va sof klassik lotin tilida tugallaydi. Hamma 
hayratda qolgan edi. Tinglovchilarning hech biri buning uddasidan chiqa olmasdi. 
Parij gazetalaridan biri keyinchalik bu haqda shunday yozdi: ’’Dunyoda eng m 
a’rifatli m aorif ministry 14Rossiyadadir” (Кунисын A.H. “Об ораторском 
исскустве лектора”. — Ленинград, 1969, 11-bet.). 
7. Nutq madaniyati — bu faqat nutq haqidagi nutqiy faoliyatga tegishli tushuncha 
va soha emas, u til madaniyati bilan ham, ya’ni adabiy tilni va uning normalarini 
o‘rganish va bu normalarni qayta ishlash bilan ham shug‘ullanadi. Notiqlik san’ati 
esa bunday ilmiy-normativ faoliyatni ko‘zda tutmaydi. 
8. Notiqlik, ko‘proq nutqning mazmuniga, mantiqiy asoslariga, mundarijaviy 
tuzilishiga e’tibor qiladi, nutq madaniyati sohasi esa ko‘proq nutqning til qurilishi 
— lisoniy tuzilishiga e’tibor qiladi. 9. Notiqlik, asosan, aniq bir shaxs — notiq 
yoki guruhlar — n o tiq lar nutqi haqida qayg‘uradi. Bunda u notiqni 
tinglayotganlar, ya’ni keng ma’noda tinglovchilar ommasi nutqini ham ko‘zda 
tutmaydi. Nutq madaniyati esa bundan farqli ravishda umuman kishilarning nutqiy 
faoliyatini, nutq madaniyatini ko‘zda tutadi. Shu sababli nutq madaniyati 
maqsadiga ko‘ra va nutqiy faoliyati nuqtai nazaridan keng maqsadli soha, notiqlik 
esa tor sohadir. 
10. Notiqlik san’ati notiq uchun oldindan qanday so‘zlash sxemasi va rejasini 
bermaydi va bu tip nutq doimo ham oldindan tayyorlangan, tayyorgarlik ko‘rgan 
nutq emas, nutq madaniyati sohasi esa jamiyat a’zolarini ona tili, ya’ni adabiy til 
boyliklari va vositalaridan maqsadga muvofiq, sharoit va uslub taqozasi talabiga 



ko‘ra o ‘rinli foydalana olish ko‘nikmasini beradi. Bunday ko‘nikma, aslida, har 
qanday san’atkor notiq uchun ham zarur. 11^ Notiqlik va notiqlik san’ati haqidagi 
fan ancha qadimiy tarixga ega,1 nutq madaniyati ilmiy muammo va ilmiy soha 
sifatida hali yangi va yoshdir. Professor E.Begmatovning yuqoridagi fikrlariga 
xayrihoh bo‘lganimiz holda har ikkala fanning bir-biriga yaqinligidan tashqari, 
alohida xususiyatlarga ham ega ekanligi, ularning alohida-alohida fanlar sifatida 
faoliyat ko‘rsatishiga imkoniyat beradi. Notiqlik san’ati va nutq madaniyatidagi 
yaqinlik va farqlarni etika va estetika fanlariga qiyoslash mumkin. 
‘Notiqlik san’ati haqida ma’lumot olish uchun qarang: Xo‘jayeva L.,“Notiqlik 
san’ati”, — Toshkent, 1967; Jalolov H. “Notiqlik saji’ati” — Toshkent, “0 
‘zbekiston”, 1979; Inomxo‘jayev S. “Notiqlik san’ati asoslari”, Toshkent, “0 
‘qituvchi” 1982; B.O'rinboyev, A. Soliyev, “Notiqlik — mahorat”, — Toshkent, “0 
‘qituvchi”, 1984 va boshq. NOTIQLIK SAN’ATINING ASOSIY 
KO‘RINISHLARI Jamiyatda turli kasb egalari hamkorlikda ish olib borayotgani 
va ularning o‘zaro bir-birlari bilan chambarchas bog‘Iiq ekanligi taraqqiyotimizni 
ta’minlaydigan omillardan sanaladi. Shunga ko'ra turli soha va kasb egalari va 
guruhlariga qarab ularga mo‘ljallab tuzilishi lozim bo‘lgan nutq ham turlicha 
ко‘rinishga ega bo‘ladi. 
Shu bois notiqlik san’atida notiqlikning bir necha turlari mavjud.
I. SIYOSIY-IJTIMOIY NOTIQLIK 
Notiqlik turlari 
Nutq ko‘rinishlari 
I. Siyosiy-ijtimoiy
notiqlik 
1.
Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy-iqtisodiy 
mavzudagi ma’ruzalar. 
2.
Anjumanlardagi hisobot ma’ruzalari. 
3.
Siyosiy nutq. 
4.
Diplomatik nutq. 
5.
Siyosiy axborot. 
6.
Harbiy vatanparvarlik nutqi. 
7.
Tashviqotchi nutqi. 
8.
Ilmiy-ommabop nutq. 
II. Akademik notiqlik
1.
O‘quv yurtlari ma’ruzalari. 
2. Ilmiy ma’ruza. 
3. Ilmiy axborot. 
III. Sud notiqligi 
1.
1. Qoralovchi nutqi. 
2. Jamoatchi qoralovchi nutqi. 
3. Oqlovchi nutqi. 
4. Jamoatchi-oqlovchi nutqi. 
5. O‘z-o‘zini himoya qilish nutqi. 
IV. Ijtimoiy-maishiy 
notiqlik 
1. Madhiya (yubiley, maqtov nutqlari) 
2. Ta’ziya (motam) nutqi. 
3. Tabrik nutqi. 
V. Diniy notiqlik 
1. Xutba. 
2. Va’z.



1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy-iqtisodiy mavzudagi ma’ruza shu mavzuga oid 
muayyan axborotlarni yoritib, tinglovchilarni ulardan xabardor etish, siyosiy-ijtimoiy 
va siyosiy-iqtisodiy sohalarda keng fikr yuritishga o‘rgatishdan iborat. Bunday 
mavzudagi ma’ruzalarda muammolar keng ko‘lamda va aniq faktlar misolida 
yoritiladi. 
2. Hisobot ma’ruzasi – rahbar shaxsning biror tashkilot, jamoaning ma’lum bir 
muddat orasidagi faoliyatiga oid rasmiy hisoboti Bunday hisobot, ko‘zlangan reja, 
amalda bajarilgan ish hajmi va mazmuni, erishilgan yutuqlar, nuqsonlar va istiqbolda 
ko‘zlanadigan rejalarning real faktlar asosida qilinadigan tahlilidan iborat. 
3. Siyosiy nutq – majlis, qurultoy, kengashlarda so‘zlanadigan nutq 
bo‘lib, bunda rahbar xodim muayyan davrga xos dolzarb siyosiy 
masalalarni yoritib beradi. 
4. Diplomatik nutq – davlat ahamiyatidagi rasmiy nutq bo‘lib, 
xalqaro mavqega egaligi bilan xarakterlanadi. Diplomatiya har bir 
davlatning tashqi siyosatini amalga oshirish, uning chet mamlakatlar 
bilan aloqa qilish sohasidagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda u yoki bu 
davlat nomidan so‘zlanadigan barcha siyosiy, iqtisodiy, madaniy, harbiy 
mavzulardagi nutqlarga diplomatik nutq deyiladi. 
5.
Siyosiy axborot – biror shaxs(notiq)ning muayyan davrda ro‘y 
berayotgan ijtimoiy-siyosiy voqealarni sharhlab, xulosalashtirib, bayon 
etib berishidan iborat. Siyosiy axborotning yuqori mavqeli turi radio va 
televidenieda mavjud. 
6.
Harbiy-vatanparvarlik nutqi – notiqlik sanatida qadimdan mavjud 
bo‘lgan nutq ko‘rinishlaridan. O‘zining jangovor ruhi, siyosiy keskin 
xarakteri bilan ajralib turadi. Amir Temur, Petr II, A.Suvorov, 
M.Kutuzov 
kabi zabardast harbiylar va so‘z san’ati namoyandalarining notiqlik 
faoliyati e’tiborga sazovor. 
7.
Tashviqotchi 
nutqi 
– 
nutqning 
bu 
ko‘rinishi 
o‘zining 
sodda, oddiy suhbatga yaqin, har bir auditoriyaning sharoiti va talabiga 
mosligi bilan xarakterlanadi. Mavzu turlicha, suhbat o‘tkazish ham turli 
usullarda o‘tkazilishi mumkin. 
8.
Ilmiy-ommabop nutq o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Nutq usulini 
sun’iy ravishda bir qolipga solib bo‘lmaydi. 
9. Ilmiy-ommabop nutqlar muayyan talablarga javob berishi, ya’ni har bir 
ma’ruza ilmiy asosga va g‘oyaviy yo‘nalishga ega bo‘lishi, aniq dalil va hujjatlarga 
asoslanishi masalani tarixiy jarayonga bog‘liq holda yoritishi, qiziqarli va ixcham 
bo‘lishi shart. 
II. AKADEMIK NOTIQLIK 
Akademik notiqlik o‘zining akademizmi, ya’ni ilmiyligi bilan, yuksak 
talabchanligi bilan xarakterlanadi. Akademik notiqlikning eng muhim xususiyati 
ilmiy dalillarning 
kuchliligi va uning muayyan fan tarmog‘ining mohiyatini yechishga 



bag‘ishlanganligidir. Biror fanga xos bo‘tgan barcha asos va 
qonuniyatlar to‘la ilmiy tarzda yoritib beriladi. 
U bir necha ko‘rinishga ega: 
1.O‘quv yurtlari ma’ruzalari o‘z aniqligi, ilmiy muntazamligi, 
faktlarga asoslanganligi va muayyan predmet qonuniyatlarini yoritib 
berishga bag‘ishlanganligi bilan xarakterlanadi. 
2.Ilmiy ma’ruza – muayyan sohada qilinayotgan ishlar, ilmiy tajribalar 
haqidagi xulosalar yoki qilinajak ishlar haqidagi rejalar: dastlabki tug‘ilgan 
g‘oyalar, gipotezalar bayonidan iborat. Ilmiy ma’ruza tinglovchilar auditoriyasi tor 
bo‘ladi. Ilmiy ma’ruza - siyosiy sharhga monand bo‘lib, agar siyosiy sharhda 
e’tibor siyosiy-ijtimoiy hodisalarga jalb etilsa, ilmiy ma’ruzada e’tibor muayyan 
ilmiy yutuqlarga, ixtirolar bayoni hamda xulosasiga qaratiladi. 
3.Ilmiy axborot – akademik notiqtikning bu ko‘rinishi avval 
qilinayotgan ishlar haqida muayyan darajadagi mutaxassis, javobgar va 
rahbar shaxslarni xabardor qilishni ko‘zda tutadi. 
III. SUD NOTIQLIGI 
Sud notiqligi notiqlik san’atining qadimgi turlaridan hisoblanadi. Qadimgi 
yurist (faqih)lar orasida o‘z nutqi, notiqlik mahorati bilan mashhur bo‘lgan so‘z 
san’atkorlari ko‘p bo‘lgan. Mashhur sharq faqih notiqlaridan biri qozi al-
Harbavayxiy (941y.) shu qadar katta e’tiborga ega bo‘lganki, hatto yurtning amiri har 
kuni ertalab kelib uni ziyorat qilib ketgan. 
Sud notiqligi bir necha turga bo‘linadi: 
1. Qoralovchi nutqi o‘zining muayyan shaxs yo bir guruh kishilaming 
aybini bo‘yniga qo‘yish, o‘zi xizmat qilayotgan ijtimoiy tuzum manfaatini 
yoqlab, shu tuzum yo davlat styosatiga qarshi bo‘lgan, qonun-qoidalarga rioya 
qilmagan fuqarolarni qoralash ruhi bilan xarakterlanadi. 
2. Jamoatchi qoralovchi nutqi. Agar davlat prokurori chetdan 
kelgan kishi sifatida bu ishga aralashsa, jamoatchi qoralovchi jinoyat 
ishtirokchilari bilan yonma-yon turib, bir jamoada ishlagan bo‘lishi 
mumkin Jinoyatchi tarjimai holini jamoatchi-qoralovchi prokurorga qaraganda
ko‘proq bilishi tabiiy. Shu yo‘l bilan uning jinoyatini 
oydinlashtirishi mumkin. 
3. Oqlovchi nutqi. Oqlovchi chinakam begunoh odamni emas, 
balki aybi bo‘lgan jinoyatchini oqlashga urinadi. Uning gunohidan 
o‘tishni talab qiladi. 
4. Jamoatchi-oqlovchi nutqi. Sudlanuvchining gunohini yengillatish,
ularning to‘g‘ri yo‘lga tushib olishlari uchun ko‘maklashishga qaratilgan
bo‘ladi. Bu toifadagi notiqlar muayyan jamoa nomidan so‘zlaydilar. 
5. O‘z-o‘zini himoya qilish nutqi – sud notiqligining tarkibiy qismi.O‘z-
o‘zini himoya qilish nutqi siyosiy mavqega ega bo‘lgan jarayonlarda alohida 
ahamiyat kasb etadi. Bunday jarayonlarda o‘z-o‘zini himoya qilish nutqi ko‘pincha 
siyosiy hukm chiqarish, ijtimoiy illatlarni ro‘y-rost ochib tashlash darajasiga 
ko‘tarilib ketadi. 



IV. IJTIMOIY-MAISHIY NOTIQLIK 
Kundalik turmush bilan bog‘liq bo‘lgan juda ko‘p yig‘in va marosimlar 
borki, ularda notiqlik sarfatining o‘ziga xos ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi. 
1. Madhiya yoki yubiley-maqtov nutqlari. Bu nutqning bir ko‘rinishi 
muayyan shaxslar xizmatini tavsiflashga bag‘ishlansa, boshqa biri 
obyekt madhiyasiga bag‘ishlanadi. 
Birinchi ko‘rinishdagi madhiyalar jumlasiga tarixiy siymolar (Navoiy, Jomiy, 
Shekspir, Nyuton) davlat arboblari haqidagi ta’riflar kirsa, ikkinchisiga Samarqand 
shahrining 2500 yillik yubileyi, yuzlab obyektlar bilan bog‘liq nutqlar kiradi. 
2. Ta’ziya va motam nutqi ham jahonning ko‘pchilik xalqlariga 
mansub bo‘lgan nutq ko‘rinishlaridan biridir. 
O‘rta Osiyo xalqlari orasida ta’ziya nutqlarning saj’ (qofiyali nasr) va she’riy 
shakllari mavjud. Ular o‘zining yozilishi, ta’ziya bildiruvchi shaxslarning 
fazilatlarini yorqin ocha olishi kabi xususiyatlari tufayli shu qadar go‘zal va dilkashki, 
hozirgi kunda ham o‘rnak olsa arziydi. Ana shunday ta’ziyalarning namunasi sifatida 
Alisher Navoiyning o‘z ustozi Abdurahmon Jomiy vafotiga bag‘ishlagan 
marsiyasini ko‘rsatish mumkin. 
Ta’ziya nutqlarining juda ta’sirchan, mazmunan teran namunalarini O‘rta Osiyo 
xalqlarining madaniy xazinasidan ko‘plab keltirish mumkin. 
3.Tabrik nutqi ham qadimdan mavjud bo‘lgan an’anaviy nutq ko‘rinishlaridan 
biri. 
Tabrik nutqlari 2 xil bo‘ladi: 

rasmiy-diplomatik nutq. 

kundalik-maishiy nutq. 
Rasmiy-diplomatik nutq, odatda, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan anjumanlarda 
davlat rahbarlari, yirik siyosiy arboblar tomonidan so‘zlanadigan nutq bo‘lib, 
mazmun jihatdan tabrik bilan birga xalqaro ahvolga, turli mamlakat va davlatlarning 
o‘zaro munosabatlariga doir masalalarni yoritishga bag‘ishlangan bo‘ladi. 
Kundalik-maishiy nutqlar jumlasiga ziyofatlardagi tabrik nutqlari, to‘y-
hashamlardagi muborakbodlar kabi nutqlar kiradi. 
V. DINIY NOTIQLIK 
Diniy notiqlik islom dinida xutba hamda va’z, xristian dinida propoved va 
sobordagi nutq deb aytiladi. 
1.Xutba musulmon sharqida keng tarqalgan diniy nutq ko‘rinishlaridan biri 
bo‘lib, uzoq tarixga ega. Xutba nutqi juma va hayit namozlarida, shuningdek, 
boshqa katta marosimlardagi nutqdir. Shu rasmiy nutqni so‘zlovchi notiq-arbob xatib 
deb ataladi. Xutba nutqining diniy, axborot xususiyatlaridan tashqari axloqiy jihati 
ham mavjud. Xutba nutqlari quruq rasmiy tilda emas, hikoyat, rivoyat, sarguzasht va 
boshqa inobatli, ayni paytda qiziqarli, ko‘rgazmali materiallar bilan asoslangan holda 
so‘zlanadi. Bu esa xutba nutqlarining ritorik va estetik-badiiy qiymatini oshiradi. 
Xutba nutqlari kompozitsion jihatdan aniqlikka egaligi bilan diqqatga 
sazovordir. Har bir xutba tarkiban quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: 




hamd va na’t (olloh va payg‘ambar sha’niga madhiya); 

xutbayi avval (diniy pandlar);

xutbayi soniya (axborot);

xulosa
Xatiblar juda katta olim, notiq kishilar bo‘lganlar 
2.Va’z diniy notiqlikka mansub ikkinchi nutq ko‘rinishidir. Va’zlar asosan 
keng ommaga mo‘ljallanganiigi uchun xutbaga ko‘ra ancha erkin. Badiiylik va 
estetik emotsional tasirchanlik, tilining sodda va ravonligi bilan xutbadan farq qiladi. 
Notiqlik san’ati asrlar osha katta ijtimoiy mavqega ega bo‘lib, o‘zining 
muhim yaratuvchanlik va estetik tarbiyaviy rolini o‘ynab kelmoqda. Notiqlik 
san’ati borliq bilan hamnafas yashaydi, zamon talabiga moslashadi, yangi 
ko‘rinishlari vujudga keladi, ba’zi ko‘rinishlari chetga chiqadi. Bu san’atning 
ahamiyati, uning mavqeyi oshib boradi. 
Notiqlik san’atining shakllari ham mavjud bo‘lib, bular monologik va 
diologik notiqlik hisoblanadi. Monologik notiqlikka m a’ruza, muzokora kabilar 
kirsa, diologik notiqlik — bahs, munozara, suhbat kabilami qamrab oladi. Notiq 
monologik nutqida tayyor matndan foydalanish imkoniyatiga ega. Biroq diologik 
notiqlik bundan mustasno. Buning ustiga munozara va bahs jarayonida amal 
qilinishi lozim bo‘lgan omillarga qa’iy amal qilish talab etiladi. Bular quyidagilar: 
milliy-madaniy qoidalarga amal qilish, milliy etikaga rioya qilish, raqibining 
gapini bo^lmaslik, suhbatdoshga hurmat, reglamentga rioya qilish, eng muhimi, 
sabrli, 
bardoshli bo'lish, o'zini tuta bilish, tiliga to‘g‘ri kelgan har bir so‘zni aytishdan 
o‘zini tiyish, har bir so‘zni o‘ylab gapirish, ya’ni “yetti o‘lchab, bir kesish”, 
kesganda ham A. Oripov aytganidek: 
Mana, o‘tib olding asal oyidan, 
Endi suv ichgaysan turmush soyidan, 
Yetti o‘lchab bir kes, yetmish o‘lchab kes, 
Lekin kes, Yoshulli, aytgan joyidan. 
Muzokoralarda yumshoq, shirin muomala va yoqimli so‘zlami qo‘llashning 
muhimligini his etish zarur. 
Matn asosida nutq so‘zlashning ijobiy va salbiy tomonlari bor. Ijobiy tomon 
deganda, notiq o‘z fikrlarini oldindan o'ylab tayyorlagan matnni asos qilib oladi, 
fikrlarining mantiqan birligini ta’minlaydi. Fonetik va fikriy xatolarga yo‘l 
qo'ymaydi. Salbiy tomoni esa tinglovchilar nazarida bilimsizday, notiqlik san’atini 
64eplayolmaydiganday ko'rinadi. Notiq va tinglovchilar o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlik ancha susayadi. 
Matnsiz nutq so‘zIash notiqning xotirasi o‘tkirligini, matn mazmunini chuqur 
o'zlashtirib olganini ko‘rsatadi. 0 ‘ziga ishongan notiqgina matnsiz nutq so‘zlay 
oladi. Bu notiqning mazkur san’atni mukammal egallab olganligidan, bu sohada u 
erishgan mahoratdan darak beradi. 
Shunday qilib, “Notiqlik san’ati”ni quyidagi ko‘rinishlarga ajratish mumkin: 
a) ijtimoiy-siyosiy chiqishlar tili; b) targ‘ibot va tashviqotchilar nutqi; v) akademik 
nutq; g) suddagi nutq; d) maxsus so‘z ustalarining chiqishlari va boshqalar. 



Ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi chiqishlarga odatda mas’ul kishilaming rasmiy 
nutqlari, hisobotlari kiradi. Targ‘ibot va tashviqotchilaming chiqishlari odatda 
ma’lum bir masalalami ommaga singdirish, omma ongidagi tushunmovchilik 
va chalkashliklarga barham berish, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish, omma uchun 
noma’lum bo'lgan holatlardan ularni xabardor qilish, ayrim narsa-hodisalar 
mohiyatini to‘la ochib berish kabi vazifalar bilan bog'liq bo'ladi. Notiq o‘z 
nutqining grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi, shu davr adabiy til normasiga mos 
kelishi, mazmunli hamda sodda, aniq va mantiqli bo‘lishiga jiddiy e’tibor berishi 
kerak. Shundagina uning nutqi ommaga tushunarli bo‘ladi, ommaning uning fikri 
va mulohazalarini tushunishi oson bo'ladi. Biroq tushunarlilikning o‘zi hali yetarli 
emas. Nutq ta’sirchan ham bo'lishi kerak. Ta’sirchanlikni esa yuqorida sanab 
o'tilgan grammatik jihatdan to‘g‘rilik, soddalik, aniqlik, mantiqiylik kabilar 
ta’minlay olmaydi.
Ta’sirchanlikni ta’minlash uchun ulardan tashqari tilning tasviriy vositalarini 
mukammal bilish va ulardan foydalana olish zarurdir. Tilning tasviriy vositalari 
hisoblangan metafora, metonimiya, sinekdoxa, o‘xshatish, epitet, takror, adabiy 
ko'chirmalar va boshqalaming o‘mi beqiyosdir. Ayniqsa, ohangning roli 
o‘zgachadir. Quyidagi misollarga e’tibor beraylik: Odam bo‘l, otang kabi ahmoq 
bo‘lma — Odam bo‘l otang kabi, ahmoq bo‘lma; Bu ahmoq prokurorning gapini 
qaytarib o'tiribdimi, hali. Bu, ahmoq, prokurorning gapini qaytarib 65o‘tiribdimi, 
hali?; Tramvayga ikki bolali xotin chiqdi — Tramvayga ikki, bolali xotin chiqdi. 
Bu gaplarda ohangning o‘zgarishi gap mazmunining tamomila o‘zgarib ketishiga 
sabab bo‘lgan. Yana bir misol: Mulla a ’lam to ‘g ‘ri odam emas — Mulla a ’lam, 
to ‘g ‘ri, odam emas. Ko‘rinadiki, notiq nutqi jarayonida to‘xtamlarga, ohangga 
alohida e’tibor berishi kerak. 0 ‘zbek tilida, ma’lumki, mantiqiy urg‘uning 
o'zgarishi ham ma’noga ta’sir qiladi. Men dorilfununga boraman. — Men 
dorilfununga boraman. — Men dorilfununga boraman. Birinchi holatda subyektga, 
ikkinchi holatda obyektga va uchinchi holatda harakatga e’tibor qaratilganligi 
yaqqol seziladi. 
Bulardan tashqari, nutqda ta’sirchanlikni ta’minlash uchun m aqollar, m atallar, 
hikm atlar, so‘z va iboralar va ayniqsa,frozeologizmlardan keng foydalanish zarur. 
Yozuvchi A.Qahhor o‘z hikoyalarining ko‘pchiligida epigraf sifatida maqollar 
keltirish bilan darhol o‘quvchi diqqatini tortadi: Osmon yiroq — yer qattiq 
(“Bemor”); Otning o ‘limi — itning bayrami (“0 ‘g‘ri”); Ola qarg‘a qag‘ etadi, o ‘z 
ко ‘nglini chog‘ etadi (“Bashorat”) kabilar. Shuningdek, notiq doimo 
tejamkorlikka e’tibor berishi, zurur bo‘lmagan so‘zlarni qo‘llamaslikka harakat 
qilishi, ortiqcha 
takrorlarga berilmasligi kerak. Nutqning cho‘zilib ketishi, unda takrorlar bo‘lishi, 
zarur bo'lmagan so'zlarning ko‘p uchrashi nutqni siyqalashtiradi, uni zerikarli qilib 
qo‘yadi. 
Xullas, o‘z nutqi uchun zarur bo‘lgan eng muhim belgilarga albatta e’tibor 
berish kerak. Og‘zaki yoki yozma, publitsistik yokibadiiy, ijtimoiy-siyosiy yoki 
boshqa nutqlarning eng muhim belgilari grammatik jihatdan to‘g‘rilik, adabiy til 
qoidalariga mos kelish, sodda-ixchamlik, aniqlik, mantiqan to‘g‘rilik kabilardir. 



Bular nutqning tushunarliligini ta’minlab turadi. Tilning badiiy tasvir vositalari 
ham nutq uchun eng muhim belgilar bo'lib, ular nutqning ta’sirchanligini 
ta’minlaydi. 
Buyuk so‘z san’atkorlari, notiqlar doimo ana shu belgilarga alohida e’tibor 
berganlar va bu bilan notiqlik san’ati rivojiga, tilning rivojiga katta hissa 
qo'shganlar. Notiq til vositalaridan yaxshi foydalanganidagina namunali nutqqa 
erisha oladi. Har bir notiq ulardan o‘rganishga harakat qilsa, o‘z nutqining omma 
uchun tushunarli va ta’sirchan bo‘lishiga erishishi shubhasizdir. 
Mavzuga oid savol va topshiriqlar: 
1.
Siyosiy-ijtimoiy notiqlik nima? 
2.
Akademik notiqlik haqida gapiring. 
3.
Sud notiqligi haqida gapiring. 
4.
Ijtimoiy-maishiy notiqlik haqida gapiring. 
5.
Diniy notiqlik haqida gapiring. 
Topshiriq 
1- topshiriq. Matnni notiqlik mahorati va san’atini oshirishga ta’siri 
jihatidan tahlilqiling. 
Ey farzand bilgilki, kishi to‘rt nav bo‘lur: Biri ulkim, bilur va bilg‘onin ham 
bilur. Ul olimdir, unga tobe bo‘lmoq kerakdir. Biri uldurkim, bilmas va 
bilmog‘onin bilur, ul qobildir, unga o‘rgatmoq kerak. Biri uldurkim, bilur va 
bilg‘onin bilmas, ul uyqudadir. Uni bedor qilmoq kerakdur. Biri uldurkim, bilmas 
va bilmag‘onin ham bilmas, u johildir, undan qochmoq kerakdur. So‘z ham to‘rt 
navdur: biri bilmayturg‘on va aytilmayturg‘on; ikkilanchi, aytiladturg‘on va 
bilinaturg‘on; uchlonchi ham bilinaturg‘on va ham bilishga zaruriyatsiz ammo 
aytsa bilinaturg‘on; to‘rtlonchi, bilinmayturg‘on va aytilmaturg‘on. Ammo 
aytilmayturg‘on va bilin-mayturg‘on undoq so‘zdurki … dunyoning saloxi unga 
bog‘liqdur. Ul so‘zdin aytuvchiga ham, eshituvchiga ham ko‘p naf etar. Ammo 
bilinaturg‘on, biroq aytilmayturg‘on undoq so‘zdurlarki, bir muhtashim odamning 
aybi senga ma’lum bo‘lur. Lekin aql tariqidin, uni aytmoq besharmlikdur. Chunki 
aytsang ul muhtashimning qahri, yo ul do‘stning ozori senda hosil bo‘lur yoxud 
o‘z boshingga ulug‘ sho‘rish va g‘avg‘o paydo qilursan. 
Bu so‘zlarningyaxshirog‘i ham bilinaturg‘on va aytilaturg‘on so‘zdur. 
O‘quv mashg‘uloti maqsadiga erishganlik darajasini tahlil qiladi va 
baholaydi. 
Adabiyotlar: 
1.Abdurahmonova M., Fattaxova D., Xalmuxammedova U., Inogamova N., 
Egamberdiyeva N. O`zbek tili (o`quv qo`llanma). – Toshkent: Mumtoz so`z, 2018 
2. Qo`ng`urov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat. Darslik. 
– T.: “Barkamol fayz media”, 1992. – 424 bet 
3.Rasulov R. Mo’ydinov Q. O’qituvchi nutq madaniyati va notiqlik san’ati. –
Toshkent. Fan va texnologiya,2020. 


10 
4. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish (amaliy 
qo`llanma). – Toshkent: O`zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.– 456
5.Nazarov K. N. v. b. Yuristning nutq madaniyati. – Toshkent.TDYU, 2003. 
Axborot manbalari: 
www.literature.uz 
www.genhis,philol.ru 
http://en.wikipedia.org/wiki/Structulalism 
http://www.brocku.ca/english/courses/4F70struct.html 
Testlar: 
1. Antik davr notiqlaridan biri mashhur notiq Lisiy qancha nutq yozgan va 
bizgacha yetib kelgan nutqi qanchani tashkil etadi? 
A. Lisiy butun ijodi davomida 300 ga yaqin nutq yozgan. Shundan 34 ta sud 
nutqi bizgacha saqlangan. 
V. Lisiy butun ijodi davomida 200 ga yaqin nutq yozgan. Shundan 30 ta sud 
nutqi bizgacha saqlangan.S. Lisiy butun ijodi davomida 100 ga yaqin nutq yozgan. 
Shundan 24 ta sud 
nutqi bizgacha saqlangan. 
2. O‘zbek adabiy tilini uning me’yorlariga asoslanib egallaydigan yuksak 
madaniyatli mutaxassis asosan nimalarga amal qilishi lozim: 
A. Ko‘proq o‘zgalarning nutqini tinglash, ularga taqlid qilish. 
V. Ilmiy, badiiy va bosha adabiyotlarni, mashhur allomalar, san’atkorlarning 
nutqini o‘rganish, ovoz chiqarib ohangdor qilib matnlarni o‘qish, imlo ustida 
ishlash. 
S. “Nutq madaniyati”ni egallash haqidagi adabiyotlarni egallash. 
3. Rim notiqligi maktabining buyuk vakili Mark Kvintalian fikricha 
notiqlikda birinchi o‘rinda nima turadi? 
A. Bilimdonlik, aql-zakovat, tushunarli so‘zlash. 
V. Va’zxonlik, chechanlik. 
S. Sabr-toqat qila bilish. 
4. Kaykovuzning Sharq pedagogikasining nodir na-munasi hisoblangan 
“Qobusnoma” asarida nutq odobiga oid qanday muhim masalalar yoritilgan? 
A. Nutqning ikki tomoni (go‘zal va xunuk, ichki va tashqi tomoni) haqida 
ma’lumot beruvchi asar. 
V. Tilning barcha imkoniyatlaridan o‘rinli foyda-lanish to‘g‘risidagi asar. 
S. Xalq orasida obro‘ qozonishga (nutq asosida) xizmat qiluvchi asar 
Auditoriyadan tashqari mustaqil ish uchun top-shiriq beradi 

Download 173,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish