Iqtisodiy resurslar ham xokimiyatning asosiy resurslariga kiradi. Bu resurslar moliya resurslari va umuman iqtisodiy vositalarda mujassamlashgan. Agar iqtisodiy resurslar yetishmasa, siyosiy xokimiyat inqirozga uchraydi, negaki O'z faoliyatini olib borish uchun xokimiyat iqtisodiy vositalarga muxtoj. Informatsion resurslarga birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari (OAV) kiradi. Ular orqali jamiyatning ongini shakllantiradi, O'zining faoliyatini odamlarga yetkazadi va jamiyatni O'ziga kerakli tomonga yo'naltirib boradi. SIYOSIY XOKIMIYAT ASOSIY XUSUSIYATLARI Siyosiy xokimiyat xokimiyatning boshqa turlaridan quyidagi asosiy xususiyatlari bilan farq qiladi. 1. Suverenitet — xokimiyatning mustaqilligi va bo’linmasligidir. Masalan, mamlakatda koalitsion xukumat va ko’p partiyali parlament bo’lgan taqdirda xam siyosiy xokimiyat turli siyosiy kuchlarning kelishilgan siyosati orqali amalga oshiriladi. 2. Iroda — muayyan siyosiy maqsad va dasturning mavjudligi va uni amalga oshirishga qaratilgan tayyorgarlik. 3. Avtoritet — siyosiy xokimiyat subhektining ijtimoiy xayotning barcha jabxalaridagi tahsirinint mamlakat va uning tashqarisidagi umum ehtirofi. 4. Majburlash — o’z irodasini jismoniy kuch ishlatib bo’lsa-da amalga oshirish. (Bu xususiyatni diktatura bilan aynanlashtirmaslik kerak.) Siyosiy xokimiyat yuqorida qayd etilgan xususiyatlarga to’la ega bo’lsagina, u siyosiy xokimiyat maqomiga ega bo’ladi. IDEOLOGIK (MAFKURAVIY) RESURS Ideologik (mafkuraviy) resurslarga shu xokimiyatni jamiyat ongida oqlovchi g'oyalar, mafkura, ideologiya kiradi. Mafkura siyosiy xokimiyatga mavjud bo'lish xuquqini beradi. Siyosiy xokimiyat resurslarining qaysi biriga, qay darajada va qanday usulda tayanishi siyosiy xokimiyat asoslarini va shaklini beradi. SIYOSIY XOKIMIYATNING XUKMRONLIGI Siyosiy xokimiyatning xukmronligi fuqarolar tomonidan turlicha baxolanishi mumkin. Axoliniig xokimiyatga ijobiy baxo berishi, uning qonunga muvofiqligini, boshqarish xuquqini tan olishi va ixtiyoriy tarzda bo’ysunishga roziligi xokimiyatning legitimligini bildiradi. „Legitimlik" atamasi (lot. leg, legitimus — „qonun") „qonuniylik", „qonunlashtirilganlik" ko’rinishida tarjima qilingan. Bunday tarjima unchalik aniq emas. CHunki bunday tarjima ko’proq „legallik" atamasi mazmuniga mos keladi. SHuning uchun legitimlik va legallik aynan bir xil tushunchalar emas. Legallik xokimiyatning xuquqiy asoslanishini, uning xuquqiy mehyorlarga mos kelishini, qonunga mos ravishda faoliyat ko’rsatishini anglatadi. SHu mahnoda legallik nolegitim xokimiyatlarga xam xosdir. Legitimlik esa — bu ishonch, xokimiyatni oqlash va qo’llab-quvvatlashdir. Fuqarolar tomonidan bunday tan olinishga xamma siyosiy xokimiyatlar xam erisha olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |