SIYOSIY XOKIMIYATNING MAQSADI Shunday qilib, siyosiy xokimiyatning maqsadi jamiyat va davlat xayotini tartibga solish xamda boshqarishdir. Biroq, siyosiy xokimiyat tomonidan amalga oshiriladigan tartibga solish va boshqarish fuqarolar erkinligini, qonun ustuvorligini xam tahminlashi zarur. SHu bois, demokratik davlatda xokimiyatni tashkil etishning negizi, siyosiy-xuquqiy, Konstitutsiyaviy printsip sifatida xokimiyatlar bo’linishi tamoyiliga rioya qilinishi lozim. Zero, A. Gamilg’ton aytganidek, „Odamlar xokimiyatni yaxshi|ko’radilar, xokimiyatni ko’pchilikka bering, ular ozchilikni eza boshlaydilar, xokimiyatni ozchilikka bering, ular ko’pchilikni eza boshlaydilar. SHuning uchun xam xokimiyat ular o’rtasida teng bo’linishi va shunday bo’linishi kerakki, toki xar ikki tomon o’zini boshqasidan ximoya qila olsin". Xokimiyatlar bo’linishi tamoyilini nazariy jixatdan asoslab bergan mutafakkirlar Djon Lokk va SHarl Lui Monteskg’elar qayd etganidek, buning uchun davlat xokimiyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatiga bo’linishi kerak. Xokimiyatni suiistehmol qilish imkoniyati bo’lmasligi uchun shunday tartib o’rnatilishi kerakki, unda turli xokimiyatlar o’zaro bir-birini tutib turishlari kerak. Davlat xokimiyatini amalga oshirish usullari Davlat xokimiyatini amalga oshirish usullari ikki xil bo’ladi. Ishotirish va majburlash usullari, ishontirish usulida davlat xokimiyati maqsadi, moxiyati va funktsiyalarini kishilarning ongi, erki, axloqi va goyaviy tushunish asosida olib boradi. Bu usul jamiyatdagi barcha mafko’raviy, ijtimoiy-ruxiy krashlar har bir fuqaroning shaxsiy va ko’pchilik jamoa ongini rivojlanishi orqali olib boriladi. Jamiyatda davlat xokimiyatini amalga oshirish uchun ikkita mafko’ra mavjud. Birinchisi, diniy mafko’ra, bu diniy ma'lumotga asoslanadi. Bunga asosan davlat xokimiyatnini amalga oshirishda diniy qarashlarga asoslanadi. Ikkinchisi, bu dunyoviy mafko’ra davlat xokimiyatini amalga oshirishda jamiyatdagi xukmron nazariya, urf-odat va aqloqiy qoidalarga asoslanadi. Masalan, kelgusida farovon komunistik jamiyat ko’rishi, Amerika namunasidagi gullagan kapitalistik jamiyat ko’rish xaqidagi g’oyalarni amalga oshirish uchun jamiyatdagi bir qism aholi davlat xokimiyatidan foydalanilmoqda. XULOSA Xulosa qilib aytganda, xokimiyat legitimligi axolining siyosiy madaniyatiga asoslanadi va tuzumning fuqarolarning qadriyatli tasavvurlariga mos kelishini anglatadi. Ammo, legitimlikka, yahni fuqarolar mahqullashi va quvvatlashiga ega bo’lmasdan turib, xokimiyatning samaradorligiga erishish murakkabdir. Bu esa siyosiy xokimiyatdan jamiyatdagi o’tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yechish qobiliyatini amalda namoyish etishni talab qiladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |