EVOLUTSION TA'LIMOTNING TABIIY-ILMIY VA IJTIMOIY-IQTISODIY ASOSLARI.
Reja:
Sistematika va boshqa tabiiy fanlarning rivojlanishi.
J. В. Lamark ta'limoti.
XIX asrda biologiyaning rivojlanishi.
Atamalar: sistematika, binary nomenklatura, takson, korelyatsiya, feodalizm.
Sistematika va boshqa tabiiy fanlarning rivojlanishi.
XV asrning yarmiga kelib Yevropa mamlakatlarida feodalizm o'rniga burjuaziya hokimiyati o'rnatildi. Natijada sanoat mar-kazlari, yirik shaharlar bunyod etildi, fan, texnika birmuncha rivojlandi. Uzoq safarlarga chiqish, o'zga mamlakatlarni bosib olish, ularning tabiiy boyliklarini talash, xalqlarni ekspluatatsiya qilish avj oldi. Yirik shaharlarda botanika va hayvonot bog'lari tashkil etildi. Boshqa yerlardan yevropaliklarga notanish ko'pgina o'simlik va hayvon turlari keltirildi. Bularning ham-masi o'simlik va hayvonlarni o'rganishga katta qiziqish uyg'otdi. Buning oqibatida odamlarning o'simlik va hayvonlar to'g'risida-gi bilimlari antik dunyoga nisbatan bir necha marta ortadi. Botanika, zoologiya fanlarini yanada rivojlantirish uchun awa-lo ma'lum bo'lgan o'simlik va hayvon turlarini guruhlash ehti-yoji tug'ildi. Bu masala bilan mashhur shved olimi Karl Linney (34-rasm) (1707—1778) shug'ullandi. Fan fidoyisi 10 mingdan ortiq o'simlik, 4200 dan ortiq hayvon turlarini tavsiflab berdi. Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni turkum-larga, turkumlarni esa sinflarga birlashtirdi. Sizlar botanika, zoologiya fanlarini o'qiganingizda suv o'tlari, sporali o'sirnliklar, ochiq va yopiq urug'lilar, umurtqasiz va umurtqali hayvonlarning bir qancha tiplari, sinflari, turkumlari, oilalari, avlod va turlari bilan tanishgansiz. Hozirgi vaqtda biologiya fanining turli shoxobchalari juda rivojlanib ketgan. Shu sababli o'simlik va hayvon-larni sistemaga solganda ularning bir qancha belgi, xossalari e'tiborga ohnadi. Bu 3 4-rasm. Karl Linney navbatida tirik mavjudotlar qon-qardoshUgiga asoslanib, sistemaga solish imkonini beradi. K. Linney zamonida esa biologiyaning juda ko'p sohalari hali rivojlanmagan edi. Shu fababli K. Linney o'simlik va hayvonlarning ayrim belgilarigagina asoslangan holda sun'iy sis-tema tuzishga muvaffaq bo'ldi. U barcha o'simliklarni chang-donlari soniga, changchi iplarining uzun-qisqaligiga va bir-lashishiga qarab 24 sinfga, hayvonlarni tuzihshiga ko'ra 6 sinf-ga bo'ldi. Buning oqibatida kelib chiqishi, qon-qardoshligi yaqin bo'lgan organizmlar boshqa-boshqa sinflarga, aksincha, kelib chiqishi, qon-qardoshligi har xil organizmlar bir sinfga birlashtirildi. K. Linney o'simlik, hayvon turlari o'zgarmaydi, degan. Uning tomonidan tuzilgan sistema sun'iy bo'lsa-da, biroq mazkur faohyat keyinchalik organik olamni atroflicha o'rganishga imkon berdi. Linney ishlaridan so'ng botanika, zoologiya fanlari tez sur'atlar bilan rivoj topdi.
Biologiya fani rivojiga fransuz olimi Jorj Kyuve katta hissa qo'shdi. U morfologiya, anatomiya, sistematika, paleontologiya sohalarida tadqiqot olib borgan olimdir. Uning ta'kidlashicha, morfologiya fanining asosiy vazifasi hayvonlar tuzilishini oddiy-gina tasvirlash bo'lmay, balki uning qonuniyatlarini ochishdan iborat. Kyuve mulohazasiga ko'ra, har qanday tirik mavjudot bir butun sistema bo'lib, uning organlari bir-biri bilan uzviy bog'Uq. Shunga ko'ra, hayvonning bir organi masalan, ovqat hazm qi-hsh organining o'zgarishi u bilan aloqador bo'lgan boshqa organlarning ham o'zgarishiga oUb keladi. Olim og'izda hayvon organlarini bir-biriga bog'liq holda o'zgarishini e'tirof etsa ham, lekin amalda uni inkor etdi.
Kyuve ilgari surgan mulohazaga binoan har bir hayvon turi o'zi yashaydigan muhitga muvofiq ravishda yaratilgan. Shu bois, hayvonlarda hech qanday o'zgarish sodir bo'lmaydi. Kyuve o'zi kashf qilgan korrelyatsiya prinsipini hayvon sistematikasiga ham tatbiq etdi. U Linneydan farqli ravishda hayvonlarni sistemaga soUshda tashqi muhit bilan bog'lovchi asosiy organ—nerv sis-temasi tuzihshiga e'tiborni qaratish lozirnligini aytdi. Nerv sis-temasi tuzihshiga qarab ohm barcha hayvonlarni 4 guruhga — tipga ajratdi. Bular umurtqalilar, molluskalar, bo'g'imlilar, shu'lalilar. Kyuve qayd qilishicha bu hayvon tiplari doimiy, o'zgarmasdir.
XVIII—XIX asrlarda hayvon va o'simliklarning shaxsiy taraqqiyotini o'rganish sohasida ham birmuncha tadqiqotlar olib borildi. Birinchi marta Karl Ber 1827-yili sutemizuvchi hayvonlarda tuxum hujayrasini kashf etdi. U jo'janing rivojlanishini sinchiklab o'rganib, uning organlari asta-sekinlik bilan rivoj-laishini aniqladi va umurtqaUlarning turli sinflariga mansub hayvonlar embrion rivojlanishining dastlabki bosqichlarida o'zaro o'xshashliklarini aniqladi.
XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida qazilma holda saqlangan hayvon va o'sirnliklar to'g'risidagi fan paleontologiya shakllandi. Bu fanning rivojlanishida Jorj Kyuve xizmatlari nihoyatda katta bo'ldi. Kyuve qazilma holdagi sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilarning 150 dan ortiq turini o'rgandi. U kor
relyatsiya prinsipidan foydalanib, ilgari yashab, o'lib ketgan hayvonlarning topilgan ayrim suyaklariga qarab butun hayvon qiyofasini tiklash metodini kashf etgan va undan amaUyotda foydalandi. U turli era va davrlarda hayvonot dunyosining turli- tuman xillari yashaganUgini aniqladi. Vaqt o'tishi bilan ular murakkablashganini ko'rgan bo'lishiga qaramay, olim ularni halokatlar nazariyasi bilan tushuntirishga intildi.
XIX asrning 40-yillariga kelib hujayra nazariyasi yaratildi.Uning mualliflari bo'lib nemis olimlari T.Shvann, M. Shleyden sanaladi. Hujayra nazariyasining kashf qiUnishi XIX asrdagi tabiatshunoslik fanining ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Hujayra nazariyasiga ko'ra barcha tirik mavjudotlar, o'sirnliklar, hayvonlar, odamlar tanasi hujayralardan tashkil topgan. Hujayra nazariyasi barcha organizmlar tuzilishi jihatidan o'zaro o'xshash degan tushunchaga asos bo'lib xizmat qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |