J. В. Lamark ta'limoti
Organik dunyo evolutsiyasi haqidagi nazariyani birinchi marta fransuz tabiatshunosi Jan Batist Lamark (1744—1829) yaratdi (35-rasm). U dastlab botanika, keyinchalik zoologiya sohasida ilmiy izlanishlar olib bordi. Lamark evolutsiya haqidagi g'oyani dastlab «Zoologiyaga kirish» asarida ilgari sur-gan bo'lsa-da, 1809-yilda chop etilgan «Zoologiya falsafasi» asarida uni evolutsion nazariya holiga keltirdi. Lamark fikricha, sodda mavjudotlar o'z-o'zidan anorganik tabiatdan paydo bo'ladi. Keyinchalik tashqi muhit ta'siri ostida o'zgarib, davrlar o'tishi bilan murakkablashib, tuzilishi yuksak bo'lgan organizm-larga aylanadi. Binobarin, organizmlar evolutsiyasida vaqt asosiy omil sifatida muhim ahariliyatga ega. Organizmlar murakkablashar ekan, u holda nima sababdan hozirgi vaqtda o'simlik va hayvonlar olamida oddiy mavjudotlar ham uchray-di, degan savolga javob berib, olim ular yaqindagina o'lik tabiatdan hosil bo'lgan va takomillashishga hah ulgurmagan, deb izoh beradi. Lamark hayvonlar sistematikasi bilan ham shug'ullan-gan. U barcha hayvonlarni 14 sinfga ajratgan. Ulardan 4 ta sinf umurtqalilarga, 10 ta sinf umurtqasizlarga tegishlidir. U hayvonlarni ovqatlanish, qon aylanish, nafas ohsh va nerv sistema-siga qarab 6 bosqichga ajratdi. Olim hayvonlar quyi bosqichdan yuqori bosqichga ko'tarilar ekan, qayd etilgan organlar sistemasi murakkablasha borganligini e'tirof etdi. Binobarin, Lamark K. Linneydan farqli ravishda tabiiy sistema tuzishga intildi. Lamarkning eng buyuk xizmati shundaki, uning evolutsion g'oyasi juda ko'p dalillar bilan tasdiqlandi. Olim e'tirof etishicha, organizrmarning o'zgarishi, bir tomondan uning yangi turlarining paydo bo'lishi, ikkinchi tomondan takomillashishga bo'lgan intilishi, tashqi omillarning bevosi-ta ta'siri tufayh amalga oshgan.
Lamark qayd etishicha, o'simliklar,n erv sistemasi yaxshi rivojlanmagan tuban
35-rasm. Jan Batist Lamark hayvonlar, tashqi muhit ta'sirida to'g'ridan to'g'ri o'zgaradilar. Nerv sistemasi tuzilishi murakkab bo'lgan hayvonlar esa bilvosita, ya'ni ularning talabi, qihq-odatlari, organlarining mashq qihshi yoki qilmashgi natijasida o'zgaradi.
Lamark organik olamdagi o'zgarishlar asta-sekin ro'y beradi deb to'g'ri ko'rsatgan bo'lsa-da turlarning haqiqatan ham tabiatda real ekanligini tan olmadi.
Olim organik olam evolutsiyasi haqidagi nazariyaga asos solgan bo'lsa-da, lekin evolutsiyaning harakatlantiruvchi kuch-lari — yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish ekanhgini bila olmadi.
XIX asrning birinchi yarmiga kelib tabiatshunoslikning turli shoxobchalarida to'plangan dalillar organik olam qotib qolmaganligini, o'zgarishini ko'rsatdi. Organik olamdagi o'zgaruvchanlik e'tirof qilinsa ham nima sababdan har bir organizmr turi o'zi yashaydigan muhit sharoitiga moslashgan, degan muammo hali o'z yechimini topmagan hamda organic olam evolutsiyasi haqida yagona nazariya hah yaratilmagan edi.
Tabiatshunoslik oldida turgan asosiy vazifa, uning turh shoxobchalarida yig'ilgan dahUarni, fikr-mulohazalarni xulo-salash va ular zamirida organik olam evolutsiyasi haqida yaxlit nazariya ishlab chiqish edi. Shundagina tabiatshunoslik fani sohasida uzoq asriardan beri hukmronlik qilib kelayotgan noto'g'ri dunyoqarashlarga xotima berilgan va biologiyaning bundan keyingi rivoji ilmiy asosga yo'naltirilgan bo'lar edi. Bu ulkan vazifani bajarish uchun haddan tashqari sinchkov va keng mantiqqa ega bo'lgan zukko shaxs zarur edi. Charlz Darvin o'zining shunday shaxs ekanhgini amalda namoyon etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |