Simob preparatlari
O‘simlik kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi patogenlarga qarshi simob guruhiga mansub preparatlardan ko‘proq granozan ishlatilar edi, ammo hozir bu preparatlar Respublikamizda qo‘llanilmaydi.
Granozan. Kulrang yoki sariq rangli, keskin maxsus hidli kukun. Uning tarkibida 1,8-2,3% etilmerkurxlorid va talk bor.
Har xil daraxt turlari urug‘larini quruq dorilash (1 kg uruqqa 0,5-2 g) va eman daraxtining yong‘og‘ini qishki saqlashda (1 t ga 0,5 kg) ishlatiladi.
Bundan tashqari, uni antroknozga qarshi ham qo‘llash mumkin, 0,2% suspenziyasi esa kasallangan ko‘chatlarni sug‘orishda ishlatiladi. Barcha simob preparatlari inson va issiqqonli hayvonlar uchun xavfli, bu preparatlar bilan ishlash davrida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |