Mavzu: Dorixonada dori vositalarini ichki shtrix kodlash.
Reja:
1.Shtrix kod .
2. Farmatsevtik tovarlarni shtrixli kodlash tizimi.
3.Shtrix kod talab qiladigan va qilmaydigan mahsulotlar .
Shtrix kod.
Shtrix kod, maʼlumotlarni vizual, mashinada oʻqiladigan shaklda taqdim etish usuli. Shtrix kodlar 13 ta raqamdan iborat boʻlib, masalan 8710335230431 shtrix kodning birinchi ikki raqami Niderlandiyada tayyorlanganligini anglatadi. Keyingi 5 ta raqam 10335 tovar ishlab chiqarilgan firmaning bu mamlakatda roʻyxatga olingan raqamini anglatadi. Keyingi 5 ta raqam 23043 tovarning xususiyatlari haqida maʼlumot beradi. Oxirgi raqam 1 esa tovar kodining nazorat raqamidan iborat.
Shuningdek, tovarning kodi yordamida uning qalbaki yoki haqiqiy ekanligini bilish mumkin. Quydagi sodda
arifmetik hissob-kitob yordamida bilib olish mumkin. Buni yuqoridagi Tovar UPC-A shtrix kodi belgisi
kodi koʻrsatamiz.
1. Chapdan oʻnga tomon juft oʻrinda turgan raqamlar qoʻshib chiqiladi.
7+0+3+2+0+3=15
2. Hosil boʻlgan natija 3 ga koʻpaytiriladi. 15*3=45
3. Toq oʻrinda turgan oxirgi raqamdan tashqari raqamlar qoʻshiladi.
8+1+3+5+3+4=24
4. 2 natija bilan 3 natija qoʻshiladi.
45+24=69
5. Chiqqan sonning oxirgi raqami 10 dan ayriladi.
10-9=1
6. Oxirgi natija tovar kodning nazorat raqam bilan bir xil boʻlsa tovar haqiqiy aks holda qalbaki boʻladi.
Farmatsevtik tovarlarni shtrixli kodlash tizimi.
Ko'pchilik rivojlangan davlatlarda dori vositalari va boshqa tibbiy buyumlar uchun ko'pincha shtrixli identifikatsiyalarning milliy tizimlari joriy qilingan, ammo farmatsevtik tovarlarning shtrixli kodlanishi umuman ishlatilmaydigan yoki tavsiyaviy harakterga ega davlatlar salmog‘i ham yetarli.
Shtrixli kodlash tovarning narxi, saqlash muddati va boshqa zarur ma’lumotlarni olish uchun qoilanadi. Shtrixli kodlashdan savdoning avtomatlashtirilgan tizimlarida foydalaniladi. Dori vositasi haqida ma’lumot va saqlash uchun elektron holatda kod qo‘yiladi. Berilgan kod bo‘yicha zarur parametrlar (narxi, soni, yetkazib beruvchi, qadoqlash turi, saqlash muddati va boshqalar) haqida kerakli ma’lumot olinadi. Odatda, bu kodlar maxsus qoidalar bo‘yicha dori ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘yiladi va mas’ul
organ tomonidan ro‘yxatga olinadi. Bu qoidalar mahsulotlarni tovarli nomerlashning Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan.
EAN qoidalariga ko‘ra kodlash ma’lumotlari turli shakldagi shtrixlar va oq yo`llarni tushirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shtrix kod 1-rasmda ko‘rsatilgan. Tovar kodi haqidagi ma’lumotlar savdo tarmog‘iga
avtomatlashtirish yo'li bilan kiritiladi. SSD skaner tomonidan o‘qiladi.
Ishlab chiqaruvchi firmalardan tashqari, ayrim hollarda tovarlarni shtrixli kodlar bilan distribyuterlar,dorixona- lar ham markalaydilar.
Dorixonalar faoliyatida shtrixli kodlash tizimi joriy etilishi dori vositalari va tibbiy buyumlarni qalbaki- lashtirish hollarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
1-rasm.
Shtrixli kodlarni talab qiladigan mahsulotlar
- Paketlangan va sotishga tayyor bo'lgan inson dori vositalari
- Paketga qo'yilgan va sotishga tayyor bo'lgan o'simlik va sog'liq uchun mahsulotlar kelajakda shtrix kodini talab qiladi.
- Paketlangan va sotishga tayyor bo'lgan veterinariya farmatsevtika mahsulotlari kelajakda shtrix kodini talab qiladi.
Shtrixli kod talab qilinmaydigan mahsulotlar
- Farmatsevtika mahsulotlarining bepul namunalari
- Kasalxonalar tomonidan ma'lum bemorlar uchun va ma'lum miqdorda buyurilgan ro'yxatdan o'tmagan dorilar
- Shaxsiy foydalanish uchun tozalangan giyohvand moddalar
- Qayta qadoqlash maqsadida tozalangan dorilar
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1. M.N.Ziyaeva, G.A.Sultonova. Tibbiyot tovarshunosligi. O`quv darslik. ―Fan‖ nashriyoti, Toshkent, 2008, 318 bet.
2. М.Н.Зияева, Г.У.Тиллаева. Медицинское товароведение. Изд-во «Фан‖ Ташкент, 2008, 390 стр.
3. M.N.Ziyaeva. Tibbiyot tovarshunosligi. O`quv darslik. ―Cho‘lpon‖ nashriyoti, Toshkent,2012,318bet.
4. ‖Iste‘molchilarning xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida‖ O‘zbekiston Respublikasi 1996y.26.04. Qonuni. Yunusxodjaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati. 1-kitob. T., 2001
5. Закон РУз ―Об охране здоровья граждан‖от 29 августа 1996г. Yunusxodjaev A.N. O‗zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati. 1-kitob. T., 2001
Do'stlaringiz bilan baham: |