Mavzu: Shovqin tushunchasi. Akustik ritmni yaxshilash chora tadbirlari.
Reja:
1 . Shovqin tushunchasi.
2.Akustik ritmni yaxshilash chora tadbirlari.
3. Shovqinning insonga ta'siri.
SHOVQIN HAQIDA TUSHUNCHA
Shovqinning atrof-muhitga ta’siri Shovqiii atrof-muhiting fizikaviy ifloslanish komponentlaridan biri hisoblanib, hozirgi kunda dunyoda har ikki kishidan biri o‘zida uning ta’sirini sezadi. Shovqiii tabiatning inson oyog‘i yetmagan, havosi musaffo, suvi toza, tuprog‘i zaharlanmagan go'shalariga ham yetib borgan. Mutaxassislar abolida asab, yurak-qon tizimi, oshqozon-ichak, gipertoniya kasalliklarining keskin ko'payishini aynan shovqin bilan bog‘laydilar. Bundan tashqari, shovqin darajasining 1 % ga oshishi ishlab chiqarish unumdorligini shunchaga pasaytirar ekan. Masalan: rok musiqa yulduzi Madonnaning Frankfurt stadionidagi kontsertini sharhlovchi ko‘klarga ko‘tarib quyidagicha maqtaydi: “150000 Vt quwatli radioapparatura quloq pardalarini yirtib yuboray deydi, qo‘shni aerodromga qo‘ngan samolayot tovushi umunian eshitilmay qoldi”. Ko‘rinib turibdiki, inson organizmi uchun shovqin eng xavfli ekologik omillardan biri ekan. Shovqin faqat inson organizmidagina emas, balki hashoratlar, hayvonot va o‘simliklar dunyosiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: shovqin ta’sirida daraxtlar o‘rmondagiga nisbatan ancha erta qariydi, reaktiv samolyot shovqini ta’sirida asal arilar lichinkalari o‘ladi, o‘zlari esa oriyentatsiyasini yo'qotadi, kalamushlar quturadi va hokazo. Shovqin detsibellarda oichanadi. Ochiq havoda tovushning me’yoriy bosim darajasi 50-55 db boiishi kerak boigan bir holda, yirik mamlakatlarda u 65-80 db ni tashkil etadi, 130 db da kishi qulog‘ida kuchli og riq sezadi, 154 db lik shovqinga inson umuman dosh bera olmaydi, bunda kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘rish organlarining ishdan chiqishi, ko‘ngil aynishi va bo‘g‘ilish holatlari kuzatiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, shaharlarda shovqin darajasi yil sayin oshib bormoqda. Tadqiqotchilaming fikriga qaraganda, shaharlarda shovqin intensivligi har 25-30 yil ichida 10 marta oshar ekan, bu – shovqin darajasi 10 db ga oshdi deganidir. Hozirgi kunda shovqin darajasi eng yuqori boigan shaharlar Rim va Berlindir. Ularda shovqin darajasi 80 db ni tashkil etadi. Shovqinning atrof-muhitga ta’siri hozirgi kunda Rossiyada, Amerikada, Yevropa mamlakatlarida ekolog olimlar tomonidan anchagina o‘rganilgan, meyorlar ishlab chiqilgan, lekin inson organizmiga ta’sir mexanizmi hali oxirigacha o‘rganilmagan hisoblanadi. Shuningdek, antropogen shovqin manbalarining o‘ziga xos tomonlari, ulardan himoyalanish usullari ham hozirgacha o‘rganilmagan.
Bizni iztiroblaydigan, ko‘ngilni xira qiladigan tovushlar ham bor. Ana shunday tovush shovqin deyiladi.
Shovqin fizik (to‘lqinli) ifloslanishningbirturi bo‘lib, inson unga ko'nika olmaydi. Shovqin odamning qulog‘iga, markaziy asab tuzimiga yomon ta’sir qiladi. Shuningdek, uyqusizlik, ish qobiliyatining pasayishi, tez toliqishi, bosh og‘rig‘i kabilarni keltirib chiqaradi.
Olimlar ko‘chadagi 55 detsibel kuchdagi shovqin xonada aqliy ish faoliyati, 35 dB. shovqindan uyqu buzilishi mumkin.
0‘quvchilarda 65 dB kuchdagi shovqin 12-15% dan ko‘p xatolar qilishlari, hatto ko‘rish qobiliyati yomonlashadi. Yirik shaharlardagi shovqin, maktablarga 85 dB va undan ortiq kuchda tarqaladi.
Shovqin butun organizmga ta’sir qilishi haqida yangi ma’lumotlar ko‘payib bormoqda. Shovqin omili qon bosimi ko‘tarilishga sababchi bo‘lar ekan. Bundan chiqadiki, stenokardiya va oshqozon ichak yara kasalliklarini kelib chiqishiga shovqinning roli katta ekanligi aniqlandi.
Germaniya jurnallarining ma’lumotlarida ko‘chadagi shovqin 16 mln.dan ortiq, samolyotlarni guvullashidan 4,5 mln. kishi, baqiroq qo‘shnilardan 2 mln. kishi zararlanar ekan, 1,8 mln. kishi kichik korxona va ustaxonalardagi shovqindan, 1 mln. kishi temir yo‘llarni yaqinligidan shikoyat qilgan.
Hozirgi vaqtda shovqinga qarshi kurashishga juda e’tibor berilmoqda. Gigienistlar bilan birgalikda shovqinning odamga salbiy ta’sirlarni arxitektorlar, quruvchilar, temir yo‘l xodimlari, aloqa xizmatchilari, shuningdek turli ishlab chiqarishdagi va maishiy turmushdagi mutaxassislar o‘rganilmoqda.
Shovqin ruxsat etiladigan me’yoriy kuchi davlat standartlari ishlab chiqilgan. Binolarda aqliy mehnat bilan shug‘ullanganda 45 detsibeldan oshmasligi kerak. Shahar ko‘chalari 55 dB, ishlab chiqarish korxonalari 70-80 dB.
Yirik shaharlarda - maxsus shovqin xaritalari tuzilgan bo‘lib, shovqinga qarshi kurashishga yordam beradi.
Shovqin o‘simlikva hayvonot dunyosiga ham salbiy ta’sir etadi. Masalan, kontsert zallaridagi shovqin ta’sirida hayvonlar qonidagi xolestirin normadan ortib ketgan.
Jimjitlik - dam olish uchun muhim sharoitdir. Jimjitlikni saqlash uchun harakat qilish zarur. Jimjitlikka moslashishni yoshlikdan tarbiyalash zarur.
Bir xil tovushlarni, chunonchi dengiz qirg‘og‘ining suv sachratishi, qushlarning yoqimli nag‘malari, o‘rmonlardagi daraxt barglarining shitirlashi, yomg‘ir tomchilarining chak-chaki, jilg‘alarning jildirashini jonu-dildan tinglaymiz, baxru dimimiz ochilib, ko‘nglimiz, butun vujudimiz orom oladi.
Agar bu yoqimli ovozlar odamzot paydo bo‘lgandan buyon irsiy xotiraga singib hayotiy yo‘ldosh bo‘lib qolgan bo‘lsa, zamonaviy texnikani «temir jangobi» hali-hali ruhiyatimiz, sog‘ligimizga yot bo‘lib qolaveradi.
Hech kimni bezovta qilmagan holda, musiqa tinglash va o‘ynash mumkin. Ha, qadrli o‘quvchi, dehqonchilikda, turmushda shovqinga qarshi kurash olib borishimiz foydadan holi emas.
Biz kim bo‘lishimizdan qathiy nazar, har birimiz jamiyatning qonun-qoidalarini ado etishimiz - osoyishtalikni saqlashimiz lozim.
Derazangizni ochishingiz bilan avtoulovlar motorining guvillashi, qo'shnilar ko’tarayotgan shovqinni eshitasiz. Bu shovqin tunda ham tinmaydi, uzoqdan turli transportlar guvillashi hamda itlaming hurishi eshitilib turadi. Biror daqiqa atrof sukunatga cho‘kadi va o‘shanda yaproqlarning shitirlashini eshitasiz, birozdan so‘ng ko’chadan o‘tayotgan mototsiklning tarillashi yoki baland musiqa sukunatni buzadi.
Afsuski, salomatligimiz uchun juda zarar bo ‘lgan tinchlik va sukunat haqida juda kam o'ylaymiz.
Ko‘p sonli tadqiqotlar shuni isbotlaganki, uzoq muddat davomida me’yor chegarasidan oshib ketgan shovqin ostida yashagan kishilar markaziy asab tizimi faoliyati buzilganidan aziyat chekadi. Ularda bedorlik, serjahllik, tez charchash, bosh og‘rig‘i kabi holatlar uchraydi.
Ko’chadan ishxonaga kirayotgan 55 detsibel kuchdagi shovqin aqliy mehnatga xalaqit beradi. 55 detsibel - bu ko‘pmi yoki kammi?
Yaproqlarning shitirlashi 10-15, yengil avtomobilning shovqini - 70, yuk mashinasining shovqini - 90 detsibelga teng.
Ma’lumki, 30 detsibelga teng boigan shovqin uyquni buzishi mumkin, 65 detsibelga teng boigan shovqinda o'quvchilarning e’tibori susayadi, xatolar ko‘payadi va ko‘rish qobiliyati pasayadi.
Ayrimlar shovqinni qabul qilish - har kimning sub’yektiv ishi deb o'ylaydi, kimlargadir shovqin yomon ta’sir ko‘rsatadi, boshqalarga esa atrofda shovqin bo Isa yoqadi. Darhaqiqat, kimlargadir baland zamonaviy musiqa yoqimli tuyuladi, boshqalarning asabiga tegadi. Musiqaning sub’yektiv qabul qilinishidan qat’i nazar, shovqin barcha kishilar uchun zararlidir va unga qarshi kurashish lozim.
Shovqinga qarshi kurashish masalalari bilan gigiyenachilar, me’morlar, quruvchilar va boshqa ko‘plab mutaxassislar shug‘ullanadi.
Qurilishda shovqin to‘suvchi materiallar qoilanadi. Korxonalardagi dastgohlar shovqin yutuvchi moslamalar bilan ta’minlanadi. Mukammallashtirilgan texnik vositalar avtoulov dvigateli shovqinini kamaytiradi. Ко ‘chalar chetiga ekilgan daraxtlar shovqinni 10-20 detsibelga kamaytiradi.
Shuni tan olish kerakki, ma’muriy choralar va texnika taraqqiyoti tufayli erishilgan muvaffaqiyat shaharlardagi shovqinni kamaytirish borasida o‘z samarasini berdi. Ammo osudalikni saqlash uchun shaharliklarning har biri o‘z hissasini qo‘shishi kerak.SHOVQINNING ZARARLI TA’SIRI, NORMALARI
Eshitiladigan shovqinlar ma’lum chastotalar (16-20 000 Gs) bilan chegaralanib qolmasdan, ma’lum chegaradagi eshitilish darajasi va bosimi bilan ham farqlanadi. SHovqin darajasiga va haraktYeriga qarab, ular inson organizmiga har xil ta’sir qo‘rsatadi. SHovqin ta’sir darajasining o‘zgarishida uning ta’sir davri va odamning shaxsiy xususiyatlari ham ma’lum rol o‘ynaydi. SHuning uchun ham shovqin hammaga bir xil ta’sir ko‘rsatadi deb bo‘lmaydi. Unga katta bo‘lmagan shovqinlar (50-60 dB) ham inson asab tizimiga sezilarli ta’sir etadi. Ayniqsa, shovqinlarning ta’siri aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarda ko‘proq seziladi. Umuman, bunday shovqinlarning ta’siri har xil odamda har xil bo‘ladi. Ba’zilar bunday shovqinlarga mutlaqo ahamiyat bYermaydilar, ba’zilar esa keskin asabiylashadilar.
Ma’lumki, ba’zi bir jiddiy kasalliklarga chalingan bemorlar, masalan, qon bosimi, ichak va oshqozon yarasi va ba’zi tYeri kasalliklari, asab kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarning mehnat qilish va dam olish rejimlari umuman kasallik tufayli buzilgan bo‘ladi. Bunday kasallar uchun ortiqcha shovqinning bo‘lishi ularning nihoyat darajada toliqishiga olib keladi. Agar bu shovqinlar tunlarda bo‘lsa, og‘ir asoratli kasallarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. YOsh va sog‘lom odamlar uchun bunday shovqinlar butunlay zararsizdir.
Agar shovqin darajasi 85-90 dB ga etsa, bunday ishlayotgan har qanday odamning birinchi navbatda yuqori chastotadagi tovushlarni eshitish qobiliyati susayada. Uzoq vaqt kuchli shovqin ta’sirida ishlagan odam tez toliqib, befarq, hatto kar bo‘lib qolishi mumkin.
SHovqinning bosh miya qobig‘iga ta’siri natijasida odam asabiylashadi, toliqish jarayoni tezlashadi, psixik reaksiyasi keskin o‘zgaradi. Oqibatda jarohatlanishlar sodir bo‘lishi mumkin.
Agar shovqin darajasi 145 dB dan yuqori bo‘lsa odam qulog‘ining pardasi yirtilishi mumkin.
Doimiy shovqinlar uchun shovqin bosimi darajalari 63, 125, 250, 500, 1000, 2000, 4000, 8000 Gs larda normalanadi.
Hisoblash sakkizta oktava oraliq bo‘yicha ayrim-ayrim o‘tkaziladi. Hisoblab topilgan shovqin darajalari qiymati yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qiymatlar bilan solishtiriladi va kamaytirilishi zarur bo‘lgan shovqin darajasi miqdori aniqlanadi (dB) .
Agar shovqin yopiq binoda bo‘lsa (pol, devor, tom yopma), xuddi shunday shovqinga nisbatan 10-15 dB ortib ketishi mumkin.
Shovqinga qarshi kurash usullari.
Shovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari quyidagi usullarda olib boriladi:
Shovqinni ajralib chiqayotgan manbaida kamaytirish.
Shovqinning tarqalish yo‘nalishini o‘zgartirish.
Sanoat korxonalari va sexlarini oqilona rejalashtirish.
Sanoat korxonalari xonalariga akustik ishlov bYerish.
Shovqinni tarqalish yo‘lida kamaytirish.
Shovqinning kelib chiqishiga asosiy sabab – mashina va mexanizm yoki uning ayrim qismlari o‘z harakati natijasida havoda elastik to‘lqinlar harakatini vujudga keltiradi.
Shovqin chiqayotgan manba agar biror-bir tomonga yo‘naltirilgan bo‘lsa, uning qarama-qarshi tomonida tovushning bosim darajasini 10-15 dB gacha kamaytirish imkoniyati bor.
Sovqin darajasini pasaytirish uchun xonalar devoriga ishlov bYerish, ya’ni shovqin yutuvchi matYeriallar bilan jihozlash. Sanoat korxonalarida shovqin darajasining ortib ketishiga shovqinning biror-bir to‘siqqa, xona devoriga, shiftga urilib qaytishi natijasida tovush to‘lqinlarining kuchayishi mumkin. Ana shu qaytgan to‘lqinni kamaytirish chora tadbirlarini ko‘rish. Bular akustik ishlov bYerish ishlari deyiladi.
Titrash haqida umumiy ma’lumotlar.
Titrash qattiq, suyuq, gazsimon va boshqa xil jismlarning mexanik tebranishlaridir.
Me’yordan yuqori, uzoq ta’sir etgan shovqin va titrashlar, keyinchalik organizmini zararlantirib, og‘ir kasbiy kasalliklar kelib chiqishi sababchisidir.
Sukunatni buzib, foydali tovush eshitishga xalaqit bYeradigan tovushlarga shovqin deb ataladi.
Titrash qattiq jismlar, mashina va jihozlarning tebranishidir. Kuchli, keskin va uzoq davom etadigan shovqin va titrashlar insonning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, natijada insonni tez charchatadi, ish unumdorligini pasaytiradi, asab va yurak tizimini ish faoliyatini buzadi.
Insoning eshitish organi mexanik tebranishning 16 - 20000 Gs.gacha bo‘lgan to‘lqinlarini eshitadi. 15 Gs. dan past chastotadagi shovqin infratovush, 20000 Gs. dan yuqorisi esa ultratovush hisoblanib, inson organizmiga salbiy biologik ta’sir ko‘rsatadi.
Tovush intensivligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
J = P2/ρ · C bu Yerda:
J – tovush intensivligi, vt/m2; P – tovush bosimining miqdori, Pa; ρ – muhit zichligi kg/m3; C – tovush tezligi, m/s.
Tovush to‘lqinlarining 200 S haroratli muhitidagi tarqalish tezligi 343 m/s, po‘latda 5000 m/s, betonda 4000 m/s. ga teng.
Mashina va uskunalarda, kommunikatsiya va qurilmalarda mexanizatsiya-larning harakatdagi qismlarining nosozligi sababli, suyuqlik va gazlar quvurlar orqali bosim ostida uzatilganda paydo bo‘ladigan qisqa to‘lqinli tebranishlar titrash deb ataladi.
Titrash quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi:
-titrash chastotasi f (Gs); -titrash amplitudasi A (mm); -titrash tezligi V (mm/s); -titrash tezlanishi w (mm/s2).
Titrash uskuna, jihoz va kommunikatsiyalarning mexanik mustahkam-ligini va gYermetikligini sifatsizlanishiga olib kelishi va har xil avariyalarning sababchisidir.
Titrash ta’sirida inson tanasidagi a’zolarning funksional holatlarini ishdan chiqishi, markaziy asab, yurak va qon aylanish tizimida hamda harakatlanish a’zolarida salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Uning za-rarli ta’siri charchash, boshning, panja va suyak bo‘g‘inlarining og‘rishi, haddan tashqari asabiylashish va harakat faoliyatining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi va ayrim hollarda tebranish kasalligining rivojlanishiga olib keladi. Uning og‘ir shakllari, mehnat qobiliyatining qisman yoki butunlay yo‘qolishiga olib keladi. Shovqin va titrashning ish joylarida ruxsat etilgan darajalari SanPI N0067-96 bYerilgan.
Titrashga qarshi kurash usullari.
Titrashga qarshi kurash mashina, jihoz, uskuna va texnologik jarayonlarning loyihalashning dastlabki bosqichlarida boshlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Korxonalarning bosh rejalarini tuzish jarayonida, albatta shovqinga qashi kurash chora – tadbirlar ko‘rib qo‘yilishi shartdir.
Bunda asosan, sYershovqin sexlarni bar joyga, iloji borcha, ularni ishlab chiqarish hududining chekka tomonlariga joylashtirish, sYershovqin sexlarni boshqasidan tovush o‘tkazmaydigan to‘siqlar bilan to‘sish, sYershov-qin binolarning eshik va dYerazalarini maxsus tovush o‘tkazmaydigan maxsus matYeriallardan tayyorlangan bo‘lishi zarur.
Titrashga qarshi kurash chora-tadbirlari uni keltirib chiqaruvchi manbaning o‘zidayoq kamaytirishga harakat qilishdan boshlanishi kYerak. Mashina, jihoz, uskunalarning sifatli o‘rnatish, o‘z vaqtida ta’mirlash va uning dinamik kuchlarini muvofiqlashtirish, yaxshi natija bYeradi.
Ba’zi qurilmalar tovush to‘lqinlari quvvatini tarqatib yuborish xususiyatiga ega.
SHovqin to‘lqinlari g‘ovaksimon shovqin yutuvchi matYeriallar yuzasiga tushgach, shovqin quvvatini ko‘pgina qismi tor g‘ovakdagi havoni tebranma harakatga keltirish uchun sarflanadi. G‘ovaklardagi havo qisilib isiydi va natijada shovqin quvvati issiqlik quvvatiga aylanishi natijasida tashqi muhitga tarqalib shovqin yo‘qoladi.
SHovqinga qarshi kurashning yana bir usuli, texnologik jarayonlarni to‘g‘ri tanlash, mashina, jihoz, uskunalarning va texnologik jarayonlarni quyi kuchlanishda ishlashini ta’minlash, ularni sifatli yig‘ish hamda o‘z vaqtida ta’mirlash ishlarini bajarish ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
SHOVQINDAN SAQLANISH..
Hozirgi zamon texnika tarakkiyoti davrida sanoat korxonalarida shovkinga karshi kurash masalalari mudim masalalar katoriga kiradi. Bu masala asosan mashinasozlik sanoatida transport vositalarini ishlatishda va energetika sanoatida juda jidtsiy masala bulib turibdi.SHovkinning okibatlari mahlum. U birinchi navbatda ishlab chikarishda mednat kilayotgan kishilarni mahnaviy toliktiradi, shovkin chikaruvchi mashinalarni ishlatayotgan ishchilar va ishlab-chikarish jarayonini boshkarayotgan operatorlar ishiga xalal berib, ularni dar xil xatoliklarga yul kuyishlariga olib keladi. Bu esa uz navbatida ishlab-chikarish jarodatlanishlari kelib chikishining asosiy manbaidisoblanadi
Katta shovkin tahsirida insonning asab sistemalari zirkillaydi, eshitish organining faoliyati susayishiga sabab buladi.
Shuning uchun dam sanoat korxonalarida shovkinni kamaytirish chora-tadbirlarini belgilash mudim ijtimoiy adamiyatga ega bulib, inson salomatligini sakdashi bilan katta adamiyat kashf etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |