Polimer materiallar texnologiyasi
Polimer materiallar garchi tarixiy yodgorliklarda ishlatilmagan bo’lsa ham, hozirgi kunda ularni ta’mirlashda, ayniqsa konservatsiyalashda polimer kompozitsiyalari qo’llanilmoqda.
=Polimer kompozitsiyalar cho’kayotgan bino va inshootlar zaminini mustaxkamlashda (karbamid polimeri), poydevorlar gidroizolyatsiyasida (epoksid, fenol-formaldegid polimerlari), eski paxsa devor va inshootlarni shimdirib modifikatsiyalashda (polimetilmetakrilat, polistirol, poliefir polimerlari) ishlatilmoqda.
Bizda va chet ellarda in’eksiya va gidroizolyatsiya uchun polimet kompozitsiyalari optimal tarkiblari va texnologiyalari ishlab chiqilgan. Bundan tashqari polimer kompozitsiyalari asosida istalgan rangdagi va shakldagi arxitektura qismlari, fragmentlarini qoliplarga quyib tayyorlash mumkin. Bunda material sopolga o’xshab quydirilmagani tufayli (kuydirilganda rangi o’zgaradi) aynan yodgorlik fragmenti rangidagi qismini tayyorlash mumkin bo’ladi.
Polimerlar yuqori molekulali organik moddalar bo’lib, kompozitsion materiallar olishda bog’lovchi vazifasini bajaradi. Polimer kompozitsiya tarkibida kukun, mayda va yirik to’ldiruvchilar, qotiruvchilar, plastifikatorlar, stabilizatorlar, pigmentlar, ingibitorlar va sh.k. bo’lishi mumkin. Kukun to’ldiruvchilar polimerni tejash bilan birga kompozitsiyaga mustaxkamlik, qattiqlik, kirishishini kamaytirish xususiyatlarini beradi: plastifikatorlar polimerlarning mo’rtligini kamaytiradi, stabilizatorlar esa ularning atmosfera muxitiga chidamligini oshiradi. Polimerlar termoplastlar (A) va termoreaktivlarga (B) bo’linadi. Termoplastlarga polietilen, polipropilen, polipzobutilen, polistirol, polivinilxlorid, polivinilatsetat, polimetilmetakrilatlar, termoreaktivlarga esa fenolaldegid, karbamidformaaldegid, furan, epoksid, kremniyorganik polimerlar kiradi.
Termoplastlar xarorat ta’sirida shakli va xossalarini o’zgartiradi, termoreaktivlar esa aksincha o’zgartirmaydi.
Restavratsiyada ishlatiladigan ba’zi polimer va ular asosidagi kompozitsiyalarni ko’rib chiqamiz.
Polimetilmetakrilat (organik shisha) rangsiz, suyuq, uchuvchan, yonuvchan polimer bo’lib, qotiruvchi qo’shilib kompozitsiya tayyorlanadi va 0,2-1,0 MPa bosim ostida in’eksiya qilinadi. In’eksiya ob’ekti muayyan g’ovaklikda va quruq xolatda bo’lishi kerak. SHimdirilgan polimer 60-700S qizdirilsa qotishi tezlashadi va o’ta mustaxkam (100-150 MPa), zich materialga aylanadi. Bu usulda mustaxkamligini deyarli yoqotgan g’ovak materiallarni, fragmentlarni konservatsiyalash mumkin.
Karbamidformeldegid smolasi eng arzon, serob, suvda eruvchan (smola xolatida), yonmaydigan polimer bo’lib, kuchsiz kislotalar, tuzlar ishtirokida polimerlanib qotadi. Karbamid smolasi (qotiruvchi qo’shilib) bino va inshootlar zaminini mustaxkamlashda bosim ostida (10 MPa) in’eksiya qilinadi. Karbamid kompozitsiyalari kislota va tuz eritmalariga, biologik muxitlarga chidamli bo’ladi.
Epoksid polimeri sovuq va issiq holatida maxsus qotiruvchilar qo’shilib polimerizatsiya qilinadi. Epoksid polimerlari yog’och, metall, g’isht, suvoq va boshqa materiallarga juda kuchli yopishadi. Epoksid polimerlari asosida kimyoviy muxitlarga, suvga, turli gazlarga chidamli elimlar, qoplamalar, mastikalar, pastalar va qorishmalar tayyorlanadi. Obidalarni ta’mirlash va konservatsiyalashda epoksid kompozitsiyalari bino va inshootlar yoriqlarini berkitishda, elimlashda, paxsa fragmentlarini in’eksiya usulida mustaxkamlashda va sh.k. joylarda ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |