Reja: Shimlarini tayyorlash tehnalogiyasi Shim bichig’ining bo’laklari, chiziq va qirqimlarining nomlari



Download 324,89 Kb.
Sana13.10.2022
Hajmi324,89 Kb.
#852887
Bog'liq
Erkaklar kiyimlarning bichilgan bo’laklariga ishlov berish.











Mavzu: Erkaklar kiyimlarning bichilgan bo’laklariga ishlov berish.


Reja:
  1. Shimlarini tayyorlash tehnalogiyasi


  2. Shim bichig’ining bo’laklari, chiziq va qirqimlarining nomlari

  3. Shim asosiy bo’laklariga ishlov berish

Shim mayda bo’laklarini tikish ketma-ketligi qo’yidagicha amalga oshiriladi:



  • vitochkaga ishlov berish;

  • shim asosiy bo’laklariga NII berish.

  • Astarga ishlov berish va shim old yarim bo’laklariga biriktirib ishlov berish;

  • Kamar tutkichlarga ishlov berish.

Shim bichig’ining bo’laklari, chiziq va qirqimlarining nomlari
Bichiq bo’laklari. Shim avra, astar va qo’shimcha qatlam bo’laklaridan iborat bo’ladi. (ularning soni va shakli modelga bog’liq). Shim avrasining bo’laklari avra gazlamadan bichiladi. Ular quyidagilardan iborat old bo’laklar – 2 ta, ort bo’laklar – 2 ta, belbog’lar ikki qismdan iborat – 1 ta, cho’ntak mag’izlari – 4 ta, ko’rinmalar 2 ta.
Qo’shimcha materiallarga shim yuqori qirqimiga ishlov berish uchun korsot tasma shim pochasiga ishlov berish uchun tasma va qotirma materiallar kiradi. Qotirma materiallardan ostki belbog’ ikki qismdan iborat – 1 ta belboqqa korsaj tasmasiz ishlov berilganda yon cho’ntak xaltalar – 2 ta bichiladi.
Bichiq bo’laklarining chiziqlari va qirqimlarining nomlari.
Shim bichig’ida quyidagi nomdagi chiziqlar va qirqimlar bo’ladi: shim old bo’lagida yuqori qirqim 1, oldingi qirqim 2, odim qirqim 3, pocha qirqim 4, yon qirqim 5 va uloqlar ulash chizig’i T.83-moduldan andozalar spetsifikatsiyasiga qarang.

1.2. Erkaklar shimining mayda bo’laklari.
Bichiq bo’laklarini tikishga tayyorlash. Bo’laklarni tayyorlash, bir-biriga ulash va cho’ntaklarni joylashtirish uchun kerakli nazorat belgilari old va ort bo’laklarda borligi tekshiriladi.



Ort bo’lakda uloqlar bo’lsa, odim qirqim bo’ylab uloqning ulama choki uchun tikish haqqi kerak bo’ladi. Uloqlar shakli va o’lchami andozaga binoan aniqlanadi. Ort bo’lakdagi gazlama guli uloq guliga to’g’ri kelishi kerak.


Old va ort bo’lak yuqori qirqimidagi nazorat belgilari, vitochka-taxlamalar joylashishini andozalarga binoan tekshirib bo’lakning teskrisi tomondan aniqlanadi. Ulashning aniq va shim balansi to’g’ri bo’lishi uchun, yon va odim qirqimlarda nazorat belgilari borligi tekshiriladi. Gazlamaning juda ko’zga tashlanadigan katak yo’l-yo’l guli yon choklarida bir-biriga to’g’ri kelishi kerak.
Shim taqilma oxirini aniqlash uchun, nazorat belgisi oldingi qirqimning pastki qismida bo’lishi kerak.

Vitochkalarga ishlov ber


Shimning ort bo’lagida uloq bo’lib, uni asosiy bo’lakka ulashdan oldin qirqimlarni maxsus mashinada yo’rmab chiqiladi. Uloqlarni ulashda shim bo’laklarining o’ngi tomonlarini ichkariga qaratib qo’yiladi. Qirqimlari tekislanadi va 10 mm kenglikda chok solib, ulab tikiladi. Vitochkalarning kengligi, qanday joylashishi soni shimning gavdaga qanchalik yopishib turishiga va gavdaning to’laligiga bog’liq.
Shim old bo’laklarida qirqma vitochkalar yoki dazmollanmaydigan taxlama-vitochkalar qilinadi. Shim old bo’lagini vitochkaning belgilangan o’rta chizig’i bo’ylab bukib, yuqori qirqimidagi nazorat belgilari to’g’ri keltiriladi. Vitochkaning yon tomoni, bo’yi yuqori qirqimidan boshlab chokni tobora yo’q qila borib, biriktirib tikiladi, baxyaqatorning boshlanishi va oxiri puxtalab qo’yildi. Taxlama-vitochkani yuqori-qirqimdan boshlab pastga tomon belgilangan chiziq bo’ylab 40-50 mm biriktirib tikib, boshlanishi va oxiri puxtalab qo’yiladi. Pastki puxta o’rniga bukilgan joyga nisbatan to’g’ri burchak hosil qilgan baxyaqator yuritib qo’ysa ham bo’ladi.
Shim ort bo’laklarida yuqori qirqimdan boshlab bittadan yoki ikkitadan vitochka qilinadi ular qirqma yoki noqirqma bo’lishi mumkin. Noqirqma vitochkalar, old bo’laklardagi singari, bo’rlangan chiziqlar bo’ylab tikiladi. Qirqma vitochkalarni tikishda bo’lakning o’ngi tomoni ichkariga qaratib qo’yiladi, vitochka qirqimlari tekislanadi va ularni 7-8 mm kenglikdagi chok kenglikda tabora yo’qota borib biriktirib tikiladi va baxyaqator vitochka qirqimidan 10-15 mm pastroqda puxtalanadi. Vitochka qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. Shu bilan bir vaqtda yon, odim va o’rta qirqimlar ham yo’rmalanadi.
Ort bo’laklarga uloqlar tikilib vitochkalarga ishlov berilgandan keyin namlab- isitib ishlov berishga kirishiladi.
Shim asosiy bo’laklariga NII berish
Namlab isitib ishlov berish shim tikishdagi ma’suliyatli operatsiya hisoblanadi. Tayyor holdagi shimning tashqi ko’rinishi va shakli shunga bog’liq. Tarkibida sun’iy tolalar ko’p bo’lgan gazlamalardan shim tikilganda namlab-isitib ishlov berish nihoyatda murakkab bo’ladi. Shuning uchun bunday holda shimning shakli konstruktsiya yordamida hosil qilinadi. Namlab isitib ishlov berish uloqlarni va vitochkalarni yorib dazmollashdan boshlanadi. Shimni ort bo’laklariga chap va o’ng bo’laklarini, o’ngini ichkariga qaratib qo’yib, maxsus yostiqlari bor presslarda shakl beriladi. Pressda shakl berishning mohiyati yostiqlarning qabariq-botiq shaklda ekani oqibatida kerakli joylarda qirqimlarni chizishdan iborat bo’ladi. Shim bo’laklariga namlab isitib ishlov berishda, uning kanstruktsiyasiga, materialning tolasiga bog’liq bûladi, bu ishni bichiqchi belgilaydi. Buyurtmachi

gavdasiga mos shakl berish uchun old va ort bûlaklariga namlab isitib ishlov beriladi.


Namlab isitib ishlov berish mumkin bûlgan materilalardan tikiladigan klassik bichimli shimlarga quyidagi tartibda ishlov beriladi:



  1. shim old bûlagiga namlab isitib ishlov berish;

  2. shim ort bûlagiga namlab isitib ishlov berish;

  3. shim astariga namlab isitib ishlov berish.

Shim astariga ishlov berish


Shimning tizza qismi chûzilmasligi uchun unga astar qûyiladi (astarning bukish ùaqini 10-15 sm ùisobga olmay bichiladi)
Bichishdan oldin astarli gazlama dekatirlanadi.
Shim astari old bûlak avrasiga moslab bichiladi.
Astarning (pochasiga) ostki qirqimi maxsus mashinada yûrmalanadi; yopiq qirqimli bukma chok bilan bukib tikiladi yoki maxsus qaychida arra tishli qilib qirqiladi.
Stol ustiga, old bûlak astariga ûngini pastga qaratib yoziladi, uning ustiga shim avrasining ûngini yuqoriga qaratib qûyiladi.
Shim avrasining astariga qirqimlardan 3-4 sm oraliqda qûyiladi va yirikligi 1-1,5 sm tûg’ri sirma qaviq bilan bostirib kûklanadi. Shim avrasidagi vitochkalar joyida astardan taùlama ùosil qilib kûklanadi.
Shim old bûlagining yon va odim qirqimlari astar bilan birga maxsus mashinada yûrmalanadi.
Ort bûlakning yon odim va ûrta qirqimlari ùam yûrmalanadi.
Yûrmash ishlari shimning ûngi tomonidan bajariladi.
Kamar tutkichga ishlov berish
Kamar tutkich - bu shim belbog’idagi asosiy bo’lak ùisoblanadi.
Kamar tutkich asosan 2 ta bo’lakdan iborat bûlib, asos va astar bo’laklaridir. Kûpincha ûrta qalinlikdagi matolardan shim tikilganda kamar tutkich bitta asos matodan bûylama ip yûnalishi bûyicha bichib olinadi va ag’darma chok yoki maxsus buklagich mashina yordamida buklab tikiladi.
Modelga kûra belbog’g’a kamar tutkich bûlsa, uni shim yuqori bel qismiga ulash paytida belbog’ tagiga kamar tutkichni pastki qirqimiga qûyib, ularni belbog’ ulaydigan chokra perpendikulyar joylab tikiladi. Kamar tutkichning yuqori qirqimini ichkariga bukib, kamar ûtishiga soliqi ùosil qilib, bukilgan ziyidan 1-2 mm oraliqda bostirib tikiladi. Kamar tutkich modelga qarab shim beliga qarab joylashtiriladi.

KERAKLI O’QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR:

  • universal 1022 kl, maxsus 51 kl, tikuv mashinalari;

  • dazmol, dazmol press;

  • shim mayda bo’lak ishlanmalaridan namunalar;

Bitta o’quvchi uchun:

  • yo’l-yo’riq texnologik xaritasi;

  • qo’l ishlari asboblarining 1 ta to’plam;

  • W40, W50 iplardan 1 ta g’altak, turli raqamli ignalardan 1 ta to’plam;

  • qaychi 1 ta sm. lenta, angishovna 1 ta dukcha;

  • shim uchun yordamchi andozalar;

  • bo’r, 100 sm shim uchun gazlama.

«SHIMNI TIKISH KETMA-KETLIGINI TUZISH, MAYDA BO’LAKLARINI TAYYORLASH» BO’YICHA TEXNOLOGIK XARITA



Texnologiya asosida faoliyat turlari

Tavsiya etiladigan moslama va uskunalar

Chizma

Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi

I. Bichiq bo’lakarini tekshirish va tikishga tayyorlash.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. P.Senemikin. Maktab ustaxonalarida asboblar tayyorlash. Toshkent
«o’qituvchi». 1990y
3. Baltabaev. Kasb tanlashga yo’nalish .Toshkent 2000y
4. S. Mahkamov. O’quv ustaxonalarida o’tkaziladigan amaliy mashg’ulotlar.
Toshkent «o’qituvchi» 1991y
5. Ziyomuxamedov B. “Ta’lim texnologiyalari”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent 2012 yil.
6. K.Davlatov. Mehnat va kasb ta’limi, tarbiyasi hamda kasb tanlash nazariyasi va metodikasi. Toshkent «o’qituvchi» 1992y
7. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari «2004-2009 yillarda
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umumiy dasturi: asosiy tamoyillar va privord islohotlar». Nukus 2005y
8. I.Karimov, B.U. Olimov Mehnat ta’limi darslarida fanlararo bog’lanishlar.
Uslubiy qo’llanma Toshkent 2008y









Download 324,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish