Shifrlash usullarining turkumlanishi.
Almashtirish (podstanovka) usullarining mohiyati bir alfavitda yozilgan axborot simvollarini boshqa alfavit simvollari bilan ma'lum qoida bo'yicha almashtirishdan iboratdir.
Polialfavitli almashtirish usullari aytarlicha yuqori kripto bardoshlikka ega. Bu usullar dastlabki matn simvollarini almashtirish uchun bir necha alfavitdan foydalanishga asoslangan.
Polialfavitli almashtirish algoritmlari ichida Vijiner jadvali (matrisasi) TV ni ishlatuvchi algoritm eng keng tarqalgan. Vijiner jadvali [RxR] o'lchamli kvadrat matrisadan iborat bo'lib, (R-ishlatilayotgan alfavitdagi simvollar soni) birinchi qatorida simvollar alfavit tartibida joylashtiriladi. Ikkinchi qatordan boshlab simvollar chapga bitta o'ringa siljitilgan holda yoziladi. Siqib chiqarilgan simvollar o'ng tarafdagi bo'shagan o'rinni to'ldiradi (tsiklik siljitish). Agar o'zbek alfaviti ishlatilsa, Vijiner matrisasi [36x36] o'lchamga ega bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |