Reja: Sanoat ekologiyasi fanining maqsad va vazifalari. Sanoat ekologiyasining ilmiy asoslari hamda ekologik madaniyat haqida Tayanch so‘z va iboralar



Download 68,39 Kb.
bet1/3
Sana30.12.2021
Hajmi68,39 Kb.
#194155
  1   2   3
Bog'liq
SE - ma'ruza-1 47983




Reja:

  1. Sanoat ekologiyasi fanining maqsad va vazifalari.

  2. Sanoat ekologiyasining ilmiy asoslari hamda ekologik madaniyat haqida


Tayanch so‘z va iboralar: muhofaza, muvozanat, tabiat, zaharli gaz, ekologik vaziyat, atrof muhit, sanoat, zararli chiqindi, ifloslanish, inson, tabiiy sharoit, antropogen ta’sir, tabiatni muhofaza qilish, populyasiya, biogetsenoz, ekotop, biosfera, resurslar, ekologik nazorat

Sanoat korxonalarni rivojlanishi, ishlab chiqarishning turlari va mahsulot ishlab chiqarishning ko‘payishi natijasida ekologiya muammolarini yuzaga kelmoqda, insonning tabiatga bo‘lgan munosabatini yangi bosqichga ko‘tarish imkonini beradi. Hozirgi kunda tabiatni muhofaza qilish masalasi tinchlikni saqlashdan keyingi o‘rinda turadigan eng dolzarb muammollardan biridir. Atrofimizdagi tabiat millionlab yillar davomida yuzaga kelgan hamda o‘zining murakkab qonunlariga rioya qilgan holda yashaydi. Ana shu tabiat bilan inson o‘rtasida murakkab muvozanat mavjud.

O‘zbekiston Respublikamiz azaldan o‘z tabiatining go‘zalligi bilan olamga mashhur bo‘lgan va bu hududda qadimdan chorvachilik. dehqonchilik, sug‘orish inshootlari qurish, baliqchilik. ipakchilik, paxtachilik va asalarichilik rivojlangan.

Ajdodlarimiz o‘zlari yashagan maskanni bosqinchilardan himoya qilganlar, uning tabiatini asrab-avaylaganlar. doim avlodlarga ozod va obod Vatanni qoldirish uchun harakat qilganlar. Ular o‘zlarini tabiatning farzandlari deb bilganlar. Bu ulomalarimiz Maxmud Qoshg‘ariy, Beruniy, Xorazmiy, Farobiy, Jayxuniy, Abu Ali ibn Sino, Bobur asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

«Ekologiya» tushunchasi ilk bor 1866 yilla iste’molga kiritilgan bo‘lsada, bobolarimiz bu tushunchani ancha ilgari anglab. uni o‘z turmush va faoliyatlarining mohiyati aylantirgan shi-lar: suvga axlat tashlamaslik, farzand tug‘ilganda nihol o‘tkazish xazon yoqmaslik o‘sha davrdagi keng tarqalgan udumlarimiz hisoblanadi.

Allomalarimiz tabiatdagi mavjud muvozanatni buzmaslikka katta e’tibor berganlarki, bugunga kelib bunday qarash ekologiya tushunchasining asosiga aylandi. Tabiatni asrab-avaylash, mamlakatni go‘zal bog‘ga aylantirish buyuk bobomiz Amir Temur zamonida ayniqsa katga e’tibor kasb etadi. Sohibqironning ta-biatni behad qadrlashi, ekologik vaziyatni e’tiborga olishi, xu-susan, o‘z saltanati poytaxti Samarqand shahrini yana ham ko‘kalamzorlashtirish uchun juda ko‘p bog‘lar barpo etganligi e’tiborni tortadi. Sohibqiron bobomiz tabiat inson hayotida katta o‘rin tutishini yaxshi bilgan, tabiiy muvozanatni saqlash lozimligi ta’kidlab kelgan.

Zamonaviy ekologiya nuqtai nazaridan qaraganda tabiatni asrash ishida botanika bog‘i, qo‘riqxonalar juda muhim o‘rin tutadi.

Tabiat - bu tirik organizmlir; u har bir buzilgan eri uchun insondan shafqatsiz ravishda o‘ch olishi mumkin.

Hozirda atrof-muhitni saqlash, sog‘lomlashtirish eng dolzarb muammolardan biridir. Dunyoning barcha mintaqalarida yirik sanoat markazlari, transport vositalari atrof-muhitni ifloslantirayotgani, katta-katta o‘rmonlarning kesilib tugatilayotgani, dengiz va okeanlar zaharlanayotgani, hayvonot va o‘simliklar olamidagi turlarning tobora kamayib borayotgani sir emas.

Sayyoramizda har yili tashqi muhitga 70 mln. m3 zaxarli gaz, 50 mln. tonna metan, 13 mln. tonnaga yaqin azot quyundisi chiqarilmoqda; okeanlarga 10 mln tonna neft va neft mahsulotlari, suv havzalariga 32 km3 iflos sanoat oqava suvlari quyilmoqda, 11 mln. gektar o‘rmon kesilmoqda va yonib ketmoqda.

Orol va Orolbo‘yidagi ekologik tanglik keltirayotgan moddiy va ma’naviy zarar butun insoniyatni tashvishlantirmoqda. Tojikistonning Surxondaryo bilan qo‘shni shahri Tursunzodadagi alyuminiy zavodi Surxondaryoning shu joyga yaqin xalqlari hayoti va salomatligiga hamda tabiatga xavf solmoqda.

Ekologik ahvolni sog‘lomlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa omillarga bog‘liq. Ular orasida ekologik ta’lim va tarbiyaning ahamiyati katgadir. YOshlarda ekologik ongni shaklantirishda qadimiy milliy tarbiyaviy vositalardan foydalanish zarur.

Respublikamiz Konstitutsiyasining 55-moddasiga binoan, «Yer, er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir», deb ta’kidlangan. Konstitutsiyaning 50-moddasida «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar», deyilgan.

Ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish uchun davlat ma’muriy yo‘l bilan juda ko‘p vazifalarni belgilagan, endi hamma gap jamiyat a’zolarining tabiatga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishidadir. Kishilarda ekologik ong, madaniyatni shakllantirish lozim.

-Oila tarbiyasida ham ekologik tarbiyaga katta e’tibor berilishi kerak (bolani ona zaminga. tabiatga. oqar suvga, nonga, jonivorlarga, o‘simlik dunyosiga e’zoz, izzat hurmat ruhida tarbiyalash);

-Ijtimoiy tarbiya maskanlarida: bolalar bog‘chalarida, maktablarda, oliy bilimgohlarda inson ona tabiatning bir bo‘lagi ekanligini ularning ongiga singdirishdan boshlash kerak. Vatanparvarlik tuyg‘usi ona Vatanga muhabbatdan, uning boyligini saqlash va kupaytirishdan, tabiatga insonparvar munosabatda bo‘lishdan boshlanishini uqtirish lozim;

- Ishlab chiqarishning barcha sohalarida, barcha manbalarda O‘zbekiston Konstitutsiyasidan kelib chiqqan holda tabiatni muhofaza qilish har bir fuqaroning burchi ekanligini kishilarning ongiga singdirish zarur.

Tabiatni muhofaza qilish Qonunining 4-moddasiga (1993 yil 9 dekabrda O‘zbekiston Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan «Tabiati muhofaza qilish» to‘g‘risidagi qonun) qanday mutaxassis tayyorlanishidan qatiy nazar barcha o‘rta va oliy o‘quv yurtlarda fuqarolarning hayoti uchun qulay tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash uchun ekologik o‘quvning majburiyligi belgilab qo‘yilgan. Bu borada har bir mutaxassislik bo‘yicha o‘qitiladigan maxsus qurslar, respublikamizning tabiiy resurslaridan unumli foydalanish jarayonida uni muhofaza qilish uchun oqilona tadbirlar ko‘rishga o‘rgatish va atrof muhitni muhofaza qilishning texnologik jarayonini e’tiborga olishlari zarur.

To‘qimachilik, paxtani dastlabki ishlash va engil sanoat korxonalarida atrof-muhitni muhofaza qilish muammosini hal qilishning eng istiqbolli yo‘llaridan biri - mahalliy ventilyasion so‘rish trubalarini o‘rnatish, atmosferaga va oqar suvlarga tushadigan zararli chiqindilarini iste’sno etishga va pasaytirishga imkon beradigan yuqori samarali chang tutish qurilmalarni va texnologik jarayonlarni joriy etish, shuningdek ishlab chiqarish chiqindilaridan maksimal foydalanishdir.

Kelajakda atrof-muhitni muhofaza qilish muammosini eng avvalo tutash texnologikssiklli chiqitsiz (ya’ni chiqindilarni ekologizatsiyalash) ishlab chiqarishlarni yaratish yo‘li bilan hal qilinadi. Buning uchun ayrim hollarda butun texnologik jarayonni yoki uning bosqichlarini tubdan o‘zgartirish, gazlardan zararli moddalarni ajratib olish va utillatirish usullarini ishlab chiqish, suv qaytarish sistemalarini qo‘llash lozim.

Chiqitsiz ishlab chiqarishning kelajagi - bu hududiy-sanoat komple-kslari bo‘lib, ularda bir korxonaning chiqindisi ikkinchisi uchun xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Ba’zi sohalar uchun ekologizatsiyalashning muayyan modellari ishlab chiqilgan. Hozircha paxta sanoati va pillachilikni ekologizatsiyalash bo‘yicha ishlanmalar yo‘q, lekin ularda chiqitsiz ishlab chiqarishning ayrim elementlari qo‘llanilmoqda.

Fan-texnika vositalari atrof-muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslanishini iste’sno etishga to‘la imkoi bermayotgan hozirgi vaqtda atrof-muhitning kishilar, hayvonlar va o‘simlik dunyosi uchun xavfsizligini kafolatlovchi standartlarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ularni ishlab chiqishda Standartlar xalqaro tashkiloti, uning qo‘mitalari va ba’zi mam-lakatlarning standartlash idoralari muhim rol o‘ynaydi. Sog‘liqni saqlash xalqaro tashkiloti (VOZ) insonni sog‘liqni saq-lash darajasini nazorat qilish uchun xalqaro xizmat yaratildi. Nazorat stansiyalarining tarmog‘i respublika miqyosida, atrof-muhitning ifloslanishi, iqtisodiyot va urbanizatsiya darajasi bilan belgilanadi.

O‘zbekistonda atmosfera havosining, suv havzalari va tuproqning holati atrof-muhit ifloslanish darajasini kuzatish va nazorat qilish umumdavlat xizmati barpo etilgan. Davlat sanitariya nazorati xizmati, gaz tozalash va chang tutish qurilmalari ishini nazorat qilish bo‘yicha Davlat inspeksiyasi, regional inspeksiyalar, idoralar, korxonalar, korxonalardagi sanitariya laboratoriyalari va boshqa xizmatlar tomonidan nazorat qilina-di Tashqi muhitni nazorat qilish va kuzatish Davlat xizmatiga O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish Davlat qo‘mitasi boshchilik qiladi. Mazkur qo‘mita qoshida Atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilish bo‘yicha Davlat inspeksiyasi yaratildi. Tabiiy muhitni o‘rganish va ifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha markazlar bor. Respublikaning ko‘pgina shaharlarida suv havzalarining ifloslanishini avtomatlashtirilgan sistemalar yordamida nazorat qilinadi.


Download 68,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish