Reja: Salib yurishlari (XI asr oxiridan to XIII asr oxirigacha) sabablari va ularning qatnashchilari, xarakteri



Download 81,34 Kb.
bet3/14
Sana21.01.2022
Hajmi81,34 Kb.
#396431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
7-mavzu Salib yurishlari

Birinchi salib yurishi. Salib yurishlarining boshlanishi 1096 yilga to`g’ri keldi. 1096 yilning baxorida SHimoliy va SHarqiy Frantsiyaning qisman G’arbiy Germaniyaning dehqonlar ommasi salib yurishlari uchun yo`lga tushdi. Qo`yni puch yong’oqqa to`lg’izilgai dehqonlarga monax Pyotr Amg’enskiy (Pyotr Pustinnik) va kichik mulkdor ritsarg’ Valg’ter Golyak boshchilik qildilar. Dehqonlar olomoni yomon uyushtirilgai, naridan-beri qurollantirilgai, oziq-ovqat mahsulotlari bilan mutazam tahminlanib turilmas edi. Salibchi dehqonlar sostavida o`g’irlik va talonchilik qilishdan manfaatdor bo`lgan betayin, sayoh elementlar ham kam emas edi. Bu hol salibchila’ «kofirlar» istiqomat qiladigan yerlarga yetib bormasdanoq mahlum bo`lib qoldi. Jumladan, salibchilar Reyn daryosi bo`yidagi shaharlardan o`tib keta tura, u yerlarda (Kyolg’nda, Mayntsda va boshqa shaharlarda) pogromlar uyushtirdilar. Keyin ular Ventriya va Bolgariya singari mamlakatlar orqali o`tib, bu yerlarda ham talonchilikni davom ettirdilar. Salibchilar olomoni Konstantinopolga kelib kirgach, imperator ularning tartibsizlik ko`rsatishi va zo`ravonlik qilishidan havfsirab, ularni kichik Osiyo sohiliga jo`natib yuborishga shoshildi. Kichik Osiyo sohilida salibchilar olomoni tez orada turk qo`shiniga to`qnash keldi va u salibchilarning ko`pchilik qismini qirib tashladi. SHunday qilib, salibchilarning SHarqqa qilgan yurishi batamom mag’lubiyatga uchradi.

1096 yilning kuzida ritsarlar, asosan frantsuz va italg’yan ritsarlari, qisman G’arbiy Germaniya ritsarlarn jo`nab ketdilar. Bu yurishga Quyi Lotaringiya gertsogi Gotfrid Bulg’onskiy boshchilik qilib, o`zi bilan birga SHarqqa ikkita akasi— Bolduin bilan Yevstafiyni olib ketdi. SHimoliy frantsuz feodallariga Normandiya grafi Robert hamda Flandriya grafi Robert boshchilik qildilar, Janubiy frantsuz feodallari Tuluza grafi Raymundni o`zlariga yo`lboshchi qilib oldilar. Janubiy frantsuz yepiskoplaridan biri, papa tomonidan cherkov vakili (legati) qilib tayinlangan yepiskop Ademar ham ularga hamroh bo`ldi. Tareptiya gertsogi Boemund janubiy Italiya feodallariga boshchilik qildi, jiyani graf Tankred unga hamrohlik qildi.

Ritsarlar ham SHarqqa Konstantinopol orqali ketgan bo`lsala’da, lekin turli yo`llar bilan bordilar. Bahzilari Pyotr Amg’enskiy rahbarligidagi dehqonlar otryadlari bosib o`tgan eski yo`ldan, yahni Reyn-Dunay daryolari bo`yidan bordilar. Boshqa otryadlar SHimoliy Italiya orqali o`tib, so`ngra Bolqon yarim orolidan Adriatika dengizi sohili bo`ylab ketdilar. Uchinchi otryadlar, butun Italiyani bosib o`tib, keyin Kalabriyadan kemalarga tushib Bolqon yarim oroliga qarab ketdilar va bu yerdan Konstantinopolga bordilar. Birinchi yurishda jami bo`lib 30-40 mingtacha ritsarg’ vatnashdi. Ammo ular huzurida ko`pgina yarog’bardorlar, hizmatkorlar, har qanaqangi savdogarlar bor edi; birinchi salib yurishidan omon kolgan dehqon lashkarlari ham ritsarlarga kelib qo`shildilar.

1097 yil bahoridagina Konstantinopolga batamom yig’ilib bo`lgan feodal-salibchilar Vizantiya imperatoriga qasamyod qilishdan bosh tortib, uzoq vaqtgacha qaysarlik qilib yu’dilar. Salibchilar SHarqda turklardan urushib olinadigan yerlarni Vizantiyaga beramiz, deb imperator oldida vahda berishni sira istamas edilar. Nihoyat ritsarlar zimdan vahdalarining ustidan chiqishni o`ylamasalar-da, har kalay kasamyod qildilar.

SHundan keyingina, 1097 yil yozida, ritsarlar lashkari Kichik Osiyoga o`tkazib yuborildi. Bu yerda salibchilar Dorileya yonida bo`lgan jangda turklarni majaqlab tashladilar, shundan keyin ular janubi-SHarqqa, Falastin tomonga qarab ketdilar. CHidab bo`lmaydigan jazirama issiqda tog’lik yo`llardan o`tish ular uchun g’oyat mashaqqatli bo`ldi. Salib qatnashchilarining ko`plari yo`lda halok bo`ldi. Agar salibchilar SHimoliy Suriya chegarasida ittifoqchilarga duch kelmaganlarida, bu yurish tamomila barbod bo`lgan bulur edi. Bu ittifoqchilar armanlar bo`lib chiqdi. Kichik Armaniston deb atalgan o`lka (Kilikiyada) salibchilar yordamidan manfaatdor edi, chunki u Vizantiya bilan ham, turklar bilan ham g’oyat darajada dushmanlik munosabatida edi. Yevropa feodallaridan biri — Balduin (Gotfridning ukasi) tez orada Edessa knyazi, boshqasi— Suriya bilan Mesopotamiya chegarasidagi Armaniston koloniyasining knyazi bo`lib oldi. Salibchilarning Edessani bosib olishi strategiya jihtidan muhim edi, chunki Edessa Suriya bilan Falastinni shimol tomondan turklar Hujumidan qo`riqlab turardi. 1098 yil yozida salibchilar «SHarq poytaxti»— Antioxiyani bosib oldilar, Boemund Tarenskiy Antioxiyaga knyazg’ bo`lib oldi. Uchinchi yirik feodal — Raymund Tuluzskiyga Tripoli oblasti (Antioxiyaning janubida) tegdi. Nihoyat, 1099 yil yozida salibchilar Quddusga yetib bordilar. 1099 yilning 15 iyulida ular shturm bilan Quddusni qo`lga kiritdilar. Salibchilar shaharni taladilar va uning aholisiiipg katta qismini, musulmonlarni ham, xristianlarni ham ayamay vaxshiylarcha qirib tashladilar. Bu istilolar natijasida salibchilar O`’ta dengizning butun SHarqiy soxilini, yahni ilgarigi Finikiya, Suriya va Falastinni egalladilar. Quddus, Antioxiya, Tripoli, Edessa, Tir, Sidon, Akra shaharlari ularning qo`liga o`tdi. Salibchilarning shimoldan janubga tomon tor mintaqa bo`lib cho`zilib ketgan mulklarining uzunligi 1200 km ga yetar edi.


Download 81,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish