Reja
1 “Risklar” fani bank sohasi faoliyati
2 Bozor iqtisodiyotida mahsulot ishlab chiqarish kam xarajat qilish
3 Tarmoq riskini boshqarish
1 “Risklar” fani bank sohasi faoliyati
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo`jalik sub`ektlari qat`iy yo`riqnomalar, buyruqlar, me`yoriy xujjatlar bo`yicha faoliyat olib borganligi uchun risk va uning darajasini o`ylashga to`g`ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda olish yoki zarar ko`rish mumkinligi aniq bo`lar edi. Ko`rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba`zi xollarda turli xil yo`qotishlar bilan birga budjet mablag`lari hisobidan qoplanardi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko`rsatish korxonalardan faoliyatning yuqorida keltirilgan tamoyillarini o`zgartirishni talab qiladi. Zamonaviy moliya-bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Moliya sohasini risksiz operatsiyasi yo`q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog`liq bo`lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo`lishi mumkin. Moliya-bank amaliyotida riskni umuman yo`q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko`ra bilish, uni kamaytirish choralarini ko`rish lozim.
Shunday qilib, yuqorida bayon etilgan fikrlar kursning asosiy yo`nalishlarini tashkil etib, ushbu yo`nalishlarning mazmun va mohiyatini chuqur o`rganish va bo`lg`usi moliyachilargaa o`rgatish “Moliyaviy risklar nazariyasi” fanining asosiy maqsadini tashkil etadi.
“risklar” fani bank sohasi faoliyatida yuzaga keluvchi risklar, ularning turlari, tahlili va ularni hisoblash yo`llari, tijorat banklari kredit siyosati va uning mezonlari, tijorat banklarining kreditlash jarayoni bilan bog`liq risklar, mijozning kreditga layoqatlilik ko`rsatkichlari va ularni takomillashtirish yo`llari, moliya sohasi korxonalari faoliyatida yuzaga keluvchi boshka risklar va ularni boshqarish masalalarini o`z ichiga olgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida risk bu – tadbirkorlik faoliyatiga ta`sir etuvchi eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Riskning o`ziga xos xususiyatlari bu - noaniqlik, kutilmagan xolat, ishonchsizlik va tahmin. Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida risk darajasi oshadi.
Riskning ikkita funksiyasi bor: rag`batlantiruvchi va himoyalovchi.
Riskning rag`batlanturuvchi funksiyasining ikkita jihati bor, ya`ni konstruktiv va destruktiv. Konstruktiv jihati shunday bir holatda yuzaga keladiki, bunda risk iqtisodiy qarorlarni hal qilishda katalizator rolini o`ynaydi, ayniqsa innovatsion, investitsion qarorlarni qabul qilishda. Destruktiv ko`rinishi esa asoslanmagan risk bilan qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorlar natijasida yuzaga keladi.
Riskning himoyalovchi funksiyasi ham ikki jihatga ega: tarixiy-genetik va ijtimoiy - huquqiy. Tarixiy-genetik jihati shundan iboratki, insonlar doimo stixiyali tarzda kutilmagan noxush voqealardan o`zlarini asrash shakllari va vositalarini izlaydilar. Amaliyotda bu sug`urtalangan rezerv fondlarini tashkil etish, tadbirkorlik risklarini sug`urtalash kabi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Ijtimoiy-huquqiy jihati esa, xo`jalik, mehnat, jinoiy qonun
hujjatlari to`plamida risk kategoriyalarini joriy qilishda namoyon bo`ladi.
Bulardan tashqari riskning yana quyidagi xususiyatlari mavjud bo`lib, ular qarama- qarshilik, alternativlilik va noaniqliklardir.
Qarama-qarshiliklar quyidagilarda namoyon bo`ladilar: risk bir tomonlama muhim iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy-ahloqiy natijalarga olib keladi, ya`ni ijtimoiy, texnik rivojlanishni tezlashtiradi, jamiyatning fikr va ma`naviy muhitiga ijobiy ta`sir qiladi. Ikkinchi tomonlama esa, aksincha ta`sir qilishi mumkin, ya`ni risk ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy rivojlanishga to`sqinlik qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |