Oʻrta asrda Abu Ali ibn Sino Tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. Uning "al Qonun fittib" (qarang "Tib qonunlari") asari asrlar osha jahon tabobatida asosiy qoʻllanma boʻlib keldi. Bu asar Tibbiyotning asosiy sohalari: anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, dorishunoslik, gigiyena va boshqalarni qamrab olgan. Isitma, oʻlat, chechak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni qandaydir koʻzga koʻrinmas jonivorlar qoʻzgʻatishi toʻgʻrisida fikr yuritgan. U buyrak toshlarini operatsiya qilib olib tashlash, traxeotomiya qilish, jarohatlarni davolash usullari haqida yozadi. Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan eng muhim asarlaridan yana biri "alAdviya alqalbiya" ("Yurak dorilari")dir. Unda olim yurak kasalligida qoʻllanadigan (oʻzi topgan) dorilar haqida yozadi. Taniqli tabib Abu Mansur tibga oid "Majmuʼayi kabir dar adviyat mufrada" ("Sodda dorilar haqida katta toʻplam"), "Risola dar iloji amrozi sadr" ("Koʻkrak kasalliklarining davosi haqida risola"), "Kitob gʻuno va muno" ("Maqsadlarni mukammal bayon qilgan kitob") kabi asarlar yozgan. Bularda ichki kasalliklar, teri kasalliklari, isitmabezgak kasalligi, ularga qarshi dorilar va davolash usullari bayon etilgan. Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Iloqiy ham kasalliklarning kelib chiqishi, sabablari, belgilari, ularni aniklash va davolashga oid koʻp bilimlar sohibi boʻlgan. Oʻsha davrning yirik tabiblaridan biri Badriddin Samarqandiy Muhammad ibn Bahrom Qalonisiy har xil kasalliklarga qarshi murakkab dorilar tayyorlab tajribada sinab koʻrgan. 13-asrning mashhur tabiblaridan biri Abu Homid Muhammad ibn Ali ibn Umar Najibuddin Samarqandiy "Agʻziyat almarzo" ("Kasallar isteʼmol qiladigan ovqatlar") nomli kitobida har bir kasallikda qanday taom isteʼmol qilinishi va qaysi ovqatlardan ehtiyot boʻlish lozimligi, shuningdek, ovqatlarning dorilik xususiyatlari haqida yozgan. Sharq mamlakatlarida o'rta asrlardayoq hakimlar alohida sohalar bo'yicha ixtisoslashgan edilar. Masalan, tabiblar orasida ichki kasalliklami davolovchilar, jarrohlar, kahhollar (ko'z kasalliklari mutaxassislari), teri kasalliklari mutaxassislari, quloq va tomoq kasalliklari mutaxassislari, rishtani chiqarib oluvchilar va qon oluvchilar bo'lgan. O'rta asr Sharq tibbiyoti ikki tushunchaga (mizojlar va rutubatlar tushunchasiga) asoslanardi. Mizoj tushunchasijuda uzoq o'tmishga borib taqaladi. U qadimgi Xitoy va Hind naturfilosoflarining samoviy unsurlar (elementlar) haqidagi ta'limotlari bilan bog'liq. Qadimgi Xitoy va Hind naturfiloso'flari butun borliqning asosini to'rt unsur (element) - yer, suv, havo va olov tashkil etadi, deb tushunganlar. Ulaming fikricha dunyodagi hamma jonli tabiat shu to'rt unsurdan paydo bo'lgan. Shu unsurlaming har birining o'z xususiyati bor. Masalan, yer - quruq, suv - ho'l, havo - sovuq, olov - issiq. Modomiki, dunyodagi har bir jonzotning gavdasi shu unsurlardan tashkil topgan ekan, unda mazkur unsurlaming xususiyatlari - ya'ni issiqlik, sovuqlik, quruqlik va ho'llik bor. Naturfilosoflaming bu fikrini hakimlar tibbiyotga tadbiq etdilar va sog'lik hamda kasallik holatlarini izohlashda ishlatdilar. Ular bunday fikr yuritdilar: Inson organizmini tashkil qiluvchi shu to'rt unsur son va sifat jihatdan barobar bo'lsalar muvozanat saqlanib kishi sog' qoladi. Agar ulardan biri yoki undan oshig'i ustun kelib qolsa muvozanat buzilib kasallik holati yuzaga keladi. Hakimlar shu unsurlaming xususiyatlarini mizoj deb atadilar. Binobarin, to'rt xii mizoj - issiqlik, sovuqlik, quruqlik va ho'llik mizojlari mavjud. Shunday qilib, mizojlar tushunchasi kelib chiqdi. Mizojlar masalasini o'zbekistonlik mashhur olim Abu Ali ibn Sino mukammal ishlab chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |