(Baqara, 83) va “Bandalarimga ayting (shirk ahliga) goʻzal (soʻzlardan) soʻzlasinlar…” (Isro, 53), yana “Siz (yomonlikni) goʻzalroq (muomala) bilan daf eting! (Shunda) birdan siz bilan oʻrtalaringizda adovat boʻlgan kimsa qaynoq (qalin) doʻstdek boʻlib qolur” (Fussilat, 34). Bu borada bizga Rasulullohning (s.a.v) quyidagi hadislari kifoya qiladi: “Albatta, jannatda ichidan tashqarisi, tashqarisidan ichkarisi koʻrinib turadigan koʻshklar bor”. Sahobalar: “Ular kim uchun?” deb soʻrashdi. Rasululloh (s.a.v): “Ochlarni taomlantirgan, soʻzini shirin qilgan va odamlar uxlab yotganida namoz oʻqigan kishi uchun”, dedilar. (Taboroniy va Hokim rivoyati).1Ana shunday fazilatlardan rang olgan kishi ma’naviy barkamollik pillapoyalarini bosib, ma’naviyat qoʻrgʻoniga yetib boradi. Ma’naviyat qoʻrgʻonida ilm va amal ila “Komil inson” maqomiga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |