Xalq bilan hamnafas, hamdard boʻlish, unga yaxshi kunlarda ham, boshiga musibat tushgan qorongʻi kunlarda ham sadoqatli boʻlib, astoydil xizmat qilish moʻmin-musulmon farzandi uchun eng katta baxt hisoblanib, kelgan. “Yaxshi hayot va uzoq yashah uchun, xalqning duosi va shodligidan yaxshiroq posbon va qoʻriqlovchi yoʻq”4 deydi, Barxurdor ibn Mahmud. Yozuvchilar, ziyolilar uchun xalqparvarlik oʻz asarlarida xalqning mehnati, hayoti, orzu-umidlarini badiiy obrazlarda aks ettirib, ularning ichki dunyosini boyitish, ma’naviy barkamolligi, dunyoqarashini shakllantirishga koʻmaklashishdan iborat, deb bilmogʻimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |