Sharq falsafasi va Islom ta’limotida insonning ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqida juda koʻp qimmatli maslahatlar, fikr-mulohazalar mavjud. Muqaddas Qur’oni Karim va Hadisi Sharif insonning ma’naviy kamoloti uchun beqiyos manba ekanligi hammamizga ma’lum. Albatta, uni tushunish uchun esa ilm oʻrganish talab etilib, bu haqida Abu Dardo roziyallohu anhudan mana shunday hadis rivoyat qilinadi. “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shuni aytayotganlarini eshitdim”: “Kim ilm talab qilish yoʻlida yursa, Alloh unga jannat yoʻlini oson qilib qoʻyadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qoʻyadi. Albatta, olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istigʻfor aytadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |