Ammo evro bilan ishlash birja saytida keltirilgan ruyhatdagi mamlakatlar uchungina ruhsat etiladi.
Shaxsiy hisob raqamidagi pul vositalarini almashtirishni boshlash uchun “Exchange” bo’limiga o’tish kerak bo’ladi. HitBTC ko’pgina valyutalar bilan pul operatsiyalari amalga oshirishga imkon beradi. Ularning ichida eng aktuallari Bitcoin, Ethereum, Dash, Litecoinva boshqalardir. Savdo juftliklari ichida esa eng ko’p amalga oshiradiganlari BCH/BTC va BTC/USDT lardir. Bir sutkada amalga oshiriladigan pul operatsiyalari hajmi 150 million dollarga yetadi. Agar operatsiya darhol amalga oshirilsa, birja komissiyasi 0,1% bo’lib, boshqalari uchun 0,01% dir. HitBTC birjasining afzalliklari:
Valyutajuftliklariningko’pligi
Pullarnifiatvalyutalardachiqarishmumkinligi
312
Savdoni akkauntni verifikatsiya qilmasdan ham amalga oshirilishi mumkinligi
Kraken birjasi o’z faoliyatini San Frantsiskoda 2011 yilda boshlagan va unda nafaqat kriptovalyutalar bilan, balki amerika va kanada dollarlari, britaniya funtlari hamda yapon iyenalari bilan ham savdo operatsiyalarini amalga oshirish mumkin. Ushbu birja Bloomberg terminalida kotirovka qilinadigan birinchi kriptovalyutalar bijasi bo’lgan edi. Kraken kriptovalyutalar birjasining bir kunlik oboroti dunyo miqyosida 5-7 chi o’rinda turadi. Ammo unda faqat eng taniqli kriptovalyutalar bilan 68 ta savdo juftligida savdo qilinadi va sutkali oborot 200 million AQSH dollriga yetadi. Komissiya miqdori esa savdo hajmiga bog’liq bo’lib, 1.6% dan 0.26% gacha yetadi. Birjada registratsiya qilinish uchun o’z e-mailingizni, login va parol kiritishingiz kifoya bo’ladi. Shundan so’ng kapchani kiritib, qoidalar bilan tanishib, ularga rozi bo’lish kerak bo’ladi. Keyin esa electron pochtaga kirib, qayd qilishni tasdiqlash qoladi holos. Birjada verifilatsya qilinish uchun “Get Verified” vkladkasiga o’tish talab etiladi. Unda verifikatsiyaning beshta darajasi mavjud. Kredit vositalarga savdo qilish xuddi Forexga o’xshash xolda amalga oshiriladi. Birjaning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Bu yerda marjinal savdo imkoniyati bo’lib, u orqali foydani anchagina miqdorga oshirish mumkin.
Birja ko’p miqdordagi valyuta juftliklariniva ommabop kriptovalyutalarni taklif qiladi
Kuchli himoya vositalari mavjud
Planshet va mobil telefonlar orqali savdo qilish mumkin
Ingliz tilini bilmaydigan foydalanuvchilar uchun bu birjada ishlash ancha murakkab kechadi
Verifikatsiya jarayonini o’tmasdan turib savdoga kirishish mumkin emas
Komissiya miqdori boshqa birjalarga qaraganda biroz kattaroq
Depozitni rubl bilan to’ldirish mumkin emas
Yandex-mani va Webmani bilan ishlab bo’lmaydi
Endi bitkoin va altkoinlar bilan ishlaydigan bir qancha valyuta almashtirish servislari bilan tanishib chiqishga va ularning afzalliklari hamda kamchiliklari bilan tanishishga harakat qilamiz. Bizlar uchun ishlash oson bo’lishini hisobga olib, rubl zonasida ishlaydigan mul’tivalyuta almashtirish punktlariga ko’proq ahamiyat beramiz. Albatta, katta halqaro servislar ham nazardan chetda qolmaydi.