Mavzu: Raspberry Pi imkoniyatlari.
Reja:
Raspberry Pi oilasi.
Raspberry Pi haqida tushuncha.
Raspberry Pi imkoniyatlari.
Raspberry Pi Buyuk Britaniyada Broadcom bilan birgalikda Raspberry Pi jamg'armasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asl maqsadi Raspberry Pi loyihasi maktablarda va rivojlanayotgan mamlakatlarda asosiy informatika fanini o'qitish uchun arzon vositani taqdim etish edi. 2012 yilda birinchi model chiqarilganda, u tezda mashhurlikka erishdi. Aslida, bu Raspberry Pi jamg'armasi kutganidan ham mashhurroq edi va robototexnika va boshqalar kabi maqsadli bozordan tashqarida ham katta miqdordagi sotuvlarni ko'rdi.
Raspberry Pi oddiy kompyuterlardan nimasi bilan ajralib turadi? Odatda, kompyuter anakart yoki mantiq platasi deb nomlangan asosiy tizim platasidan va unga ulangan boshqa bir qancha komponentlardan iborat. Siz bu komponentlarning barchasini ko'rmaysiz, chunki ular korpusga o'ralgan.
Ko'pchilik dasturchi va giklarning sevimli "o'yinchog'i"ga aylangan, kichik kompyuterlar orasida o'z o'rniga ega va eng mashhuri bo'lgan Raspberry Pi va uning oilasi haqida ma'lumotlar beriladi. Raspberry Pi - yakka platali bank plastik kartalari kattaligidagi juda qulay va ko'plab ajoyib imkoniyatlarga ega bo'lgan kompyuter bo'lib, "Raspberry Pi Foundation" tomonidan yaratilgan.
Ushbu kompyuter qurilmani yaratuvchilari o'ylagandan ham kattaroq natijalarga erishdi va juda qisqa muddatda tez mashhur bo'lib ketdi. Bunga asosiy sabab qilib esa, uning juda arzonligi va ishlatishda judayam oddiyligini ko'rsatish mumkin.
Quyida Raspberry Pi oilasiga kompyuterlarning ro'yxati keltirilgan:
Versiyasi
|
E'lon qilinga sana
|
Protsessor
|
Chastota
|
Yadrolar soni
|
Tezkor xotira
|
GPIO
|
USB
|
Ethernet
|
WiFi
|
Bluetooth
|
Narxi
|
"A"
|
2013-yil fevral
|
ARM1176JZ-F
|
700MHz
|
|
256 MB
|
26 ta pin
|
1 ta port
|
yo'q
|
|
|
20 $
|
"A+"
|
2014-yil noyabr
|
ARM1176JZ-F
|
700MHz
|
|
256 MB
|
40 ta pin
|
1 ta port
|
yo'q
|
|
|
25$
|
"B"
|
2012-yil aprel
|
ARM1176JZ-F
|
700MHz
|
|
512 MB
|
26 ta pin
|
2 ta port
|
bor
|
|
|
35$
|
"B+"
|
2014-yil iyun
|
ARM1176JZ-F
|
700MHz
|
|
512 MB
|
40 ta pin
|
4 ta port
|
bor
|
|
|
30$
|
"2B"
|
2015-yil fevral
|
ARM Cortex-A7
|
900MHz
|
4
|
1 GB
|
40 ta pin
|
4 ta port
|
bor
|
|
|
35$
|
"Zero"
|
2015-yil noyabr
|
ARM1176JZ-F
|
1GHz
|
|
512 MB
|
40 ta pin
|
1 ta port mini
USB OTG
|
yo'q
|
|
|
5$
|
"3"
|
2016-yil fevral
|
ARM Cortex-A53 x64
|
1,2GHz
|
4
|
1 GB
|
40 ta pin
|
4 ta port
|
bor
|
802.11n
|
4.1
|
35$
|
Kompyuterdan foydalanish uchun unga qo'shimcha ravishda quti, tok manbai va flesh xotira sotib olish kerak bo'ladi.
Ushbu kompyuter uchun maxsus Debian Linux operatsion tizimi asosida aynan ARM'lar uchun optimizatsiya qilingan Raspbian operatsion tizimi yaratilgan. Uning tarkibida, Midori veb brauzeri, Open Office ofis muharriri va ko'plab boshqa kerakli dasturlar mavjud. Ushbu operatsion tizimi va uning tarkibidagi hamma dasturlar ochiq kodli bo'lib, mutloq bepul, ulardan foydalanish uchun pul to'lash zaruriyati yo'q.
Raspberry Pi HDMI yordamida kompyuter monitoriga yoki oddiy televizorga ulab, undan foydalanish mumkin. Yoki bo'lmasa unga tarmoqdan ulanish imkoniyati ham mavjud. Bunda putty(yoki kutty) dasturi eng qulayi hisoblanadi.
Uning eng qiziq va boshqa mini kompyuterlardan ajralib turadigan tarafi undagi GPIO (general purpose input/output) portlaridir. Ushbu portlar bilan Raspberry Pi yordamida har xil qurulmalarni dasturiy kod yordamida boshqarish mumkin. Raspberry Pi turiga qarab undagi pinlari soni har xil bo'ladi. Pinlar sonini yuqoridagi jadvaldan ko'rishingiz mumkin.
Raspberry Pi dan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin? Umuman olganda bu kompyuterga ko'pchilik giklar kichik bir hobby, qiziqish sifatida qarashadi. Balkim shundaydir. Lekin internetda Raspberry Pi yordamida yaratilgan ko'plab qurilmalarni ko'rish mumkinki, uning imkoniyatlariga lol qolish hech gap emas. Uning yordamida asosan uy uchun media server, aqlli uy, qo'l-bola planshet, turli xil robotlar, 3D printerlar, "server"lar klasterlari va boshqa ko'plar qiziqarli qurilmalar yaratilgan. Siz o'zingizga yoqgan loyihani kodi va chizmalarini ko'chirib olishingiz va o'zingiz yasashingiz mumkin.
Quyida Raspberry Pi asosida yaratilgan 10 ta loyihani ko'rishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |