Monopol hokimiyat va jamiyat farovonligi
Monopol hokimiyatda narx chekli xarajatdan yuqori bo‘ladi. Monopol hokimiyatda narx oshadi, ishlab chiqarish hajmi kamayadi, natijada bu firmaning daromadini oshishiga va iste'molchilar turmush darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin. Iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilar ortiqchalarini monopol va raqobatlashgan bozor sharoitlarida qaraymiz (10.3-rasm). Raqobatlashgan bozordagi ishlab chiqaruvchilar va monopol ishlab chiqarishning chekli xarajatlari bir xil deb faraz qilaylik. 4-rasmda monopolistning o‘rtacha va chekli daromadlar chiziqlari va chekli xarajatlari chizig‘i ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |