3. Raqamli iqtisodiyotning mamlakat rivojlanishiga ta’siri
Raqamli iqtisodiyotda davlatning o’rni:
Dunyo tajribasi o’rganish natijasida shu narsa aniq bo’ldiki, raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat (hukumat) bozor “o’yin” qoidalarini o’yinning barcha ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va imkoniyatli sharoit yaratib berish hisoblanadi. Ya’ni bozorda katta kompaniya bo’ladimi yoki kichik biznes, ular teng huquqli hisoblanadi. Ularga bir xil imkoniyatlar beriladi. Davlat qoidalarga amal qilinishi va oxir oqibatda oddiy iste’molchi sifatli, zamonaviy xizmat yoki mahsulot olishi ta’minlanadi. Demak, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun davlat hamma uchun teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari, qonunlar, shartnomalar shaffof bo’lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda (ya’ni bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normative hujjatlarni qabul qilishi) o’yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur.
Informatsion innovatsiyalarning tarkib toptirish uchun dunyo miqyosida faoliyat ko’rsatuvchi global kompaniyalarda quyidagilarini ko’rsatib o’tishimiz mumkin: YouTube, Facebook, Google, Wikipedia, Wikileaks, Amazon, Alibaba va boshqalar. G’oya juda ham oddiy – yangi progressiv imformatsion texnologiyalar biznes masalalarini hamda tijorat muammolarini hal qilib beradilar va information tizimlarning har bir yangi avlodi bir qancha yangi innovatsion hizmatlarning vujudga kelishiga va yanada rivojlanishiga sabab bo’ladi. Yangi texnologiyalarning barcha sohalarga kirib kelishi davlat boshqaruvining va iqtisodiyotning elektron ko’rinishga o’tishiga olib kelmoqda. Natijada yangi davlat va nodavlat elektron hizmat turlari paydo bo’ldi, yangi bozorlar shakllandi va an’anaviy biznes modellar elektron shaklga transformatsiya qilina boshlandi.
Zamonaviy raqamli iqtisod bir qancha atamalar bilan nomlangan, shu jumladan, e-economy, digital economy, internet economy, network ecomnomy va virtual economy. Agarda BCG (The Boston Consulting Group) ga murojaat qilsak, raqamli iqtisodiyot deganda quyidagini tushunishimiz mumkin: “Iqtisodiy tizimning barcha ishtirokchilari - alohida insonlar, firma va kompaniyalar hamda davlat tomonidan online va innovatsion raqamli texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi iqtisodiyotni raqamlashtirish yoki raqamli elektron iqtisodiyot jarayonidir”.
Ko’pchiligimiz raqamli iqtisodiyotdagi transformatsiyalarning, shu jumladan, davlat boshqaruv jarayonidagi interaktiv hizmatlar, biznes modellar, yangi bozorlar hosil bo’lishi, yangi turdagi hizmat turlari paydo bo’lishining guvohi bo’lib turibmiz. Raqamli iqtisodiyotning xarakterli ko’rsatgichlari sifatida yangi ishlab chiqarish usullarini (pear-to pear production), ommaviy hamkorlikni, ommaning intellectual mulkka egalik qilishini, iste’mol modellaring o’zgarishini (sharing economy) va ochiq mehnat bozorini keltirish mumkin. Ammo, hozirgi paytda raqamli iqtisod (internet-savdo, internet-hizmatlar, kontentlar, elektron to’lov va boshqalar)ning O’zbekiston Respublikasi yalpi milliy daromadidagi hissasi 1% ga ham bormaydi. Lekin ko’pchilik horijiy mamlakatlarning rivojlanish tendentsiyalari shuni ko’rsatadiki, yuqorida ko’rsatilgan bozorlar kelajakda tezlik bilan rivojlanib ketadi /1-3/. Bundan tashqari, to’rtinchi sanoat revolyutsiyasi va 4.0 industriya texnologiyalari bilan bog’liq bo’lgan texnologik o’zgarishlar, ya’ni, ommaviy robotlashtirish, qo’shimcha va virtual reallik texnologik platformalari hamda 3D-printerlar texnologiyalari ushbu jarayonni yanada tezlashtiradi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, O'zbekiston Respublikasi hukumati uchun raqamli iqtisodiyot dasturini to'g'ri tuzish va uni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish juda jiddiy masala hisoblanadi, chunki bu sohada ortda qolish jahon iqtisodiyoti yangi trendlarga muvofiq ravishda mamlakatni raqobatbardoshlikni yo'qotishga mahkum qiladi va uzoq muddatli salbiy oqibatlarga olib keladi. Aynan davlat barcha manfaatdor tomonlar (davlat, hukumat organlari, biznes, fuqarolik jamiyati va ilmiy-ta'lim jamiyatlari) vakillarini raqamli iqtisodiyotni yaratish va rivojlantirishga jalb qilgan holda raqamli iqtisodiyotni optimal boshqarish mexanizmini yaratishi lozim. Raqamli iqtisodiyot dasturi bir qancha yo'nalishlarning amalga oshirilishini ko'zda tutishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |