Quyoshning sutkalik va yillik harakatlari. Sferik trigonometriyaning asosiy formulalari
Reja:
Quyoshning sutkalik harakati.
Quyoshning yillik harakati.
Ekliptik koordinatalar sistemasi.
Sferik trigonometriyaning asosiy formulalari. Parallaktik uchburchak.
1. Quyoshning sutkalik harakati
Quyosh har kuni sharqda chiqib g’arbda botadi. Bu uning sutkalik ko’rinma harakati bo’lib, Yerning o’z o’qi atrofida g’arbdan sharqga tomon aylanganidan vujudga keladi. Yer shari sutkalik aylanma harakatidan tashqari yillik harakatga ega. U Quyosh atrofini bir yilda bir marta to’la aylanib chikadi. Ammo kuzatuvchi Yerning sutkalik harakatini sezmagani kabi, uning yillik harakatini xam sezmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |