Konstruktorlar. Maktabgacha ta’lim muassasasalarda konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metall va keramika) foydalanadilar. Bu to‘plamlar orqali turli konstruksiyalar yasash mumkin. Tarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashtirish usulidan suratlar bo‘yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarni ma’lum qismlarini birlashtirish malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalarni qo‘llarini muskullari ishtirok etadi, qo‘l muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Tarbiyachi rahbarligi ostida bolalar yangi birlashtirish yo‘llarini va turli xil xarakterdagi konstruksiyalarni rasmga, chizmaga qarab yaratishga o‘rganadilar. Bu ishlarni bolalarga taklif etishdan oldin, tarbiyachining o‘zi bu konstruktorlar, ularga berilgan metodik ko‘rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o‘rganib chiqishi zarur. Bolalarga qurilish materiallari va konstruktorlar to‘plami hammasi birdaniga berilmaydi, balki asta-sekin, ketma-ket bolalarning o‘zlashtirishlariga qarab beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |