Rеjа: Qiyosiy pеdagogika fanining mazmuni va mohiyati


Mavzu: Turkiya ta'lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari



Download 384 Kb.
bet20/24
Sana21.05.2023
Hajmi384 Kb.
#942086
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
MAJMUA qiyosiy

Mavzu: Turkiya ta'lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari
Reja:
1. Turkiya ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Turkiya davlati ta'lim tizimining bugungi kundagi rivoji.
Tayanch so‘zlar: Umumiy ta’lim dasturlari; kasb-hunar, texnik ta’lim dasturlari; shogirdlik va ustalik ta’limi dasturlari; ochiq ta’lim dasturlari.
1. Turkiya ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlari.
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgach, uning mustaqilligini birinchi bo‘lib qardosh Turkiya Respublikasi tan oldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar, shu jumladan, ta’lim bo‘yicha hamkorlik tez rivojlanib bordi va u bizning xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarimizda yetakchi o‘rinlardan birini egalladi. Bu hamkorlikning natijasi o‘laroq, Respublikamizda 20 dan ortiq o‘zbek-turk hamkorligidagi litseylar tashkil etildi va ular yaxshi faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Har yili yuzlab o‘zbekistonlik o‘quvchilar va talabalar ta’lim olish uchun Turkiyaga jo‘natilmoqda. Ayni vaqtda turkiyalik yoshlar ham Respublikamiz o‘quv muassasalarida bilim olmoqdalar. Shuningdek, bu mamlakat bilan keng ko‘lamda ta’lim bo‘yicha mutaxassislar almashish yo‘lga qo‘yilgan. Har ikki mamlakatdan ta’limni boshqarish muassasalarining, o‘quv yurtlarining hamda ta’lim bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-metodik ishlar olib boruvchi mutaxassislar, o‘qituvchilar va tarbiyachilar birbirlariga tashriflar uyushtirib o‘zaro tajribalar almashmoqdalar. Bularning barchasi ikki mamlakat maorifchilarining umumiy maqsad yo‘lidagi ishlarni rivojlantirishga hissa bo‘lib qo‘shilyapti. Turkiya Respublikasida ta’limning qo‘yilishining o‘ziga xos tomonlari borligini hisobga olib, u haqda to‘laroq ma’lumotlar berish o‘rinli deb hisoblaymiz. Respublikada hozir amaldagi ta’lim tizimlariga turk xalqining asl farzandi Kamol Otaturk asos solgan. Turkiya ta’lim tizimlari mamlakat Konstitustiyasi, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi qonunlar, «Milliy maorif vazirligining tuzilishi va vazifalari haqidagi 179, 208, 385- sonli qonunlarda hamda hukumat dasturlarida har tomonlama chuqur ifodalangan. Respublika Konstitustiyasining 42-moddasida “Barcha kishilar ta’lim-tarbiya olish huquqiga egadirlar” deb yozib qo‘yilgan va fuqarolarning bilim olish huquqlari kafolatlangan. Turkiya Respublikasida barcha tipdagi ta’lim to‘la davlat nazoratida bo‘lib, bunday nazoratga kirmaydigan ta’lim-tarbiya maskanlarini ochish mumkin emas. Xususiy maktablar ham davlat ta’lim standartlari talabiga mos kelishi va davlat dasturlarini to‘la bajarishga majbur. Boshlang‘ich ta’lim barcha kishilar uchun majburiy, davlat maktablarida bepul o‘qitiladi. Majburiy ta’limdan so‘ng, uning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish istagini bildirgan, kam ta’minlangan oilalardan chiqqan bolalar davlat tomonidan stipendiyalar bilan ta’minlanadilar, ularga boshqa tegishli imtiyozlar ham belgilangan. Ta’lim muassasalarida faqat o‘quv-tarbiya ishlari, uni takomillashtirish bilan bog‘liq vazifalarnigina bajaradilar. Undan tashqari faoliyatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Turk millatiga mansub kishilarga ona tili sifatida boshqa biror xorijiy davlat tilini o‘rgatish mumkin emas.

Download 384 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish