Reja: Qishloq xo’jaligini respublika iqtisodiyotida tutgan o’rni



Download 311,49 Kb.
bet1/2
Sana20.07.2022
Hajmi311,49 Kb.
#825174
  1   2
Bog'liq
1 – MAVZU. IQTISODIYOTNI MODERNUZATSIYALASH DAVRIDA AGRAR-IQTISODIY ISLOHOTLAR


1 – mavzu. Iqtisodiyotni modernuzatsiyalash davrida agrar-iqtisodiy islohotlar
Reja:

  1. Qishloq xo’jaligini respublika iqtisodiyotida tutgan o’rni.

  2. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlar tizimi.

  3. Iqtisodiy islohatning huquqiy asoslari.

  4. Qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash.

Respublikamiz Prezidenti I.Karimov so'zlagan nutqida iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo'nalishlariga to'xtalib, "Qishloq xo'jaligida olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish va uning barqaror rivojlanishini ta'minlash bundan buyon ham g'oyat muhim masala bo'lib qoladi," -deb ta'kidladi va mavjud muammolarning yechimini topishni XXI asr boshidagi dolzarb masala qilib qo'ydi.
O'zbekistonda agrar islohotlarning negizi yerga bo'lgan mulkchilik masalasidir. Respublika Konstitutsiyasida yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijaraga shartlari bilan topshirish mumkinligi ta'qidlangan.

Islohotlarning ilk bosqichida mamlakat qishloq xo’jaligi barqarorligini ta’minlash va rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning dastlabki asoslari yaratiladi. Bunda ustuvor yo’nalish qilib shaxsiy tomorqa xo’jaliklarini rivojlantirish belgilangan edi. Ular ixtiyoridagi yer maydonlari 1989 –1995 yillarda ikki barobarga ko’paydi.


Natijada aholini oziq -ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashda va qishloq xo’jaligini rivojlantirishda barqarorlikka erishildi.
Tarmoqda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishga va xususiylashtirishga muhim ahamiyat berildi. Jumladan, 1066 ta davlat xo’jaliklari (sovxozlar) tugatilib, ular negizida jamoa xo’jaliklari tashkil etildi. Chorvachilik fermalari, bog’ va tokzorlar, kichik yer maydonlari hamda issiqxonalar xususiylashtirildi.
Islohotlarning ikkinchi bosqichida “Yer kodeksi”, “Qishloq xo’jalik kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’g’risida”, “Fermer xo’jaligi to’g’risida”, “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlar va tegishli Hukumat qarorlari qabul qilinib, me’yoriy hujjatlar tasdiqlandi.
Bunday huquqiy bazaning yaratilishi agrar islohotlarni chuqurlashtirishga zamin yaratdi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning xalqaro andozalar va xalqimiz mentalitetiga mos keladigan - shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklaridan iborat modeli tanlandi.
Yer munosabatlarida yangi tamoyillar joriy qilindi. Shirkat xo’jaliklarida ekin maydonlarini, bog’ va tokzorlarni oila pudratchilariga tanlov asosida uzoq muddatga ijaraga berish amalgam oshirila boshlandi. Yerni fermer xo’jaliklariga 50 yilgacha va dehqon xo'jaliklariga umrbod foydalanishga berish tizimi yaratildi.
Tarixan shunday bo’lib qolganki, ko’pgina mamlakatlarda jumladan, bizning mamlakatimizda ham qishloq xo’jaligidagi kapitalning uzviy tuzilishi sanoatdagidan pastdir. Shuning uchun qishloq xo’jaligida yaratilgan tovarlarning
bozor qiymati ishlab chiqarishning ijtimoiy qiymatidagi qo’shimcha qiymat miqdori jamiyatda shakllangan o’rtacha foydadan ortiq bo’ladi. Qishloq xo’jalik tovarlarining bozor bahosi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi bu tafovut absolyut renta manbayi bo’lib xizmat qiladi.
Yurtimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning kelajagi haqida gapirganda, er va suv resurslari bo‘yicha imkoniyatlarimiz cheklanganini hisobga olib, bu borada yagona to‘g‘ri yo‘l – qishloq xo‘jaligini intensiv asosda rivojlantirish, erlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilash, seleksiya ishlarini chuqurlashtirish, yuksak samarali zamon aviy agrotexnologiyalarni joriy etish va suvdan oqilona foydalanish, eng muhimi – dehqon va fermerlarning dardi bilan yashash, desam, o‘ylaymanki, barchangiz mening fikrimga qo‘shilasiz.
Faqat erga mehr, uning unumdorligini oshirish va birinchi navbatda dehqon va fermerga doimiy e’tibor, ularning manfaati haqida g‘amxo‘rlik qilish – bu qishloqni va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘yicha biz tanlagan yo‘ldir. Agrar islohotlarning 1998 yildan boshlangan ikkinchi bosqichida
Oliy Majlisning IX sessiyasida (1998 yil 28 - 30 aprel) O'zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi to’g’risida”gi, “Qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkat xo’jaliklari) to’g’risida”gi, “Fermer xo’jaliklari to’g’risida”gi, “Dehqon xo’jaliklari to’g’risida”gi, Qonunlar qabul qilindi. Bunday huquqiy bazaning yaratilishi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga zamin yaratdi.
Islohotlarning uchinchi bosqichi 2000 yildan boshlandi. Bu bosqichda birinchi navbatda past pentabelli va zarar ko’kib ishlayotgan korxonalarni fermer xo’jaliklariga aylantirish asosida qayta tashki etish mexanizmining joriy etilishi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko’rsatuvchizamonaviy infratuzilma tizimining barpo etilishi bilan tavsiflanadi. Faqat 2000 - 2003 yillarda 336 ta, shu jumladan 11 ta tumanda shirkat xo’jaliklari to’liq tugatilib, ular negizida 20 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari tashkil etildi.
Ushbu chora - tadbirlarning natijasi o'laroq, 2004 yilda O'zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan fermer xo’jaliklari soni 104 mingga yaqinlashdi (2003 yilda 87,5 ming edi), ularga biriktirilgan yer maydoni 2935,3 ming gektarni tashkil etib (2003 yilda 2148,1 ming ga), bir fermerga to’g’ri keladigan yer maydoni 28,2 gektargayetdi. Ayni vaqtda dehqon xo’jaliklarining umum iy soni 4,5 mln. taga, ularga biriktirilgan yer maydoni esa 682,5 ming gektarga yetdi. Bugungi kunda yalpi qishloq xo'jaligi mahsulotining 59,7 foizi dehqon xo’jaliklari, 20,4 foizi fermer xo’jaliklari, 19,9 foizi qishloq xo'jaligi korxonalari hissasiga to’g’ri kelmoqda.
Qishloq xo’jaligining moddiy - texnika ta`minotini yaxshilash maqsadida yangi texnika, o'g`it, yoqilg`i va moylash materiallari yetkazib berishni yaxshilash bo’yicha davlat dasturi ishlab chiqilgan va u bosqichma - bosqich amalga oshirilmoqda.
Jumladan, chet ellardan (AQSH, Germaniya) yuqori mehnat unumdorligiga ega bo’lgan paxta teradigan, g`alla o'radigan (Keys) kombaynlari keltirildi. Ularning ayrim turlari va ehtiyot qismlarini o'zimizda ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
O'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlardan ko’zda tutilgan bosh maqsad qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini, yer va mahsulotning haqiqiy egalarini shakllantirishdir. Qishloq joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali qishloq xo’jalik korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish asosiy masalalardan hisoblanadi.
Ilg`or mamlakatlar tajribasiga ko’ra, qishloq xo’jaligining yuqori darajada rivojlanishi avvalo sanoat rivoji bilan bog`liqdir. Ma`lumki, AQSH hamda Yevropaning bir qator rivojlangan mamlakatlarida aholining 4-5 foizini tashkil etadigan, zamonaviy texnika va texnologiyaga ega bo’lgan fermer xo’jaliklari o’z xalqini qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan to’liq ta`minlab qolmasdan ularning bir qismini eksportga ham chiqaradilar. Hozirgi vaqtda respublikamiz xalq xo’ja ligida ish bilan band bo’lgan 3,8 mln. aholining salkam yarmi hamon qishloq xo’jaligi sohasida mehnat qilmoqda. Kelajakda ana shu ortiqcha mehnat resurslarini sanoatga, xizmat ko’rsatish sohalariga jalb etish iqtisodiy siyosatning muhim yo’nalishi bo’lib qolishi lozim.
2008 yildan boshlab mamlakatimizda qariyb 1 million 500 ming gektar sug‘oriladigan erning meliorativ holati yaxshilandi, er osti suvlari yuqori bo‘lgan maydonlar 415 ming gektarga yoki salkam 10 foizga qisqardi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar 113 ming gektarga kamaydi.
Xabaringiz bor, o‘tgan yili 2013 - 2017 yillarda sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha kompleks chora - tadbirlar davlat dasturini qabul qildik.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, barcha manfaatdor idoralar, Fermerlar kengashi va avvalambor fermer xo‘jaliklarining o‘zi ushbu dasturda ko‘zda tutilgan chora - tadbirlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlashi darkor. Vazirlar Mahkamasi mazkur dastur ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin.
O`zbekiston Respublikasining agrar – industrial mamlakat bo`lib, uning iqtisodiy hayotida qishloq xo`jaligi yetakchi o`rin tutadi. Mamlakat yalpi ichki maxsulotining, milliy daromadining, xorijiy valyutadagi tushimlarining salmoqli qismi unda tarmoq ishlab chiqarishga bog`liqdir. Bundan tashqari, aholining, shu jumladan iqtisodiy faol aholining asosiy fismi ham qishloq joylarida istiqomat qilishi agror intor karxonalari ishini samarali tashkil etish, u yerda moddiy, moliyaviy boshqa resurslardan oqilona foydalanish vazifasini dolzarb qilib qo`yadi.
Qishloq xo`jaligi soxasida amalga oshirib kelinayotgan iqtisodiy isloxatlar, u yerdagi xususiylashtirish jarayonlari, firmerlik harakatini keng avj oldrilayotganligi, dehqonda xujayinlik tuyg`usi va tafakurini shakillantirishiga oid chora – tadbir bu soxani yuksaltirishga, qishloq xo`jaligi maxsulotlarinigina ko`paytirishga erishish bilan cheklanilmasdan, uning sifatini yaxshilash tannarxini pasaytirishi, zamonaviy agrotexnikalarni hamda texnika vositalarini joriy qilish orqali jaxon bozorida raqobatbardoshiliginia`minlash, mamlakatimizda yetishtirilayotgan xilma – xil qishloq xo`jaligi maxsulotlarini halqaro bozorlarga olib chiqilishiga erishish va shu asosda dehqon farovanligini, mamlakat iqtisodiy qudrati hamda halqaro obru – e`tiborini oshirish mafsadiga qaratilgandir.
Qishloq xo`jaligi karxonalari oldiga qo`yilgan yuksak maqsad va vazifalarini amalga oshirilishida ularning moliyaviy faoliyatini huquqiy tartibga solinishi muxim axamiyatga ega. Chunki oqilona moliyaviy faoliyat yuritilishi, mablag`lardan to`g`ri va samarali foydalanilishi, ularning hisob – kitoblarini o`z vaqtida, to`g`ri va to`liq amalga oshirilishi, davlat soliq idoralari, bank muassasalari, maxalliy davlat hokimiyat organlari bilan moliyaviy munasabatlarni to`g`ri yo`lga qo`yilishi shartnomaviy sheriklar bilan hisob – kitoblarni shartnoma ialablari to`la ado etlgani xolda amalga oshirilishi, karxona extiyojlari uchun moliyaviy mablag`lardan unumli va to`g`ri foydalanilishi, moliyaviy va buxgalteriya hisob – kitoblarini o`z va ishida, to`g`ri amalga oshirilishi ular muvafaqiyatlarining asosiy shartlaridan bo`lib sanaladi.
Qishloq xo`jalik karxonalari moliyaviy faoliyati yuqorida qaytetilganlardan tashqari olingan foydani taqsimlash, tasarruf qilish, karxona jamg`armalarini shakillantirilish va tasarruf etilishi, investitsiya maqsadlaridagi faoliyat, xodimlar bilan hisob – kitoblar, ijtimoiy ximoyalash maqsadlaridagi tadbirlar, oodonlashtirish ishlarini moliyaviy mablag` Bilan ta`minlash va boshqa soxalardagi moliyaviy tadbirlarni o`z ichiga qamrab oladi.
Qishloq xo`jaligi karxonalari ham tadbirkorlik subektlarini bir turi sifatlari o`z moliyaviy faoliyatini O`zbekiston Respublikasining ― Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida‖gi, ―Qishloq xo`jalik kooperativi (shirkat xo`jaligi) to`g`risidagi 2, ― Firmer xo`jaligi to`g`risidagi 3, ―Dehqon xo`jaliklari to`g`risidagi 4, ―Buxgalteriya hisobi va hisobatlari to`g`risidagi 5, ―Stachistika to`g`risigi 6, va boshqa bir qator boshqa qonunlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari 7, Vazirlar Maxkamasining qarorlari 8, idoraviy me`yoriy xujjatlar asosida yo`lga qo`yildilar. Ular moliyaviy faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 9, Soliq kadeksi 10 kabilar ham muxim o`rin tutadi.
Qishloq xo`jaligi korxonalarida yuzaga keluvchi moliviy munasabatlar ikki jixatga ega bo`lib, ular davlat moliya va soliq, statistika hamda boshqa organlar bilan yuz berganida manaviy g`uquqiy (davlat majburlavu va davlat faoliyati Bilan bog`liq) hususiyat kasb etadi. Bu soxada qonun talablarini buzilishi g`uquqbuzarlik sifatida baxolanib, turli sanksiyalar shartlariga davlat majburlavuga sabab bo`ladi.
Bunday moliyaviy faoliyat qishloq xo`jaligi korxonasi shartnomaviy xamkorlari bilan (ichkari berilgan maxsulot, bajarilgan ish, ko`rsatilgan xizmatlar
uchun g`aq olish yoki g`aq to`lash, o`zora hisob –kitoblar, o`zaro shartnomaviy sanksiyalarni qo`llanilishi va boshqalar), tijorat bank muassasalari Bilan (turli bank amaliyotlari, kredit munasabatlari, qimmatli qog`ozlar va boshqalar), o`z a`zolar yoki yollanma xodimlar bilan (foydani taqsimlash, ish xat to`lash va boshqalar), ijtimoiy ximoya tadbirlarini amalga oshirilishi chog`ida yuz berganida
xususiy xujjat munasabat Deya baxolanadi va bu munasabatlar davlat aralashivusiz, o`zora kelishuvga ko`ra amalga oshiriladi. Ayni paytda xususiy moliyaviy munasabatlar ham qonun talablariga qat`iy amal qilingani hamda olib borilishi lozimligi, aks xolda huquqiy javobgarlikka sabab bo`lishi mumkinligi nazarda tutilmog`i lozim.
Qishloq xo`jalik karxonalari moliyasi halq xo`jaligi molisining asosiy tarkibiy qismi sifatlarida davlatimiz g`ayotida muxim o`rin tutadi. Uning vositasida nafaqat shu soxaga oid karxonalar moddiy ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyati, balki mamlakat pul jamg`armalari, budjetning shakillanishini, pensiya, sog`liqni saqlash, fan va maorif hamda boshqa tarmoqlar taraqiyotini ta`minlashga ko`maklashuvi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlab o`tganidek: – “O‘zbekiston industrial-agrar mamlakat bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 17 %ini ishlab chiqaradi va mehnatga yaroqli aholining 34 %ini ish bilan ta’minlaydi[1]. Bugun 16 milliondan ortiq qishloq aholisining daromadlari qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 98 %i sug‘orma dehqonchilik hisobiga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlar maydoni 4,3 mln.ga bo‘lib, ularning 55 %i (2,3 mln.ga) nasoslar yordamida suv bilan ta’minlanadi. Bu esa sug‘orish suvining tannarxini yanada oshiradi. Mavjud sharoitlarda fermer, dehqon xo‘jaligi va tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, mahsulotlar ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatdoshligini oshirish, respublikamiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport salohiyatini yuksaltirish eng muhim ustuvor vazifalardan biriga aylanmoqda [1].
Mamlakatimizda qish-bahor mavsumi uchun meva-sabzavot mahsulotlarini zaxiraga g‘amlash, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ehtiyojini ta’minlash bo‘yicha davlat buyurtmasi tizimi joriy qilingan. Mamlakatimizda ichki bozorda meva-sabzavot mahsulotlari narxining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi tuzildi. Import orqali bozorni tanqis va yuqori narxdagi mahsulotlar bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinib, hududlar kesimida 490 ming tonnadan ziyod qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini qish-bahor mavsumi uchun g‘amlash parametrlari tasdiqlangan edi.
Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish ekin maydonlari tarkibini maqbullashtirish, qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishga yangi ilg‘or innovatsion agrotexnologiyalarni joriy etish hisobidan bebaho yer va suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni ta’minlash, shuningdek, fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligi hamda moliyaviy barqarorlgini oshirish, tarmoqning eksport imkoniyatlarini kengaytirishga olib keladi.
O‘zbekistonda yetishtirilgan, noyob iste’molbop xususiyatgalarga ega sabzavot, meva, uzum va poliz mahsulotlari bilan xorijiy hamkorlarni keng ko‘lamda tanishtirish, zamonaviy bozor mexanizmlari vositasida meva-savzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar, qayta ishlovchilar va yetkazib beruvchilar o‘rtasida barqaror kooperatsion aloqalar o‘rnatish va shuninig asosida yangi va qayta ishlangan mevasavzavot mahsulotlarining hajmini oshirish hamda eksportga yetkazib beriladigan turlarini kengaytirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish hozirgi kunning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2018-yilning 30-noyabr holatiga tumanlar hokimliklari va mas’ul tashkilotlardan olingan ma’lumotlarga asosan jami 31,6 ming tonna (rejaga nisbatan 73,6 %) zaxiraga qo’yilgan. Shundan: - 10045,1 tonna kartoshka (52,6 %); - 10798,7 tonna piyoz (84,5 %); - 7651,5 tonna sabzi (108,2 %); - 3093,2 tonna guruch (87,6 %). 2018-yilda barcha xo’jaliklarda 190 ming tonna (108 %) paxta, 740 ming tonna (129,4 %) don, 281 ming tonna (106,8 %) kartoshka, 771 ming tonna (106,8 %) sabzavot, 82 ming tonna (106,7 %) poliz, 264 ming tonna (106,8 %) meva, 135 ming tonna (106,1 %) uzum, chorvachilik mahsulotlaridan 135 ming tonna (108,2 %) go’sht, 690 ming tonna (108 %) sut, 485 mln. dona (114 %) tuxum, 2905 tonna (102,3 %) pilla, 950 tonna (105,3 %) asal yetishtiritirgan holda yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni 3986,5 mlrd. so’mga yetkazish ko’zda tutilgan edi.
Namangan viloyati hududlarida 2017-2018-yillarda qish va bahor oylarida asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg’arish tadbirlarida jami 47,6 ming tonna (17,9 ming tonna ombor, 29,7 ming tonna sovutkich) sig’imga ega jalb etilgan 589 ta omborxonalar va sovutkichli kameralar mavjud.
“Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”ga asosan qishloq xo’jaligi yo’nalishida 2018-yil davomida 18,9 mln. AQSH dollarilik 277 ta loyihalarni amalga oshirish va natijada 1923 nafardan ziyod ish o’rinlarini yaratish belgilangan bo’lib, “On-line” monitoring tizimiga kiritilgan [3].
2018-yil davomida umumiy qiymati 9,3 mln. AQSH dollarilik 224 ta loyihalarni amalga oshirish va natijada 1401 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlariga o‘tish ushbu sohada xo‘jalik yuritishning ko‘p ukladli tizimini shakllantirish zaruratini keltirib chiqardi. Shundan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligida turli xil xo‘jalik va mulkchilik shakllarining faoliyat yuritishi uchun barcha huquqiy, tashkiliy iqtisodiy shartsharoitlarni yaratish mamlakat hukumati oldidagi muhim vazifa bo‘lib kelmoqda [1].
Qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifa, avvalo, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishdir.
Shuning uchun 2018-yilda tuproq unumdorligi past yerlar hisobidan ushbu hududning qariyb 18 ming gektar paxta va 1000 gektar g‘alla maydonlari qisqartiriladi. 2019-yilda maydonlarda sabzavot va meva yetishtiriladi, intensiv bog‘va tokzorlar barpo etiladi, issiqxonalar tashkil qilinadi. Natijada mahsulotlarni chuqur qayta ishlash hajmi keskin ko‘payib, qo‘shimcha qiymatli eksportbop mahsulotlar tayyorlanadi. Bu aholining manfaatdorligi oshishi va daromadi yanada ko‘payishiga olib keladi.
Yaqin kunlarda 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish yakuniga yetkaziladi.
Dasturga muvofiq, ekin maydonlarini maqbullashtirish, paxta maydonlarini bosqichma-bosqich qisqartirish ta’minlanadi.
Asosiy e’tibor eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot va oziq-ovqat hamda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish shoxobchalarini tashkil etish va servis xizmatlari ko‘rsatishga qaratiladi. Agrar sohada amalga oshirilgan yer va suv islohotlari yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirish kabi masalalarga qaratilgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish xo‘jaliklar toifalari kesimida tahlil etilganda, yildan yilga fermer xo‘jaliklarining ulushi oshib borayotganligi, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushi esa kamayib borayotganligi kuzatilmoqda. 2018-yilda jami 776, 7 ming tonnadadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlari 586,3 mln. AQSH dollariga eksport qilingan bo‘lib, 60,0 % tashkil qilgan. Meva-sabzavotlar va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari eksportini oshirish O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda o‘sha mahsulotlar eksporti qiymati bo‘yicha O‘zbekiston eksportining 6,2 %ini tashkil qiladi, bu esa O‘zbekistonning uzoq vaqtlardan beri asosiy eksport mahsuloti bo‘lgan paxta eksportiga qaraganda 1,5 marta ko‘proq valuta keltiradi [1].

2018-yilda fermer xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 4954,2 mlrd. so‘mni yoki 2017-yilning tegishli davriga nisbatan 83,9 foizni tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmida fermer xo‘jaliklarining ulushi 27,6 foizni tashkil etdi. Dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 4759,6 mlrd. so‘mni yoki 2017-yilning tegishli davriga nisbatan 83,4 foizni, chorvachilik mahsulotlarining hajmi 194,6 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 97,5 foizni tashkil qildi.
Hosil yig‘imi 2017-yilda fermer xo‘jaliklar tomonidan 116024 tonna sabzavot (78.4 foiz), 100687 tonna meva (103.3 foiz), 21903 tonna kartoshka (54.0 foiz), 78074 tonna poliz (93.8 foiz), 41170 tonna uzum (83,3 foiz) yetishtirildi.(1-jadval)
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash maqsadida umumiy sig‘imi 48 ming tonnadan ziyod 41 ta maxsus va muzlatkichli ombor tashkil etilgan. Bundan tashqari bir qator fermer xo‘jaliklari, ijtimoiy soha muassasalari, dehqon bozorlari va boshqa subyektlarda mahsulot saqlashga mo‘ljallangan 600 ga yaqin omborxonaga zaxira qo‘yilmoqda [5].
Ko‘chati orqali ko‘p yetishtiriladigan issiqsevar sabzavotlardan pomidor, shirin qalampir, baqlajon ekinlarini ko‘chat qilish ishlari ko‘chatxonalarda davom ettiriladi. Nihollar 2-3 barg chiqarganda, orasi 5x6 sm qilib ko‘chirib o‘tqaziladi. Ko‘chirib o‘tqazilgan ko‘chatlar 10-12 kundan so‘ng birinchi oziqlantiriladi. Bunda 10 litr suvda 5 g ammoniy sulfat yoki karbamid, 40 g superfosfat yoki ammofos va 10 g kaliy o‘g‘itlari eritilib, barg ustidan beriladi. 6-7 kundan keyin ikkinchi marotaba yuqoridagi miqdor ikki marotaba ko‘paytirib oziqlantiriladi. Uchinchi oziqlantirish ko‘chatlarni ochiq dalaga ekishdan 4-5 kun oldin amalga oshiriladi.
Ko‘chatlarni parvarishlashda ko‘chatxona harorati va tuproq namligiga katta e’tibor qaratish lozim. Ko‘chatxonada havo harorati yuqori bo‘lsa, tuproqdagi namlik tez bug‘lanib ketishi mumkin.
Mamlakatimizning markaziy mintaqasida joylashgan viloyatlardagi sabzavotchilik xo‘jaliklarida erta pishar ekinlarni ekish 20 fevraldan 20 martgacha, janubiy mintaqalarda bu muddatdan 15-20 kun ilgariroq, shimoliy mintaqalarda esa 15-25 kun keyinroq amalga oshiriladi. Bu muddatda karam ko‘chatlari, piyoz, sabzi, rediska, ko‘kat sabzavotlar (ukrop, kashnich, petrushka, salat) urug‘lari hamda urug‘lik kartoshka tuganaklari ekiladi. Plyonka ostiga urug‘ ekish va ko‘chat o‘tqazish ochiq yerdagiga nisbatan ancha ertaroq boshlanadi. Pomidor, shirin qalampir va baqlajon singari issiqsevar o‘simlik ko‘chatlari martning 2-yarmidan ekila boshlanadi.
Erta pishar piyoz 2-3 marta, dastlab o‘simliklarning bo‘yi 6-8 sm. ga yetganda, ikkinchi marta bog‘lab chiqariladigan tovar holiga kelganda, o‘toq va yagana qilinadi. Qator oralarini yumshatish va begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida KRN2,8A rusumli kultivator bilan 15-16 sm chuqurlikda ishlov beriladi.
Respublikamizning janubiy viloyatlarida bahorgi sabzi urug‘i 15-28 fevral, markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda 1-15 mart, shimoliy mintaqlarida 15-30 martda sepiladi. Urug‘ sarfi gektariga 3-5 kg. Parvarishlash jarayonidagi eng muhim masalalardan biri nihollarni bir tekis undirib olish hisoblanadi. Namlik maromida bo‘lganda nihollar 10-12 kunda unib chiqadi.
Nihollar unib chiqishi bilan darhol begona o‘tlarni o‘tash va yaganalashga kirishish lozim. Sabzi ikki marta o‘taladi: dastlabkisi - sabzi bitta chinbarg chiqarganda, keyingisi esa 3-4 barg chiqarganda. Har o‘toq davomida yagana ham qilib boriladi. Begona o‘tlarni yo‘qotish uchun gerbitsidlardan foydalanish qo‘l keladi. Ko‘p yillik boshoqli begona o‘tlarga qarshi 10,5 foizli “Zellik Super” 1 litr/ga me’yorda sepiladi. Bir yillik begona o‘tlarga qarshi esa urug‘ ekishdan oldin 50 foizli “Gezagard” – 2-3 kg/ga, 20 foizli “Nabu” – 1,5 kg/ga me’yorda begona o‘tlar 1-2 chinbarg chiqarganda, 12,5 foizli “Fyuzilad Super” preparati 1-2 kg/ga hisobida begona o‘tlar 2-4 ta chinbarg chiqargan vaqtida purkash yaxshi samara beradi [4].
Pomidor, shirin qalampir va baqlajonni urug‘idan yetishtirish uchun urug‘larini ochiq maydonlarga ekish ishlari ob-havo sharoitiga qarab mart oyining 3-dekadasida amalga oshiriladi. Buning uchun maydonlarni tayyorlash ishlari o‘ta sifatli bajarilishi lozim. Kuz oylarida 30-40 sm chuqurlikda shudgor qilingan maydonlar mart oyida ikki marta chizellanadi va molalanadi. Shundan so‘ng 70 sm oralig‘ida KRN-2.8A, KON-2.8 yoki KRO-4 rusumli kultivatorlar yordamida egat olinadi.
Egat olingandan so‘ng uning ustiga chirindi va fosfor-kaliy o‘g‘itlari aralashmasi lenta usulida to‘shab chiqiladi. Bu aralashma egat to‘g‘rilanganda, tuproq bilan qorishib ketadi. Egatlar eni 50 sm kenglikdagi qora polietilen plyonka bilan mulchalanadi. Plyonkaning har ikki tarafidan 10 sm qismi tuproq bilan yopiladi. Plyonkaning egat yuzasidagi ochiq qismini simmetriyasidan har 25-30 sm oraliqda 2- 2,5 sm kenlikda teshilib 1,5-2 sm chuqurlikda pomidor, shirin qalampir va baqlajon urug‘lari ekiladi. Qora plyonka ostiga ekilgan urug‘lar erta va to‘liq unib chiqadi. Plyonka ostida bir yillik begona o‘tlarning unib chiqishi va o‘sib-rivojlanishi to‘xtaydi, tuproq yumshoq va nam holda saqlanadi. Ushbu usul qo‘llanilganda, o‘simliklarning ildiz qismi baquvvat bo‘lib rivojlanadi, tuproqning chuqurroq qatlamigacha o‘sib borishi ta’minlanadi[4].
Erta bahorda kartoshka ekishning eng maqbul muddati: Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy va Farg‘ona vodiysi viloyatlari uchun 10 martgacha; Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari uchun 1 martgacha; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun esa 20 martgacha hisoblanadi. Ekish sxemasi 70x25-30 yoki 90x25 sm, ekish chuqurligi 7-9 sm. ni tashkil etishi lozim.
Shu bilan bir qatorda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida va oziq-ovqat sanoatida mamlakatimiz aholisining har beshtasidan bittasi band bo‘lsa, mamlakat YaIMda mazkur tarmoqlarning ulushi qariyb 28 foizni tashkil etadi, chakana savdo aylanmasining salkam 51 %i oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Qishloq hududlarida mamlakatimiz aholisining salkam 50 foizi, shahar atrofi hududlarida 21 foizi istiqomat qilayotgan bir paytda, agrosanoat majmuyi korxonalari aholi bandligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar tufayli qishloq xo‘jaligida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Xususan, agrobiznesning asosiy faoliyat yo‘nalishlari sifatida chorvachilik, dehqon va fermer xo‘jaliklari barqaror rivojlana boshladi.
Prezidentimiz rahbarligida qishloq xo‘jaligi boshqaruv tizimini isloh qilish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish borasidagi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini beradi.
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish va modernizatsiyalash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar agrar tarmoqni barqaror sur’atlar bilan rivojlanishtirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, eksport salohiyatini yuksaltirish hamda xalqimiz turmush sifati va moddiy farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda — Davlat dasturi) 


Download 311,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish