Reja: Qirqquloqtoifa (Rolypodiophyta) turlari


Paporotniksimonlar - Pterophyta



Download 22,03 Kb.
bet4/6
Sana29.04.2022
Hajmi22,03 Kb.
#592251
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qirqquloqtoifa (Rolypodiophyta) turlari

6. Paporotniksimonlar - Pterophyta. Bular qadimiy o‘simliklar bo‘lib hisoblanadi. Qadimiyligi bilan ular riniofit va plaunsimonlardan keyin turadi. Geologik kelib chiqishi taxminan qirqbo‘g‘imsimonlar bilan bir davrga to‘g‘ri keladi. Poporotniklar 300 avlod va 10000 to‘rni o‘z ichiga oladi. Bular cho‘l, dasht, botqoqlik, ko‘llar, sho‘r suvlar va o‘rmonlarda hayot kechiradi. Tropik iqlim sharoitida o‘suvchi vakillarinnig balandligi 25 - 30 m ga, tanasining diametri 50 sm ga yetadi. Mayda vakillari bir necha mm ni tashkil qiladi. Paporotniklar barglari yirik patsimon bo‘lib, ular yer usti poyasida va yer osti ildiz poyasida spiral shaklida joylashadi. Poporotniksimonlar sporadan ko‘payadi. Sporalar sporangiyda, barglarda to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan soruslarda yetishadi - sporalar paydo bo‘lish oldidan reduksion yo‘l bilan bo‘linadi. Sporalardan yangi yuraksimon o‘simta rivojlanadi. Bu o‘simtalardan urg‘ochi jinsiy organ-arxegoniy va erkak jinsiy organ-anteridiy vujudga keladi. Urug‘lanish nam yoki kuchli yomg‘ir, shudringda ro‘y beradi. Paporotniklar, suvda urug‘lanadi. Paporotniksimonlar 2 sinfga: dastlabki paporotniklar va chin paporotniklarga bo‘linadi.
Dastlabki paporotniklar sinfi vakillari faqat qazilma holda topilgan. Ular hozirgi paporotniklardan kalta bo‘yi, barglarining maydaligi, poyasining yaxshi o‘smaganligi bilan farq qiladi. Hozir dastlabki paporotniklarning 60 ga yaqin turlari borligi aniqlangan.
Chin poporotniklar sinfi. Bunga qazilma holldagi va hozirgi vaqtda uchraydigan paporotniklar kiradi. Polebotanika fani chin paporotniklar yuqori perm davrida paydo bo‘lgan deb hisoblaydi. Chin paporotniklar sinfi 2 ta tartibga bo‘linadi: chin yoki teng sporali hamda suv paporotniklar yoki har xil sporali paporotniklar.
Qirqquloqtoifa o’simliklar turlarining soni jixatdan yuksak o’simliklar orasida magnoliyatoifa (gulli) o’simliklar va yo'sintoifa o’simliklardan keyingi uchinchi o'rinda turadi. Xozirgi paytda yer sharida qirqquloqlarning 300 ga yakin turkumga mansub, 10 mingdan ziyodroq turlari tarkalgan. Bular xam eng qadimgi o’simliklar xisoblanadi. Chunki qirqquloqlarning bizgacha yetib kelmagan vakillari devon davrida (425-370 mln yil oldin) kirilib ketgan. Ular qadimgi qirqbo’g’imtoifa o’simlik­lar bilan bir vaqtda o’sib, o’rmonlar xosil qilgan. Qirqquloqlar tog’larda, tekisliklarda, botqoqliklarda va suvda uchraydi. Biroq bulimning ko’pchilik turlari taraqqiyot siklida sernam muxitni talab qilganligi tufayli tro­pik va subtropik iqlimli joylardagi urmonlarda ancha keng tarqalgan. U yerlarda daraxtlarning tanasi va shoxlariga yopishgan xolda o’suvchi bir kancha epifit turlari xam uchraydi. Qirqquloqlar xilma xil ekologik muxitda o’sishi sababli ular orasida xar xil xayotiy shakldagi turlarni uchratish mumkin. Ayniqsa tropik va sernam subtropik urmonlarda tikka usuvchi, yotib o’suvchi o’t vakillaridan tortib, epifit, lianalargacha bo’lgan turlarni va stiateydoshlar (Cyateaceae) oilasiga mansub stiatey va diksoniya turkumlariga kiruvchi bo’yi 25 m gacha etadigan daraxtsimon qirqquloqlarni xam uchratish mumkin.
Orta Osiyo xududida esa faqat o‘t o‘simlilardan iborat vakillari tarkalgan. Qirquloqlarda xam qirqbo’g’imlardagidek ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etgan. Ofioglossdoshlar (ilontildoshlar) (Ophioglossaceae) va ayrim qadimgi sodda (primitiv) guruxlarida seret, yo’g’on ildizlar uchraydi. Daraxtsimon qirqquloqlarda tipik ildizlardan tashқari poyasining asosida xavo ildizlari xam taraqqiy etgan buladi.
Salviniyalar (Salvinia) turkumining ayrim vakillarida ildizlar butunlay redukstiyalanib ketgan. Poyalari monopodial tipda shoxlangan, ayrim vakillarida dixotomik shoxlanishni xam kuzatish mumkin. Poyasining tuzilishidagi xarakterli belgilardan biri uning xar xil tuklar, tangachalar bilan koplanganligidir. Qirqquloqlarning poyasidagi o’tkazuvchi sistemasi sifonostel shaklda tuzilgan. Birok eng stadimgi qirqquloqlarda va xozirgi qirqquloqlardan, masalan: sxizeydoshlar (Schizoaceae) ning o‘tkazuvchi sistemasining primitiv shakldagi protostel xolda bo’lishi, ularning riniofitlar bilan fi­logenetik bog’likligidan darak beradi.
Ularga xos belgilardan yana biri barglarining yirik bo’lishi va ularda o’sish nuqtasining poyadagidek uchki qismida joylashganligidir. Bu jixatdan ular plauntoifalardan va qirqbo’g’imtoifalardan farq qiladi. Qirqquloqlar shakli va ichki tuzilish jixatidan xam xilma-xil bo’ladi. Qirqquloqlarning ko’pchiligida barg ikkita funksiyani, ya’ni ayrimlarida fotosintez va spora xosil qilish vazifasini bajarsa, boshqalarida spora xosil qiluvchi barglari xlorofillni yo’qotib, faqat jinssiz ko’payish vazifasini o’taydi (masalan, salviniyalarda)
Qirquloqlar bargining anatomik tuzilishi jixati­dan gulli o’simliklar bargining anatomik tuzilishiga ozrok o’xshab ketadi. Kundalangiga kesilgan bargning ustki va ostki tomoni epidermis bilan k;oplangan. Labchalari ko’pincha bargning ostki kismida joylashadi.
Qirqquloqtoifalarda xam plauntoifalar va qirqbo’g’im toifalardagidek sporafit bo’g’in gametofit bo’ginga nisbatan ustun turadi. Evolutsion taraqqiyoti davomida qirqquloqdarda sporangiylari bargning chetki qismidan pastki qismga o‘tib joylashgan. Sporangiylarning bargning pastki qismiga o’rnashishi ularni tashqi muxitnint noqulay ta’siridan ximoyalanishi uchun qulaylik tug’dirsa, ikkinchidan bargning yuza qismida fotosintez jarayonning normal borishi uchun imkonyat yaratadi. Bargda to’p-to’p bo’lib joylashgan sporangiylarga sorus (grekcha Soros — tutam, tuda) deyiladi. Sporangiylar xosil bo’lishi jixatdan ikki xil: eng qadimgi
qirqquloqdarda ular bargning epidermisidagi bir nechta xujayralardan xosil bulgan. Evolyu­stiya jixatdan ancha yosh bo’lgan vakillarida esa sporangiylar bargning bitta xujayrasidan xosil bo’lgan. Ular nisbatan kichik va bir qavat po’st bilan qoplangan.
Sporalar qulay sharoitda usib, undan gametofit taraqqiy etadi. Teng sporali qirqquloqlarning gametofiti ipsimon, lentasimon, chuvalchangsimon, yuraksimon buladi.
Bularga xos belgilardan yana biri anteridiyning arxegoniyga nisbatan oldinroq taraniy etishidir. Bunga protoandriya (grekcha Protos - birincha va andreios - erkaklik) deyiladi. Protoandriyaning biologik moxiyati shundaki, turli muddatlarda yetilgan arxegoniyda chetdan urug’lanishi uchun imkoniyat tutiladi.
Qirqquloqlarda xam spermatozoid qirqbo’g’imlarnikidek ko’p xivchinli bo’lib, urug’lanishi namlik yordamida boradi.
Gametofitdagi tuxum xujayralardan bir nechtasi urug’lanishi mumxin, lekin ulardan faqat bittasining zigotasigina taraqqiy etadi va o’simta (gametofitni) xosil qiladi. O’simtada murtak joylashadi, undan esa sporofit rivojlanadi.

Download 22,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish