Reja: Qatag'onlik siyosati va uning mohiyati. "18 lar guruhi" to'g'risida


Xidiraliyev, Samarqand viloyati ijoriya komiteti raisi - Mirzaxo'ja



Download 30,61 Kb.
bet3/6
Sana24.07.2021
Hajmi30,61 Kb.
#127568
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish

Xidiraliyev, Samarqand viloyati ijoriya komiteti raisi - Mirzaxo'ja

O'rinxo'jayev, Zarafshon okrugi partiya komiteti mas'ul kotibi - Muxtorhoji Saidjonov, Qashqadaryo okrugi partiya komiteti tashkiliy bo'limi boshlig'i - Ismoil Bozorboyev, O'zbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissari - Rahmat Rafiqov, Toshkent shahar kasaba uyushmasi raisi - Muhammadjon Karimjonov, Konibodom rayon partiya komiteti kotibi - Xayitdin Eshonov, Zarafshon okrugi ijoriya komiteti raisining birinchi o'rinbosari - Abdurashid Mukamilov, Zarafshon okrugi partiya komiteti targ'ibot-tashviqot bo'limi boshlig'i - Rahmatulla Muzaffarov, Samarqand uyezdi partiya komiteti mas'ul kotibi - Nasm Shirinov,

Marg'ilon uyezd - shahar partiya komiteti mas'ul kotibi - O'rinboy



Ashurov shular jumlasidandir.2

O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti plenumi ushbu arizani ko’rib chiqishni RKP(b) MK O’rta Osiyo byurosi(birinchi kotib – I.A.Zelenskiy)ga topshirgan. RKP(b) Markaziy Kontrol Komissiyasi Prezidiumi a’zosi M.V.Kosarev, RKP(b) Markaziy Kontrol Komissiyasi a’zosi D.Manjara va O’rta Osiyo byurosi tashkiliy-taqsimlov bo’limi boshlig’I A.Zdobnovdan iborat maxsus komissiya 1925-yil 22-29noyabrda ariza beruvchi har bir kishi bilan alohida savol-javob, aslida esa o’ziga xos so’roq o’tkazib, ariza yozilishining sabablarini tekshirgan. Maxsus komissiya xulosalarida qayd etilishicha, ushbu guruh harakatlarini O’zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi F.Xo’jayev faol qo’llab-quvvatlagan. Guruh a’zolari O’rta Osiyo byurosining shovinistik siyosatini yurtuvchilari bo’lgan O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti kotiblari Vladimir Ivanov va Akmal Ikromovning o’lkada olib borayotgan siyosatidan norozi bo’lganliklari sababli ushbu arizga imzo chekkan edilar.1

1925-yil noyabrda Samarqandda chaqirilgan O'zbekiston KP(b) MK ning plenumi yig'ilishi bir kun emas, to'rt kun davom etadi. Buning asosiy sababi, aynan shu, respublikadagi yuqori ma'suliyatli vazifalarni egallab turgan 18 shaxsning o'z lavozimlaridan ketishi haqidagi arizasi bo'ldi. Ular o'z iste'folari xususiy mulkni yo'qotish hisobiga o'tkazilgan yer-suv islohotlari usullariga norozilik sifatida izohlashdi. "18 lar guruhi" bilan RKP(b) MQ O'rta Osiyo byurosi raisi I.Zelenskiy yig'ilish o'tkazgandan so'ng, guruhning 8 nafar a'zosi "o'z xatolarini tan olib, imzolaridan voz kechadi"lar. Boshqa 10 ta shaxs esa O'rta Osiyo byurosida bayonotlarini ko'rib chiqishlarini talab qiladilar. Bayonotga imzo chekkanlar orasida Xidiraliyev, M.Saidjonov, R.Rafiq kabi milliy rahbarlar ham bor edi. "18 lar bayonoti" O'z KP(b) MQ Il -qurultoyida muhokama etilib, ushbu masala bo'yicha qaror qabul qilinadi va unda: "18 lar bayonoti" O'z KP(b) MQ ga qarshi yo'naltirilgan fraksiya va gurahbozlik xarakterida bo'lib, partiya saflari birdamligini buzishga, partiya qurultoyiga to'sqinlik qilishga qaratilgan hamda shaxsiy norozilik, mayda burjua kayfiyatini aks ettiruvchi ariza", - deb ta'kidlanadi. Shundan so'ng, "18 lar bayonoti" tashabbuskorlari va tashkilotchilarini aniqlash, ularni qat'iy partiya javobgarligiga tortish vazifalari qo'yiladi. Hamma joylarda "18 lar bayonoti"ning keng muhokamasi avj oldiriladi va uni yer-suv islohotini barbod qilish xavfi bor va yangi hayotga qarshi bo'lgan mayda burjuaziya va ruhoniylarga yon beruvchi bayonot deb soxtalashtiriladi. Partiyaning II -qurultoyidan keyin bo'lib o'tgan plenumda partiya oldida o'z "aybiga iqror bo'lmaganlar"ni egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirishga qaror qildi. Yer-suv islohotini o'tkazish davrida "18 lar guruhi" ushbu jarayon va MQ ga qarshi faoliyat yuritishda ayblanishgan bo'lsa, oradan ikki yil o'tgach esa, O'rta Osiyo byurosining plenumida (1927 yil oktabr) ularga boy-quloqlarning manfaatini himoya qilgan, yer-suv islohoti hamda ayollarning ozodlikka chiqishiga qarshi bo'lgan, savdogar va hunarmandlardan olinadigan soliqlarni kamaytirish va davlat apparatini milliylashtirish tarafdori bo'lgan degan, soxta aybnomalar qo'yiladi. "18 lar guruhi" amalda sovetlar hukumati va kompartiyaning

O'zbekistonda olib borayotgan ulug' millatchilik, ish yuritishda mahalliy millat vakillariga nisbatan nopisandlik, mustamlakachilik siyosati, milliy kadrlarning asossiz ta'qib va tazyiq ostiga olinishiga qarshi chiqqanlar va milliy manfaatini himoya qilganlar. Sovetlar davrida yozilgan adabiyotlarda ushbu guruh O'zbekiston kompartiyasi saflarida aksilfirqaviy guruh sifatida baholanadi. Go'yoki bu guruhga a'zo bo'lgan va davlat hamda firqa tashkilotlarida mas'ul lavozimlarda ishlab kelgan F. Xo'jayev, I.Xidiraliyev, R.Rahimboboyev, R. Rafiqov va boshqalarga kompartiyaning yer-suv islohoti yo'liga qarshi chiqqan, boy-quloq yer egaligi manfaatlarini himoya qilgan va mahalliy burjua millatchiligi g'oyasini ilgari surgan degan ayblar qo'yilgan va1925-yillarda o'z vazifalaridan olib tashlangan. F.Xo'jayev esa RKP(b) MQ O'rta Osiyo byurosi komissiyasida qattiq tanqid qilingach, 1927-yilda bo'lib o'tgan O'zKP III Qurultoyida "o'z xatosini bo'yniga olgan va kechirim so'ragan".1 "Qosimovchilik". Bu 1929-1930-yillarda sud-huquq sohasidagi vatanparvar huquqshunos mutaxasislarni mustabid sovet tuzumiga bo'ysundirish (repressiya) ga qarshi harakat edi. O'zSSR Oliy sudining raisi Sa'dulla Qosimov, B.Sharipov, sudyalar M.Mirzokirov, I.Xo'jayev va boshqalar ustidan 1930-yilning martida boshlangan sud jarayoni natijalari oldindan tayyorlangan, yolg'onga aylantirilgan edi. Davlat ayblovchilar S.Qosimov va uning maslakdoshlarining haqiqiy jinoiy ishlarini isbotlay olmadilar. Biroq, ularning Munavvarqori

Abdurashidxonov tomonidan tashkil etilgan " Turk odami markaziyati" partiyasi bilan aloqalari, S.Qosimovning Sulton Segizbayev va advokat Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev, Yaponiyada aslida mavjud bo'lmagan Turkiston Milliy Qo'mitasining muxtor vakili Hasanxon Qori Karimov(1) bilan do'stona munosabatda bo'lganligi bir necha marotaba ro'kach qilindi. S.Qosimov va uning tarafdorlari "bosmachilar"ni qo'llabquvvatlashda, islom dinini himoya qilishda ayblandi. Holbuki, S.Qosimov tergov va sud jarayonida SSSR Oliy sudi tomonidan O'zbekistonning suverenlik huquqi va milliy manfaatlari poymol qilinayotganligini fosh qilishdan cho'chimadi.1

Markazdan kelgan jazo organlari – sud raisi M.Vasilyev-Yujin va prokuror

R.Katanyan ishga ataylab siyosiy tus berishdi. 1929-yil 22-iyunda

S.Qosimov, B.Sharipov, N.Alimov, Spiridonov otib o’ldirishga, qolganlar esa 10 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilindi. Ularning butun molmulki musodara qilinib, davlat hisobiga o’tkazildi.2

Badriddinovchilik”. 1932-yil 5-may – 15-iyun kunlari Toshkent shahrida

SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasining sayyor sessiyasi AntonovSaratovskiy raisligi, qoralovchi SSSR Oliy sudi prokurori R.P.Katanyan ishtirokida Shamsuddin Badriddinov va uning 5 tarafdori ustidan sud jarayonini o’tkazdi. Sud jarayonining borishi doimiy ravishda “Qizil O’zbekiston” va “Pravda vostoka” gazetalarida namoyishkorona yoritib borilgan. Sh.Badriddinov va uning tarafdorlari O’zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 63-moddasi bilan xibsga olinib, iqtisodiy aksilinqilobchi sifatida so’roq qilingan.3

Tataristonning Tuntor qishlog’ida tug’ilgan Sh.Badriddinov 1925-1927yillarda Farg’ona okrugi sudi rasi o’rinbosari, 1929-yil fevralidan Farg’ona okrugani prokurori, 1929-yil noyabridan esa O’zbekiston SSR Oliy sudi prokurori lavozimida ishlagan. Unga “Milliy Ittihod” tashkiloti a’zolari va “bosmachilar” bilan aloqa bog’lagan, Munavvar Qori va S.Qosimovning yaqin do’sti va hamfikri bo’lgan degan ayblovlar qo’yildi. Sh.Badriddinov avval otishga hukm qilinib, so’ngra o’lim jazosi 10 yil qamoq muddati bilan almashtiriladi. Uning 5 nafar tarafdorlari ham turli muddatli qamoq jazosiga hukm etiladi. Sh.Badriddinov 1938-yilda Andijonga qaytib kelib, viloyat matbuot uyushmasida yurist bo’lib ishlaydi. Biroq og’ir kasallikdan so’ng 1942-yil 10-fevralda kasalxonada vafot etgan. U keyinchalik, o’limidan so’ng SSSR Oliy sudi tomonidan 1972-yil 20aprelda oqlangan.1


Download 30,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish