Фуқаролик жамияти замонавий концепцияси-нинг мафкуравий моделлари
Авторитар-социалистик доктрина (“давлат бюрократик социализми” доктринаси)
Социал-демократик доктрина (“демократик социализм” ва “социалистик фуқаролик жамияти” концепцияси)
Mazkur kommunalar o‘zini o‘zi uyushtirishi o‘ziga xos fuqarolik jamiyati turi sifatida qo‘llab-quvvatlangan. Bu haqda batafsil axborotlar A. de Tokvil asarlarida keltirilgan. Bunda demokratik madaniyat kommunal o‘zaro hamkorlik va sherikchilik, shuningdek xristian axloq qadriyatlarining yuqori darajada namoyon bo‘lishi bilan boshqalardan farqlanadi. Shu bilan birga, bu kommunitaristik loyihalarga binoan jamoaviy qadriyatlar individual qadriyatlardan ustun bo‘lib, individlar o‘zaro ishonch va hamkorlik muhitida o‘z qiziqishlarini uyushma qiziqishlariga bo‘ysundirishga tayyor turadi21.
Turli manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mumtoz marksizm zamonaviy diskursning alohida konseptual yo‘nalishi sifatida fuqarolik jamiyatini kelib chiqishini, jamiyatning feodal-aristokratik va paternalistik tizimi o‘rniga kommersiya kapitalizmi davridagi iqtisodiy partikulyarizm bilan bog‘laydi. Biroq, Marks unda individual erkinlik va avtonomiyani emas, sinfiy jamiyatda ob’ektiv mavjud bo‘lgan notenglikni, erksizlik va ijtimoiy-iqtisodiy begonalashuvni berkitib turuvchi niqobni, ya’ni, uning tashqi shaklini ko‘rgan, xolos22.
Keyinroq postmarksistik loyiha doirasidagi nazariyotchilar, fuqarolik jamiyati g‘oyasini qaytadan ko‘rib chiqishga urindi. Shu tariqa, postmarksistik tushunishga binoan, u quyidagicha asoslanadi: fuqarolik jamiyati “oxirgi vaqtlarda paydo bo‘layotgan, jamiyatning erkin ehtiyoriy assotsiatsiyalari, shuningdek, huquqiy va ommaviy institutlari doirasida yuzaga kelgan jamoaviylikning nomumtoz shakllari, nafaqat davlat tizimi doirasidan, balki kapitalistik bozor iqtisodiyoti chegarasidan ham chiqib ketayotgan ijtimoiy birliklar”dir23. Bu kabi qarash markazida, birinchidan, davlat-byurokratik mashinasining “umumiy manfaatlar davlati” sharoitida, ta’sir doirasining kengayib borishi, ikkinchidan, transmilliy korporatsiyalar va globallashuv davrining markazlashgan iqtisodiyotini jamiyatga xavf tug‘dirishi g‘oyasi turadi.
Fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalarini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, ularda mazkur fenomenning ontologik va gnoseologik jihatlariga nisbatan ijtimoiy qarashlarning xilma-xilligini ko‘ramiz. Shuni ta’kidlash o‘rinliki, fuqarolik jamiyatining zamonaviy konsepsiyalari ijtimoiy muammolar tahlilining tizimli mezonlarini ishlab chiqqanligi va ilmiy hamjamiyat oldiga muhim va zaruriy konseptual va amaliy yechimlarni talab qilayotgan yangi masalalarni ko‘ndalang qilib qo‘yganligi muhim ahamiyat kasb etadi. XX asr nafaqat texnik taraqqiyot, balki tizimli fikrlashning shakllanishi va hukmronligi davri bo‘lganligini ham nazardan qochirmaslik lozim.
Европа неоконсерватизми
Либерал анъаналар
Do'stlaringiz bilan baham: |