Reja: Qadimgi hind yozuvining vujudga kelishiga sivilizatsiyaning ta’siri



Download 338,41 Kb.
bet2/2
Sana11.01.2020
Hajmi338,41 Kb.
#33353
1   2
Bog'liq
hind yozuvi paleografiyasi

4VIII- asrdan Kashmirda ishlatiladigan sharada yozuvi; 5) XII-asrdan Nepalda qoʻllangan va hozirgi kunlarda devanagari tomonidan siqib chiqarilayotgan nevari
yozuvi; 6) XV-asrda shakllangan va bengal, assom, sanskrit tillarida qoʻllanadigan bengal yozuvi; 7) boshqa alifbolardan harflar ustidagi gorizontal chiziq oʻrniga yoy shakli qoʻllanishi bilan farq qiladigan oriya yozuvi; 8) nagarining kursiv shaklidan kelib chiqqan va harflar ustida chiziqning yoʻqligi bilan ajralib turadigan gujarot yozuvi; 9)XVI-asrda sikhlar tomonidan joriy etilgan panjob yozuvi – gurmukhidir. Bulardan tashqari, turli yozishmalarda, savdo va ish yuritish sohalarida ishlatiladigan kaythiy (hindiy tili tarqalgan joylarda), mahajaniy (Rajasthan shtatida va shu yerdan chiqqan savdogarlar orasida), landa (Sind va Panjobda),
moʻdiy (Maharashtrada) va boshqa yozuv turlari mavjud. Bu yuqorida aytib o’tgan hind yozuvining asosiy 3 tarmog’idan biri shimoliy guruhiga kiruvchi yozuv turlaridir. Hind yozuvining janubiy tarmog’iga V-VI asrdan shakllangan, biroq
qoʻlyozmalarda XVI-asrdan boshlab qayd etilgan grantha yozuvi (sanskritcha
matnlarni yozish uchun qoʻllangan) hamda janubiy Hindistondagi zamonaviy
4ta adabiy til-kannada, telugu, malayalam va tamil tillaridagi matnlarni
yozishda qoʻllanadigan alifbolar kiradi. Bu tarmoqdagi yozuvlar harflarning du-
maloq shaklda yozilishi bilan ajralib turadi. Hind yozuvining janubi-sharqiy tarmogi Hindistondan tashqarida va asosan qadimiy pali yozuvi asosida shakllangan singal, kxmer, laos, tay yozuvlarini, shuningdek, Hindixitoy va Indoneziyadagi eski yozuvlarni qamrab oladi. Mazkur yozuvlarning shakli
shamoyilidagi oʻxshashlik ular qoʻllanadigan tillarning fonologik jihatdan
oʻxshashligini anglatmaydi. Maslan, devanagari yozuvi hindiy tiliga nisbatan
harf-tovush yozuvi hisoblansa-da, boshqa koʻpchilik tillarda fonema va grafema
oʻrtasidagi nisbatning u yoki bu darajada buzilganligi kuzatiladi.

Hind alifbosidagi harflar. Undoshlar:



क ka / kə / ख kha / kʰə / ग ga / gə / घ gha

/ gʱə / ङ ṅa / ŋə / च ca / cə/ छ cha / cʰə

/ ज ja / ɟə / झ jha / ɟʱə / ञ ña / ɲə / ट ṭa /

ʈə / ठ ṭha / ʈʰə / ड ḍa /ɖə/ ढ ḍha / ɖʱə / ण

ṇa / ɳə / त ta / tə / ̪ थ tha / tʰə / ̪ द da / də̪

/ ध dha / dʱə / ̪ न na / nə / प pa / pə / फ

pha / pʰə / ब ba / bə / भ bha / bʱə / म ma

/ mə / य ya / jə / र ra / ɾə / ल la / lə / व va

/ ʋə / श śa / ʃə / ष ṣa / ʂə / स sa / sə / ह

ha / ɦə /

Qo’shimcha undoshlar:

क़ qa / qə / ख़ k͟ha / xə / ग़ ġa / ɣə / ज़ za /

zə / य़ zha / ʒə / ड़ ṛa / ɽə / ढ़ ṛha / ɽʱə / फ़

fa / fə /

Unlilar: अ a/ə/ili/ä/ क /ka/; आा ā/ä/ का /kā/; Ȯइ i/i/ ȱक /ki/; ईी ī/i/ कɡ /kī/; उ u/u/ कु /ku/; ऊू ū/u/ कू /kū/; ऋृ ṛ/ṛ/ कृ /kṛ/; ॠॄ ṝ/ कॄ /kṝ/; ऌॢ ḷ/ḷ/ कɴ /kḷ/; ॡॣ ḹ/ḷ/ कɸ /kḹ/; ए e/e: / के /ke/; ऐै ai/əi/ ili /ai/ कै /kai/; ओो o/o: / को /ko/; औौ au/əu/ili/au/ कौ /kau/;

Yozuvdagi mavjud boshqa belgilar:

◌ँ कँ /kam̩ / Anunasika ◌ं /an/̩ कं /kan/̩ Anusvara ◌ः /ah/̩ कः /kah/ Visar ̩ ga ◌् क् /k/ Virama ◌ॅ /?/ ऑ /?/

Sonlar: 0-०, 1-१, 2-२, 3-३, 4-४, 5-५, 6-६, 7-७, 8-८, 9-९

Hind yozuvi tarixi haqida gapirilganda, Sanskrit yozuvi shakliga to’xtalib o’tmaslikning iloji yo’q. Chunki bu yozuv juda mashhhurdir va hindlarning eng sevimli qadmgi asarlari shu tilda yozilgan. Sanskrit so’zining lug’aviy ma’nosiga to’xtaladigan bo’lsak “sam skrta”- o’zbek tiliga “mukammal”, “sayqallangan” deb tarjima qilinadi. Hind-yevropa tillari oilasiga kiruvchi qadimiy hind tillaridan bir sanaladi. Qadimiy hind lahjalari asosida shakllangan va mil. av. 1-asrda Shimoliy Hindistondakeng tarqalgan. Sanskritning bir necha turi bor:

Epik Sanskritda. ("Mahabharata" va "Ramayana" tili), Klassik sanskritda (qatʼiy


meʼyorga tushirilgan til, mil. av. 4-asrda yaratilgan Panini grammatikasida oʻz
ifodasini topgan), budda (yoki gibrid) nomi bilan ataluvchi sanskritda (budda dini bilan bogʻliq adabiyot tili), jayn sanskriti (jayn diniga oid adabiyot tili), veda
tili yoki veda sanskriti ( Vedalar) kabi turlari mavjud.

Bu Sanskrit yozuvidagi harflarning ko’rinishi

Sanskrit yozuvida 7 ta kelishik, 3 ta jins va 3 ta grammatik son kategoriyalari mavjud. Feʼlda zamon va mayl tizimi nihoyatda rivojlangan. Nutqda soʻz va
morfemalarning qoʻshilishi qoidalari (sandhi) turli-tuman. Qoʻshma soʻzlar
keng qoʻllanadi. Baʼzi hollarda bitta qoʻshma soʻz butun bir gapga teng
keladi. Sanskritda da juda koʻp diniy, falsafiy, ilmiy asarlar yaratilgan, ayniqsa, badiiy adabiyot keng rivojlangan. Sanskrit tili Hindistonda gumanitar fanlar va ibodat tilidir. Tor doirada olim brahmanlar Sanskritdadan soʻzlashuv tili sifatida foydalanadilar. Sanskrit tilida yaratilgan madaniy meros qoʻshni mintaqalar (Janubi-sharqiy va Markaziy Osiyo)ga, XVIII-asr oxirlaridan boshlab esa Yevropa va Amerikaga ham taʼsir oʻtkazgan. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning boshlanishi Sanskrit tiling ning kashf etilishi va oʻrganilishi bilan bogʻliq. Sanskritdagi matnlarni yozuvda ifodalash uchun asli brahmi yozuvidan kelib chiqqan bir qator alifbolardan (kharoʻshthi, gupta, nagari, kushon yozuvi va boshqalar) foydalanilgan. Sanskritni ancha yillardan beri olimlar o’rganib kelishadi. Misol tariqasida V.V Ivanov, V. N Toporov, M.T Barrou kabi sanskritshunos olimlarni aytishimiz mumkin.

Hind vodiysida yozuvning mavjud bo’lganligi u yerda madaniyat qanchalik yuqori bo’lganli yuqorida keltirgan misollarimiz orqali anglab olish juda ham oson. Bu hududdan 2000 dan ortiq yozma manbalar topilgan. Ular 400 dan ortiq belgini o’z ichiga oladi. Bu yozuvlar to’rt qirrali muhrlar bilan birgalikda sopollarga , bronza pichoq va mis likopchalariga, fil suyagidan yasalgan buyumlarga yozilgan. Muhrlarda asosan hayvonlar tasvirlangan. Shuningdek, o’n yoki o’ndan ko’proq belgilar bilan yozilgan yozuvlarga ham duch kelish mumkin. Yozuv uchun palma barglari ishlatilgan taxmin qilinadi. Ammo, ular bizgacha yetib kelmagan. Olimlarning fikricha, yozuvlar fonetik belgilar, ayrimlari ideogrammalar (biron-bir ma’noni bildiradigan shartli belgilar)dan iborat. Maxsus chiziqlar sonlarni ifodalagan. Yozuv o’ngdan chapga yozilgan. Yozuvlar tilini ba’zi tadqiqotchilar masalan, T. Berru, M.B Emeno dravid tillari guruhiga mansub ekanligini ta’kidlaydilar. Mana bir necha o’n yildirki olimlar Xarappa yozuvlari ustida ish olib bormoqdalar. Bunga qiziqish o’tgan asrning ikkinchi yarimidan boshlab ortib bordi. Yozuvlarning shummer, etrusk yozuvlariga yaqinligi haqida fikrlar bildirilgan. Hind yozuvlarining qay darjada murakkab ekanligini, olimlar bu tilni qanday tarzda shakllangaligini o’rganish uchun uzoq vaqt davomida vaqt sarflayotganligidan ham bilib olish u darajada qiyin ish emas. Chunki til o’z ichida ham bir necha guruhlarga bo’lininb ketishi ham uning ustida ilmiy olib borishni ham yanada murakkablashtiradi. Bugungi kunda hind yozuvidan dunyo aholisining 20% i foydalanadi. Chunki Hindiston aholisi soni bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turganligi sababli shu foizni tashkil etadi.



O’rta asrlarda yashagan olimlardan biri Abu Rayhon Beruniy Hindiston davlatiga juda ham qiziqib qoladi. Hatto hind tilini o’rganib Hindistonga ham safar uyishtirdi. Bu narsa Hindiston uzoq o’tmishdan bizning xalqlar bilan savdo-sotiq, ilm-fan sohalarida juda ham yaqindan aloqa olib borganligidan dalolat beradi. Bеruniy Hindistonga salkam ming yil oldin borgan. Bu paytlarda olim ancha yеtilgan, ilmiy mulohazalari va asarlari bilan omma orasida tanilgan edi. U darhol Qadimgi Hind tilini o‘rganishga kirishadi. Ungacha esa astronomiya, matеmatika, falsafaga oid ba’zi kitoblarni Hind olim va tarjimonlari orqali o‘rganib bordi va shu tariqa u Qadimgi Hind faniga sho‘ng‘ib kеtadi, uni chuqur o‘rganadi. Hatto u Hind olimlari bilan munozaralar olib boradi.Bu holni Bеruniyning o‘zi quyidagicha bayon etadi. “Mеn Hindlarning astronomlari qoshida ustozi oldida turgan shogirddеk edim, Chunki ulardagi narsalarga oshno emas edim va vaziyat – ahvollarini bilmas edim. Ular bilan tanishishga bir oz yo‘l topolgach, ular hayotidagi qoloqlikni va buning uchun barhamanlarnikidan ba’zi dalillarni ko‘rsatadigan bo‘ldim. Shunda, ular mеnga hayron qolib ajablanar va mеndan foydalanishga intilar edilar, ular qaysi Hind olimlari bilan uchrashganimni,
hatto bu ilmlarimni ularning qaysi birisidan o‘rganganimni so‘rar edilar. Mеn esa ularga o‘z darajalarimni ko‘rsatar va ulardan juda ustun kеlar edim. Hatto, mеni “sеhrgar” dеb va ulug‘ kishilari oldida esa ilm dеngizi yo suv dеb maqtar edilar. Bu hol esa, suv achib buzilsa, uni tuzatish uchun sirka zarur va aziz bo‘ladi, dеyilgan maqolni esga kеltiradi. Hindistonda ahvolim mana shunday edi. Bu sohaga kiravеrish mеni charchatdi. Shu bilan birga, o‘sha kunlarda ularning kitoblari bor dеb gumon qilingan joylardan to‘plashga, hеch kim tеnglasholmaydigan darajada qiziqardim, kitoblarni bеkitib qo‘yilgan joylardan topib olishga yo‘l ko‘rsatuvchi kishini oldimga chaqirib, baxillik qilmasdan, mumkin bo‘lganicha, unga ehson qilar edim. Shunday kitob vujudga kеltirish ishi mеndan boshqa kimga muyassar bo‘ldi?! Lеkin tangri muvaffaqiyat bеrib, mеn mahrum bo‘lgan harakatlarga qodir bo‘lgan kishigagina muyassar bo‘lishi mumkin. Mеn bu harakatlar — buyurish va qaytarish ishlarida “Tut — qo‘y”
dеbhukmronlik qilishdan ojizlik qilardim. Ammo kifoya qilarli miqdorda harakatga
muvaffaq bo‘ldim”. Shu tariqa Hind fanini o‘rganishga kirishgan Bеruniy chindan ham katta yutuqlarga erishdi, Hind fani, falsafasi, tarixiga oid qimmatbaho fkr-mulohazalarini qoldirdi.Kalkutta univеrsitеti profеssori S.K.Chattеrjining aytishicha, Bеruniy Hind muallifning tiliga xos originallikni shunday yaxshi bilardiki, hatto bunday kishilarning o‘sha til egasi bo‘lgan Hind xalqi ichidan chiqishi ham kamdan-kam uchraydigan voqеa edi. Eramizning 1040- yillarida, dеydi S.K.Chattеrji, bizga ma’lum bo‘lishicha, madaniyat olamida Hind, musulmon va elinining madaniy mеrosini bir xilda chuqur, har tomonlama bilgan faqatgina bir kishi bo‘lgan, u ham bo‘lsa, Bеruniy edi. Bеruniy, - dеydi u, - birinchi hindshunos olim bo‘lishbilan birga, barcha davr hindshunoslarining ham
eng mashhuridir. Bеruniy, bir tomondan, o‘zining har tomonlama va aniq ma’lumoti tufayli, ikkinchi tomondan esa, sabr-toqati va ob’еktivligi tufayli insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biri hisoblanishi kеrak. Bеruniyning “Hindiston” asari sakson bobdan iborat bo‘lib, ularda qo‘yilgan masalalardan olimning naqadar mulohazasi zo‘r, fkr doirasi kеng ekanligini tasavvur qilish
mumkin.Asarda Hindlarning tangri haqidagi tushunchalari, ularning aqliy va hissiy
mavjud narsalar, jonning moddaga aloqasi haqidagi fkrlari, ruhlarning bir tanadan ikkinchisiga o‘tishi (tanosux) haqidagi qarashlari, mavjudotning jins va nomlari, bayramlar, da’volar, mеros masalasi, qonun-qoidalar, jazolar, diniy hukmlar, butsanamlarga ibodat qilishning boshlanishi va ularning yo‘sinlari, hindlar grammatikasi, shе’r va boshqa sohalarga oid kitoblari, hind o‘lchovlari, xatlari, hisoblari kabi masalalar joy olgan. Undan tashqari, bu kitob Hindlarning shaharlari, mamlakat chеgaralari va ularning boshqa o‘lkalar orasidagi masofalari, yеr va osmon to‘g‘risida hamda ularning diniy kitoblaridagi tushunchalar haqida qimmatbaho manba xizmatini o‘taydi. Asar har bir masala ustida o‘sha davr fani, ma’rifati yo‘l bеrgan darajada fkr-mulohazalarni qamrab olgan. Unda Hind daryolari, ularning boshlanadigan va quyiladigan joylari, turli-tuman yo‘llar, Hind olimlari e’tiqodicha, dunyoda odam yashaydigan yеr qismlari, muddat, vaqt haqidagi tushunchalar, kеcha va kunduz, kunning kichik bo‘laklari, eralar yoritgichlar, ularning‘ bir-biridan uzoqligi va kattaligi, dеngiz suvlarining ko‘tarilishi va pasayishi, quyosh va Oy tutilishi kabi masalalarga to‘xtalgan. Shuning uchun Hind tillarining umumiy taraqqiyoti jarayonini tiklashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan va o‘sha davrda Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismidagi tillarda mavjud bo‘lgan sanskrit va yangi Hind elеmеntlarini chеgaralash Hind yozuvining o‘ziga xos xususiyatlarini arab alifbеsi yordamida grafkifodalanishi masalasiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Bu nuqtai nazar Bеruniy asarida ancha mukammal ishlab chiqilgan, chunki mеtodologik xususiyatga ega bo‘lgan mulohazalar shuni taqozo etardi. Hind so‘zlarini arab harflari bilan ifodalashdan avval, Bеruniy, aftidan Hind grafkasining spеtsifk xususiyatlarini mukammal o‘rganib chiqqan. Bu haqda uning quyidagi fkri ravshan dalil bo‘la oladi: “Hindlar (alifbеsida) harflarning ko‘p bo‘lishiga sabab (birinchidan), har bir tovushning unli (tovushdan) kеlishiga yoki ikki undosh orasida bo‘lishiga, yo hamzadan kеyin kеlishiga, yo harakatmiqdoridan ko‘ra kamroq cho‘zilishiga qarab, o‘ziga maxsus bеlgisi (harf) borligidir; (ikkinchidan), boshqa tillarda topilmaydigan undosh (tovush) larning ularda bor bo‘lishligidir”. Bunday ifodalash uzun va qisqa bo‘g‘inlarni ajratuvchi Hind grafkasining o‘ziga xos xususiyatini original ravishda aks ettiradi va Hind tillariga xaraktеrli bo‘lgan paydo bo‘lish o‘rni
bo‘yicha undoshlarning spеtsifkasini nazarda tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Download 338,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish