Qadimgi Eron madaniyati
Qadimgi Eron mafkurasida er. av. I ming yillikda shakllangan diniy ta'limot zardushtiylik muhim o'rin egalladi. Zardushtiylik Midiya podshosi Astiag davridayoq rasmiy dinga aylangan edi. Zardushtiylik dinining kohinlari diniy an'ana urf-odat va rasmrusumlarni saqlovchi maglar bo'lgan. Zardushtiylik odamlarni qurbonlik qilishni taqiqladi, odamlarni bir-biriga mehribon bo'lishni targ'ib qildi. Doro I er. av. 520-yil atrofida zartushtiylikni rasmiy davlat dini deb e'lon qildi. Forsda qadimgi zardushtiylik tabiat xudolari Mitra (quyosh xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi) va yorug'lik, oy, shamol kabilarni o'zida ifodalagan xudolarga sig'inilgan. Fors podsholari zardushtiylikning afzalligini tan olib, rasmiy din sifatida qabul qilgan bo'lsalarda, eng qadimgi xudolardan voz kechmaganlar. Ahmoniylar boshqa dinlarga ham homiylik qilganlar.
Doro I Bobil, Elam va Yaxudiyadagi buzib tashlangan ibodatxonalarni qayta tiklashga buyruq beradi. Misr ishg'ol qilingach, Kambiz Misr urf-odatlari bo'yicha toj kiydi. U Sais shahridagi ma'buda Neyt ibodatxonasida diniy marosimlarga qatnashadi. Doro I o'zini ma'buda Neytning o'g'li deb e'lon qiladi, xudo Amon va boshqa Misr xudolariga bag'ishlab ibodatxonalar quradi. Diniy e'tiqodni markazlashtirish maqsadida Kserks (er. av. IV asr) Eronda diniy islohot o'tkazadi. U Mitra, Anaxita va Zardusht inkor qilgan boshqa qadimgi ibodatxonalarni yo'q qilmoqchi bo'ladi. Bu islohot o'z maqsadiga erishmaydi, yarim asrdan so'ng, qadimgi xudolarga sig'inish yana keng avj oladi. Ahmoniylar ibodatxonalarni iqtisodiy qudrati haddan tashqari kuchayib ketmasligiga yo'l qo'ymaslik uchun Misr, Bobil va Kichik Osiyodagi ibodatxonalarni davlat soliq majburiyatlarini o'tashga majbur qiladilar.
Ahmoniylar davlati uchun turli xalqlarning madaniyati va diniy qarashlarni sinkretizmi xarakterli edi. Mamlakat turli hududlarining doimiy iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy aloqasi, madaniyatlarining o'zaro ta'siriga ijobiy turtki beradi. Turli xalqlarning yagona davlat hududiga yashab turishi xalqlarning, ilmiy bilimlari, san'at va adabiyotlarning bir-birini boyitishiga olib keldi. Forslar va boshqa xalq-elatlar Bobil, Misr va Elamning qadimiy madaniyatlarini o'zlashtirib oladilar. Forslarning eng katta madaniy yutuqlaridan bin o'ziga xos mixxatning yaratilishi bo'lgan. Fors mixxati akkad alfavitidan farq qilgan holda bor-yo'g'i 40 belgidan iborat bo'lib deyarli alfavitli yozuv bo'lgan.
Qadimgi fors me'morchiliginmg ulug'vor inshootlari Pasargad va Suzadagi saroy ansambllari edi. Pasargad shahri maydoni 135000 kv.mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 12000 kv.m sun'iy maydon hosil qilingan. Tog' qiyaliklarini tekislash bilan bu sun'iy maydonda shahar uch tomondan devor bilan o'rab olinib, to'rtinchi tomoni tog' qoyasiga chiqadi. Fors podsholari barpo qilgan Persepol saroyiga I10 zinapoyali keng hashamatli pillapoyadan chiqilar edi. Doro I ning saroyi (apadana) 3600 kv.m. katta, tomining balandligi 20 m bo'lgan 72 ustunli zali bilan mashhurdir. Zinapoyaning bir tomonida relyeflar bilan 33 qaram xalqlarning xiroj olib kelayotgani tasvirlangan. Bu haqiqiy etnografik muzey, qaysiki bu yerda turli xalq va qabilalarning o'ziga xos kiyimlari, qurollari va ularning kasblarini ifodalaydigan tasvirlari toshga o'yib tushirilgan.
Persepolda boshqa ahmoniy podsholarning saroylari ham joylashgan. Persepoldan 3 km. uzoqlikda Naqshi Rustam deb nomlangan qoyalarda Doro I va boshqa fors podsholarining relyeflar bilan bezatilgan qabrlari mavjud. Doro I davrida Suzada katta qurilishlar olib borilgan. Qurilish ashyolari 12 mamlakatdan olib kelingan. Doro I ning yozuvlarida shunday deyilgan: «Kedr daraxti Livan tog'laridan olib kelingan, Suzaga uni kariylar, bobilliklar olib kelishdi. Yog'och Gandxara va Karmaniyadan olib kelingan. Bu yerda ishlatilgan oltin Lidiya va Baqtriyadan olib kelingan. Feruza Xorazmdan, kumush, eban daraxti Misrdan, saroy devorlari uchun bezaklar loniyadan, ill suyagi Efiopiya va Kariyadan olib kelingan edi. Tillakor ustalar midiyalik va misrliklar edi.
Yog'ochga naqsh beradiganlar misrliklar bo'lgan. Ahmoniylarning saroylari fors davlatining kuch-qudratini ramziy ma'noda aks ettirishi kerak edi.
Qadimgi fors san'ati, Eron madaniyati an'analari Bobil, Misr, Osuriya va boshqa xalqlarning badiiy an'analari va texnika usullarining sintezi edi.
Qadimgi fors san'ati namunalari icnida nozik did bilan ishlangan toshdan ishlangan vazalar, metall qadah, fil suyagidan yasalgan jiton qadahlar, zeb-ziynat buyumlari, lazurit haykallar mavjud. Badiiy buyumlar ichida agat, xalqidon. Yashma kabi qimmatbaho toshlardan ishlangan silindrsimon muhrlarda podsholar, afsonaviy qahramonlar va afsonaviy mavjudotiar tasviri tushirilgan. Ular ninoyatda mohirlik, bilan yasalgan bo'lib, haqiqiy san'at asari hisoblanadi. Fors san'atida, ayniqsa, o'simlik va hayvonlarni hayotiy tasvirlari bo'lgan badiiy buyumlar bizni hozirgacha hayratga soladi6.
Do'stlaringiz bilan baham: |