Mavzu: Q.Yo`ldoshevning mustaqillik davri adabiy jarayoni yoritilgan adabiy-tanqidiy maqollari yoritilgan biografiyasini tuzish
Reja:
1. Q.Yo`ldoshevning mustaqillik davri adabiy jarayonlari
2. Adabiy-tanqidiy maqollari yoritish
3. Adabiyotshunoslikning oziga xos tarkibiy qismi.
4. Xulosa
5 Foydlanilgan adabiyotlar
Tahlil va talqinlar-badiiy asar bahosini belgilashdagi bosh mezon. Ayni vaqtda ular adabiy tanqidning muhim tarkibiy asoslari. Adabiy tanqid esa adabiyotshunoslikni tutib turadigan mustahkam uch ustunning biri. U badiiy asar vositasida hayot, insonlar haqida mushohada yuritadi; badiiy asarning ijtimoiy-madaniy munosabatlardagi orni, vazifasi, milliy-mafkuraviy, umuminsoniy mohiyatini yoritadi; badiiy asarning falsafiy-estetik mohiyatini, tarixiy-madaniy qatlamdagi ornini belgilaydi; adabiy matn tahlili orqali badiiyatga doir kamchilik, yetishmovchiliklarni ochadi yoxud tanqidning saralovchilik vazifasini amalda isbotlaydi; badiiy asarga singdirilgan, uning «joni»ga aylanib ketgan gozalliklarni nozik kashf etadigan, ilmiy-mantiqiy xulosalarga asoslangan talqin vositasida ularni yuzaga chiqaradi; adabiy talqinning xulosa, natijalarini badiiy asar bahosini belgilashga yo'naltiradi.
Adabiy tanqid, xususan, talqin haqidagi qarashlarning asosiy manbai ozlashtirish nafosatshunosligi (retseptiv estetika)dir. Madaniyatli inson borki, qadriyatlarni e'zozlash, organish, ozlashtirish yolidan boradi. Bu murakkab jarayon, ruhiy-ma'naviy holat. Qadriyatlarni ozlashtirish, anglab yetish retseptiv estetika predmetidir. Ozlashtirish nafosatshunosligi qadriyat, xususan, badiiy ijod namunalarini qabul qilish, ruh-ongga singdirish jarayonini yoritsa, adabiy talqin ozlashtirilgan qadriyat, gozallikning hayotga qaytarilishi, boyitilgan qadriyat sifatida qayta tugilishi holatidir.
Totalitar tuzum va uning mafkurasi milliy respublikalar xalqlarining tarixidan, madaniyati ildizlaridan mahrum etibgina qolmay, diniy an'analari va urf-odatlarini ham payhon qilib tashladi. Diniy madaniyat orniga bu xalqlarga berilgan shoro ta'limoti esa ular imkonini salomat olib qololmadi. Songgi yillarda dinga erkinlik berilishi, islom ta'limotiga oid ilmiy ommabop asarlarning paydo bolishi va boshqa tadbirlar natijasida ozbek she'riyatida islom asotirlari va goyalari bilan sugorilgan she'rlar paydo boldi.
Abdulla Oripov «Haj daftari» va «Hikmat sadolari» turkumi bilan XX asr ozbek she'riyatiga diniy-ma'rifiy goyalarni birinchi bolib olib kirdi. U Rabguziyning «Qissai Rabguziy» asari va Ismoil Buxoriyning «Hadis»larini organish, «Qur'oni Karim»ni oqish asosida ularda bayon qilingan diniy-ma'rifiygoyalar butungi yosh avlodni yuksak insoniy madaniyat, imon va e'tiqod ruhida tarbiyalash mumkinligini zukkolik bilan sezdi.
Bu borada Abduvali Qutbiddin ham samarali ijod qilayapti. U o'z goyasini gayritabiiy garoyib manzaralar, tasvirlar zamiriga singdiradi. Sirtdan qaraganda uning tashbehlariga yuklangan fikr, tuygular ko'ngil ko'zida aks ettan mutlaqo noreal, tushdagi kabi tartibsizlikday ko'rinadi. Lekin chuqurroq mushohada qilinsa, uning mohiyati anglashiladi. Chunki diniy qarash falsafa ob'ekti real hayot emas, inson ruhiyati, ruhiy hayot, boqiy dunyodir. Zeroki shunday ekan, tasvirning gayritabiiy bolishi hayron qolarli hol emas. Biroq gap tasvir va tashbehlarning realligida emas, uning zamirida yotgan fikr hamda uning mohiyati muhimdir.
Hozirgi adabiy jarayon adabiyotshunoslikning oziga xos tarkibiy qismi.
1. Hozirgi adabiy jarayon adabiyotshunoslikning oziga xos tarkibiy qismi. Istiqlol tufayli Respublikamizning barcha sohasida ijtimoiy, iqtisodiy, shuningdek, siyosiy hayotida katta ozgarishlar sodir boldi. Tarixiy va milliy qadriyatlarga munosabat tubdan yangilandi, madaniyat, ma'naviyat, mafkura yonalishida ham sezilarli ozgarish roy berdi va berayapti. Bu hol Respublikamizning madaniy ma'naviy hayotida hamda taraqqiyotida katta omillik rolini ham otayapti.
Ma'lumki, hayotda, jamiyatda roy bergan ozgarish albatta adabiyotda oz aksini topadi. Hozirgi adabiy jarayon milliy va madaniy merosni ajralmas qismidir. Adabiy jarayon va adabiy tanqid, adabiy-nazariy qonuniyatlar va yonalishlar. Adabiy jarayon va tarjima adabiyoti, badiiy adabiyot va nazariy adabiyotning ozaro aloqasi bir-birini boyitishdan iborat. Hozirgi adabiy jarayon fan sifatida badiiy adabiyot janrlarini hozirgi kun romanchiligi, qissachiligi, hikoyalari, she'riyati, adabiy tanqidchiligi kabi janrlarning oziga xos xususiyatlarini badiiylik va zamonaviylik prinsiplari asosida korib chiqadi.
Istiqlol tufayli ma'naviy qadriyatlarga, madaniyatga, jumladan, soz san'atiga nisbatan munosabat tubdan ozgardi. Yangi davr nafaqat adabiyotimiz tarixiga, balki zamonaviy adabiy -badiiy jarayonga ham yangicha goyaviy-estetik mezon bilan yondashishni taqozo qiladi.
XX asr ozbek she'riyatining erk uchun olib borgan kurashi e'tiborga loyiqdir. U ikki bosqichga egadir: birinchisi, asrimizning ilk bosqichiga, ikkinchisi esa, oltmishinchi yillarga togri keladi.
Hozirgi ozbek she'riyatining ma'naviy miqyosi, badiiy, salohiyati kundan-kunga osib boryapti. Shu ma'noda hozirgi ozbek adabiyotida lirika alohida oringa ega. Unda zamondoshimiz qalbida kechayotgan his-tuygularni aks ettirish barobarida, jamiyatimizning har bir a'zosida mustaqillikka shukronalik, porloya; kelajakka bolgan ishonchni mustahkamlashga xizmat etmoqda. Bu kun she'riyatining tabiati va uning zamiridagi falsafiy goyani ochib berish, uning yetakchi goyaviy - badiiy tamoyillarini aniqlash, o’zbek she'riyatining istiqboldagi taraqqiyotini ham oldindan belgilashga imkon beradi.
Ma'lumki, ijtimoiy hayotda kechayotgan evrilishlar lirikada aks-sado beradi. Birinchi navbatda, Oʻzbekistonning mustaqillik maqomiga ega bo’lishi bilan milliy uyg‘onish g‘oyalari balqib turgan she'rlarga alohida e'tibor berish lozim bo’ladi. Biz Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Oydin Hojieva, Halima Xudoyberdiyeva, Jamol Kamol, Muhammad Yusuf, Xurshid Davron, Azim Suyun, Iqbol Mirzo kabi shoirlarning she'rlarida kitobxonni yangi tarixiy voqelikni his qilishga, yangilanish va poklanishga chorlovchi goyalarni ko'ramiz. Bu goyalar avvalgidek hayqiriqlar tarzida baland pardalarda aytilgan, ammo yurakka yetib bormaydigan sozlar bilan tarannum etilgan emas. Aksincha, yurak qa'ridan, yurak qonlariga qoshilib chiqqan, shuning uchun ular boshqa yuraklarga ham yetib bordi va bormoqda. Shu tarzda xalqni mustaqillik yoliga chiqib olgan xalqni uygotuvchi, unda milliy gurur va e'tiqod, istiqlol va istiqbolga ishonch tuygularini ardoqlovchi she'rlar bugungi adabiy jarayondagi birinchi va yetakchi tamoyil hisoblanadi,Hozirgi adabiy jarayon fanining maqsad va vazifalari.
Hozirgi adabiy jarayon fanining maqsad va vazifalari. Hozirgi adabiy jarayon fani bevosita adabiy jarayondagi yangilanishlardan talabalarni boxabar qilishi bilan birga ularni baholashga orgatadi. Amaliy jihatdan esa talaba adabiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanadi. Hozirgi adabiy jarayon fani talabani nafaqat ozbek adabiyoti, balki jahon adabiyotida kechayotgan yangilanishlar bilan tanishtiradi. Fan boyicha talabalarning bilim, konikma va malakalariga quyidagi talablar qoyiladi. Talaba: - eng muhim epik, lirik, dramatik asarlarni tahlil qilish, adabiy tanqidchilik bilan hozirgi adabiy jarayonni boglab tushuntirish kategoriyalari togrisida tasavvurga ega bolishi;
- bugungi adabiyotda kechayotgan jarayonlarni tahlil qila olishi, ozbek adabiyotining bugungi holatini dunyo adabiyotida kechayotgan jarayonlarga qiyoslay bilishi va ulardan foydalana olishi;
- badiiy asarni tushunib, anglab, tahlil qilib oqiy olish, badiiy ijod falsafasini, psixologiyasini adabiy siymolarning ijod laborotoriyasi misolida tushuntirib bera olish konikmasiga ega bolishi kerak.
Bugungi ozbek she'riyatida kozga tashlangan uchinchi tamoyil adabiyotning soz san'atligi, uning oziga xos xususiyatlari bilan bogliq. Oybek yosh kitobxonlarga murojat etib, ularga she'riyatni sevish, undan bahramand bolish lozimligini ta'kidlar ekan, bunday yozgan edi; «She'riyat dunyosi, muzikasining sehrli kuylari, bahor shabadasi kabi, sizning qalbingizga eng gozal inson husnini beradi, nafis zavq bagishlaydi. She'riy va muzika dunyosida xulqingiz nozik gozallik, chuqur hissiyot kashf etadi. Taassuflar bolsinki, sovet davrida she'riyatning ana shu, bahor shabadasi kabi, inson qalbiga eng gozal inson husnini vazifasini ado etishga yaramadi. U fuqarolik goyalari deb atalgan zalvorli yukni kotarishdan nariga otmadi. She'riyat bunday ogir yuklardan bir qadar ozod bolgan hozirgi davrda endi ozining birlamchi vazifasini bajarishi kishilar qalbiga nazokat va nafosat gullarini sochishi tuygularini tarbiyalashi, zavq-shavq bagishlashi lozim. Bu borada M. Yusufning «Ishq kemasi», E. Shukurovning «Sochlari sumbula sumbul» H. Ahmedovning «Tungi marvarid gullar», H. Asqarning «Tongning bedor kozlari» toplami va yoshlarning qator she'rlari misol bola oladi.
Tortinchi tamoyil sof milliy xususiyatga, ya'ni millat ruhiyatining bor korinishi, oz ifodasini topgan she'riyatning yuzaga kelishi.Adabiy jarayon
Reja:
Adabiy jarayon tushunchasi.
Adabiyot taraqqiyotining ichki va tashqi omillari.
Adabiy jarayonni davrlashtirish.
Adabiyotshunoslikda "adabiy jarayon" atamasi tor va keng manolarda qollanadi. Keng manoda qollanganda adabiy jarayon atamasi badiiy adabiyotning eng qadimgi davrlaridan to hozirgi kunga qadar davom qilib kelayotgan uzluksiz taraqqiyot jarayonini bildiradi. Tor manoda esa ushbu atama ostida muayyan bir davr adabiy jarayoni, undagi badiiy adabiyotning mavjudligi va rivoji bilan bogliq barcha narsa-hodisalar, jarayonlar tushuniladi. Masalan, XX asr boshlaridagi Turkiston adabiy jarayoni deganda osha davr adabiy-ijtimoiy hayoti (yani, unda faoliyat korsatgan ijodkorlar, ularning ozaro munosabatlari; jamiyat hayotida yetakchilik qilayotgan goyalar, ijtimoiy maqsad va intilishlar va h.), davrning xarakterli adabiy-estetik hodisalari (badiiy adabiyotdagi yangiliklar, yangi adabiy-estetik tamoyillarning vujudga kelishi, yangi janrlarning paydo bolishi, adabiyotning real hayotga yaqinlashuvi, uning ijtimoiylashuvi va h.), adabiyotning u yoki bu yonalishda rivojlanishiga tasir korsatgan ichki va tashqi omillar (ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat, madaniy-marifiy sharoit, adabiy aloqalar, adabiy anana va yangilik munosabati) ... - qisqasi, badiiy adabiyotga bevosita yoki bilvosita aloqador bolgan barcha narsa-hodisalar, jarayonlar nazarda tutiladi.
Agar badiiy adabiyotning eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechayotgan uzluksiz rivojlanish jarayoniga nazar solinsa, bu jarayon kishilik jamiyatining taraqqiysi, uning ijtimoiy-iqtisodiy, umumadaniy va umummarifiy rivojlanishi bilan baqamti kechayotgani koriladi. Shu bois ham adabiyotshunos muayyan davr adabiy hodisalarini organganda ijtimoiy-tarixiy sharoitni albatta etiborga oladi, chunki har bir davr adabiyotining rivojlanish darajasi, undagi turfa adabiy hodisalar kop jihatdan ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bogliq boladi. Ijtimoiy-tarixiy sharoit deganda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, umummadaniy va umummarifiy holati tushuniladiki, bular bari badiiy adabiyot taraqqiyotining tashqi omili sanaladi. Malumki, jahon hamjamiyatiga kiruvchi turli millatlarning ijtimoiy taraqqiyot darajasi turlicha bolib, bu narsa milliy adabiyotlar taraqqiy darajasida ham oz aksini topgan. Etiborli jihati shundaki, umuman kishilik jamiyati taraqqiyotining malum bosqichlariga xos ijtimoiy-tarixiy sharoit har bir konkret jamiyat rivojida mohiyatan oxshashdir. Shunga kora milliy adabiyotlar taraqqiyot bosqichlarida ham muayyan oxshashliklar kuzatiladiki, ularni milliy adabiyotlar taraqqiyotidagi stadial umumiylik deb yuritiladi. Fikrimizni oydinlashtirish uchun konkret misolga murojaat qilaylik. Masalan, asrimiz boshidagi Turkiston ijtimoiy-tarixiy sharoitining milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga tasirini yorqinroq tasavvur qilish uchun, fikrimizcha, uni Yevropa adabiyoti tarixi bilan muqoyasa qilish foydalidir. Kuzatishlar shuni korsatadiki, jadidchilik harakati ozining kop jihatlari bilan XYIII asrda Yevropada keng quloch yoygan marifatchilik harakatiga oxshashdir. Har ikki harakatga xos mushtarak nuqtalarga bir qur nazar solinsayoq, bizningcha, bu fikrimizda jon borligi anglashiladi. Avvalo shuki, har ikki harakat ham feodal asoslar yemirilib, ularning ornida kapitalistik munosabatlar qaror topa boshlagan paytda maydonga kelgan. YAni, har ikki harakatning yuzaga kelishini zaruratga aylantirgan ijtimoiy tarixiy sharoitning oxshashligi ulardagi oxshashlikni keltirib chiqargan. Feodal ijtimoiy munosabatlardan farq qilaroq, kapitalistik munosabatlar jamiyatning har bir azosi uchun teng imkoniyatlar ochishi bilan xarakterlanadi. Yangi sharoitda endi insonning ijtimoiy kelib chiqishi emas, aqlu zakovati, tadbirkorligiyu omilkorligi uning taqdirini va jamiyatdagi ornini belgilaydi. Korinadiki, yangicha ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy maqomini ozgartirdi, shaxs endi ozini ijtimoiy shaxs sifatida - jamiyatning va ozining hayotiga faol tasir korsata oladigan unsur sifatida anglay boshlaydi. Shaxs maqomining ozgarishi bilan feodal-monarxik tartiblarning eskirgani, jamiyat hayotini isloh etish zarurati tobora ravshan kozga tashlana boradi. Yevropaning qator mamlakatlarida ayni shu xil sharoit yuzaga kelganida maydonga chiqqan harakat marifatchilik harakatidir.
Marifatchilik harakatining ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan uzviy bogliqligini shundan ham korsa boladiki, uning goyalari yevropa mamlakatlarining hammasiga bir paytda emas, konkret mamlakatda buning uchun mos ijtimoiy sharoit yuzaga kelgandagina yoyilgan: avval Angliyada, keyinroq Fransiyada, song Germaniyada(malumki, jadidchilik goyalarining Qrim, Tatariston, Ozarbayjon, Turkiston hududlariga yoyilishida ham shunga oxshash holni kuzatish mumkin: ularning har birida goyaning ozlashishi va ommalashuv darajasi turlicha bolgan). Jadidchilikka oxshab, Yevropa marifatchiligining ham yagona harakat dasturi bolgan emas, har ikki harakat ichida ham qarashlar turlichaligi(biroz konservativroq qarashlardan to radikal qarashlargacha) mavjud edi. Marifatchilar eskirgan ijtimoiy asoslarni tamomila inkor kilib, yangi - inson tabiatiga mos, "aql"ga muvofiq jamiyat qurish goyasi bilan chiqqanlar. Jadidchilarga oxshab, ular ham ijtimoiy islohni amalga oshirishda marifat yoyishni asosiy vositalardan biri deb bilganlar. Oz goyalarining imkon qadar keng doirada yoyilishini istagan marifatchilar nashriyot-matbaa ishlariga katta ahamiyat berganlar, kichik hajmli va arzon risolalar chop etib tarqatganlar. Malumingizki, jadidchilik harakatining kozga koringan namoyandalari(Behbudiy, Munavvar qori, Ibrat va boshq.) ham noshirlik bilan shugullanganlar. Boz ustiga, jadidchilarning yuqoridagicha maqsad yolidagi say-harakatlari ozbek milliy matbuotining shakllanishiga olib kelgani ham malum.
Mutaxassislar yevropa marifatchiligini "falsafiy, ijtimoiy, axloqiy konsepsiya", yangicha dunyoqarashga asos bolgan MAFKURA deb hisoblaydilar. Yangi mafkuraning ozagini "inson aqlu zakovatigina dunyoni ozgartirishi mumkin", degan qarash tashkil etadi. Darhaqiqat, marifatchilik goyalari ijtimoiy ongning keyingi taraqqiysiga jiddiy tasir korsatdi: XYIII asrdan boshlab moddiyunchilik qarashlari tobora koproq kishilarning ongini zabt eta boradi. Muayyan ijtimoiy sharoit mahsuli sifatida dunyoga kelgan bu mafkura jamiyat hayotining barcha sohalarida, ayniqsa, adabiyot va sanatda tub burilishlar yasadi. Yevropada marifatchilik goyalari tasirida yangicha estetik prinsiplarga tayangan adabiyot shakllandiki, uning asosida "dunyoni va insonni ozgartirishga qodir goyaviy adabiyot kerak", degan aqida yotadi. YAni, boshqacha aytsak, marifatchilarning ijtimoiy ideali - "inson tabiati va "aql"ga muvofiq jamiyat qurish" marifatchilik adabiyotining estetik idealiga aylandi. Bu esa adabiyotning-da shunga muvofiq holda ozgarishini taqozo qildi. Mazkur ozgarishlar orasida eng muhimi idealning "yerga tushgani"dirki, buning natijasi olaroq badiiyat, gozallik tushunchalariga ham jiddiy tahrirlar kiritildi.
Jadidchilar kabi marifatchilar ham adabiyotda avvalo oquvchilarni tarbiyalash asosida ijtimoiy hayotni isloh qilish vositasini korganlar. Shu bois ham marifatchilik adabiyotidagi qator jihatlar jadid adabiyotidagi tamoyillarni esga soladi. Badiiy adabiyotga konkret maqsadga erishish vositalaridan biri sifatida qaraganlari uchun ham marifatchilarning asarlarida kopincha qahramonlar orasida ochiq goyaviy kurash kechadi, qahramonlar tilidan muayyan goyalar aytiladi, qisqasi, goya asarning butun toqimasiga singdirib yuboriladi. Ayrim adabiyotshunoslarning "marifatchilik realizmi" atamasidan kora "didaktik realizm" atamasini maqul korishlari bejiz emas, albatta. Zero, marifatchilik adabiyoti, bir tomondan, adabiyotni hayotga yaqinlashtirdi, ikkinchi tomondan, uni tarbiya vositasi deb bildi. Malumingizki, ayni shu ikki tamoyil jadid adabiyotining ham mohiyatini belgilovchi xos xususiyatlar sifatida korsatilishi mumkin.
Marifatchilar oz maqsadlarini amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar beruvchi sanat turlari va janrlarga ayricha ahamiyat berganlar. Xususan, ular teatrni oz goyalarini targib etish minbari deb bilganlar, shu bois ham dramatik janrlar rivojlantirilgan, sahnada oynalayotgan voqealar xayotiylik kasb etib borgan. Didro, Lessing kabi yirik marifatchilar teatr sanatiga, dramaturgiyaga bagishlangan maxsus tadqiqotlar yaratishganki, bu ham yuqoridagi fikrimiz daliliga xizmat qiladi. Shuni ham aytish kerakki, marifatchilik adabiyotida badiiy proza ayniqsa faol rivojlantirildi: "epistolyar roman", "sayohatnoma roman", "tarbiya romani", "falsafiy qissa" kabi qator yangi janrlar ishlab chiqildi; inson xarakterini yaratishning yangi-yangi imkoniyatlari kashf etildi, yangi usulu vositalar joriy qilindi. Marifatchilik adabiyotida, ayniqsa, hayotni atroflicha badiiy tahlil etishu yaxlit badiiy konsepsiyani ifodalash imkonini beruvchi roman janri gurkirab rivoj topdi. Shu orinda jadidchilarning milliy teatrimizni shakllantirish yolidagi jonbozliklarini, jadid nashrlarida bot-bot uchrab turgan "bizga tiyotr va romon kitoblari kerak" qabiladagi xitoblarni eslasak, mushtaraklik yana ham bortib kozga tashlanadi.
Etiborli jihati shundaki, Yevropadagi marifatchilik adabiyoti bilan jadid adabiyotining oxshashlik jihatlari badiiy shakl bobidagi izlanishlarda ham kozga tashlanadi. Masalan, fransuz adibi Monteskyening "Fors xatlari", ingliz yozuvchisi Goldsmitning "Dunyo fuqarosi yoki xitoylik kishi xatlari" nomli asarlarida Yevropa voqeligi chet elliklar birida fors, ikkinchisida xitoylik kishi nigohi orqali beriladi. Bu xil badiiy-kompozitsion usulga murojaat qilinishining sabablarini qoya turaylik-da, Fitratning "Munozara", "Hind sayyohi" asarlarida ham shu yoldan borilganini eslaylik. Yoki "Munozara"ning dialog shaklida qurilganini olaylik. qadimgi yunon faylasuflari foydalangan bu shakl XYIII asrda marifatchilar tomonidan tiriltirilgan, Didro, Lessing, Gerderlarning falsafiy-publitsistik asarlari(hatto Didroning "Ramo jiyan" romani)dan ayrimlari ayni shu shaklda yozilgan edi. Tabiiyki, mazkur masala maxsus organilsa, bulardan boshqa ham mushtarak orinlar topilishi, ehtimol.
Yuqoridagilardan korinadiki, yevropa marifatchilik adabiyoti bilan jadid adabiyoti orasida qator oxshashliklar mavjud. Buning sababi esa har ikki adabiyotni yuzaga keltirgan ijtimoiy-tarixiy omillar, har ikki harakat kozlagan maqsadlardagi oxshashlik bilan izohlanadi.
Badiiy adabiyotning taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan kop jihatdan bogliq bolgani holda, uni faqat shu sharoit bilan boglab tushunish, tashqi tasir ahamiyatini mutlaqlashtirish ham togri bolmaydi. Deylik, badiiy adabiyot muayyan tarixiy bosqichlarda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti darajasidan oldinlab ketishi yoki, aksincha, ortda qolishi ham mumkin. Masalan, XIX asrdagi chor Rossiyasi koplab Yevropa davlatlaridan ham iqtisodiy, ham ijtimoiy taraqqiyotda ancha ortda qolgan edi, yarim quldorlik tuzumiga asoslangan davlat edi. Biroq ayni shu asr rus adabiyoti koplab istedodlarni, jahon miqyosida tan olingan Tolstoy, Dostoyevskiy singari buyuk yozuvchilarni yetishtirdi. Yoki, aksincha, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda ancha oldinlab ketgan amerika adabiyotining jahon badiiy tafakkurida hodisa sanaluvchi u qadar katta istedodlarni berolmaganini ham qayd etish zarur. Demak, badiiy adabiyot taraqqiyoti kop jihatdan ijtimoiy sharoit bilan bogliq rivojlanadi va, ayni paytda, nisbiy mustaqillikka ham egadir.
Badiiy adabiyot taraqqiyotining muhim ichki omillaridan biri sifatida anana va yangilik munosabati olinadi. Har bir davr ozidan oldingi davr adabiyotida mavjud eng yaxshi jihatlarni oziga singdiradi va ozidan unga nimadir qoshishga intiladiki, shu asosda taraqqiyot jarayonining uzluksizligi taminlanadi. Adabiyotdagi vorisiylik, ananalarga sodiqlik har bir milliy adabiyotdagi oziga xoslik, milliy qiyofaning yoqotilmasligini kafolatlaydi. Boy ananaga tayangan adabiyotning rivojlanish imkoniyatlari, tabiiyki, boshqalarga nisbatan yuqori boladi. Masalan, xalqimizning boy adabiy-madaniy ananalari XX asr boshlaridan kuzatiluvchi yangi ozbek adabiyotning shakllanish jarayoni tez kechishini taminladi: adabiyotimiz juda qisqa fursat ichida jahon adabiyotidagi yutuqlarning kopini ijodiy ozlashtirdi, ozining badiiy arsenalini boyitdi. Aytaylik, roman garb adabiyotiga xos janr ekanligi, uning ozbek adabiyotida ozlashishi 20-yillarga togri kelishi malum. Biroq garbona shakl milliy adabiyotimizni boyitdigina emas, balki adabiy ananalarimiz zaminida uning ozi ham boyidi ozbek romanchiligi dunyoga keldi. Milliy romanchiligimizning ilk namunasi bolmish "Otgan kunlar"dan boshlab "Otamdan qolgan dalalar"gacha bolgan namunalarida ming yilliklar bilan olchanadigan adabiy-madaniy ananalarimiz izlari bor, shu tufayli ham u ozining qiyofasiga ega "ozbek romani"dir.
Badiiy adabiyotning rivojlanishida adabiy aloqalar katta ahamiyatga molikdir. Milliy adabiyotlarning ozaro aloqasi ularni boyitadi, rivojlanishiga turtki beradi. Masalan, ozbek adabiyoti taraqqiyotiga uning forsiy adabiyot bilan aloqalari juda katta tasir korsatgan. Jumladan, forsiy adabiyotda yaratilgan hamsachilik, ruboiynavislik ananalari ozbek adabiyotida davom ettirildi; deyarli barcha mumtoz shoirlarimiz Hofiz, Sadiy kabi forsiyzabon ijodkorlardan tasirlandilar, ularni ozlariga ustoz deb bildilar. Shunga oxshash, badiiy adabiyot taraqqiyotida uning boshqa sanat turlari bilan ozaro aloqasi ham katta orin tutadi (bu haqda ilgari toxtalganmiz).
Adabiyotshunoslik oldida turgan muhim muammolardan biri adabiy jarayonni davrlashtirish masalasidir. Bu masalada qarashlar turlichaligi mavjud bolib, bu turlichalik ikkita asosiy korinishga ega: birinchi guruh adabiyotni davrlashtirishda ijtimoiy-tarixiy sharoitga asoslansa, ikkinchi guruh adabiyotni faqat adabiy hodisalar, badiiy-estetik tamoyillardan kelib chiqqan holda davrlashtirish lozim deb hisoblaydi. Bu orinda har ikki tomonni ham tola yoqlash yoki tola inkor qilish maqbul emas, aksincha, ortaliq mavqeni egallash togriroq bolur edi. Chunki, ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi ozgarishlar adabiyotda sezilarli darajada aks etmagan davrlar bolganidek, ular juda kuchli iz qoldirgan davrlar ham bolishi tabiiy. Deylik, insonning ijtimoiylashuv darajasi kuchli bolmagan davrlarda(XIX asrgacha, bizda XX asrgacha) ijtimoiy-tarixiy sharoitdagi ozgarishlar adabiyotda har vaqt ham yaqqol kozga tashlanmaydi, keyingi davrlarda esa izsiz ketgan ozgarishning ozi yoqdek. Demak, davrlashtirishda ijtimoiy-tarixiy sharoitni etiborga olish va shu sharoitning adabiyotga korsatgan tasirini yaqqol korsatish zarur boladi.
Adabiy jarayonni davrlashtirishda adabiy davr, asr, adabiy avlod tushunchalarini ajratish mumkin. Shuni aytish kerakki, bundagi vaqt astronomik vaqtga har vaqt ham togri kelmaydi. Eng katta bolinish sifatida davrni olsak, ozbek adabiyotida uchta katta davrni:
1) eng qadimgi adabiyot davri,
2) islom sharqi adabiyoti tasiridagi mumtoz adabiyot davri va
3) yangi ozbek adabiyoti davrlarini ajratish mumkin.
Ikkinchi davrni asrlarga ajratmoqchi bolsak, unda quyidagilarni korish mumkin:
1) turkiy sulolalar davri adabiyoti;
2) mogul istilosi davri adabiyoti;
3) temuriylar davri adabiyoti;
4) uch xonlik davri adabiyoti.
Adabiy avlod adabiy jarayonni davrlashtirishda eng kichik birlik sifatida olinishi mumkin. Adabiy avlod sanalishi uchun malum guruh ijodkorlarining bir davrda tugilgani yoki bir davrda adabiyotga kirib kelgani emas, balki ijodda bir-biriga yaqin tamoyillarga tayangani etiborga olinadi. XX asr ozbek adabiyotidagi avlodlarga nazar solsak bu narsa yaqqol koriladi:
1) jadidchilik tasirida adabiyotga kirib kelgan avlod;
2) shoro adabiyoti avlodi;
3) 60-yillar avlodi;
4) 70-yillar adabiy avlodi.
Yuqoridagilardan, misol uchun, 60-yillar adabiy avlodiga O.Yoqubov, P.Qodirov, O.Umarbekov, O.Xoshimov, A.Oripov, E.Vohidov, R.Parfilarni korsatish mumkin. Ular ijodining boshlanishi, tugilgan yillaridagi farqlarga qaramay bitta avlodga mansub, chunki ularning ijodi estetik prinsiplari jihatidan bir-biriga yaqin turadi. Keyingi avlod ularni inkor qiladi va yangi ijodiy prinsiplar bilan maydonga chiqadi.
Adabiyotlar:
1.Adabiyot nazariyasi: 2 tomlik. T.2.-T.,1979
2. Sulaymonova F. Sharq va g‘arb. Qadimiy adabiy aloqalar.-T.,1997
3. Mirvaliyev S. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirish muammolari\\ Til va adabiyot ta’limi.-1995.-№5-6.- B.48-52
4. Karimov E. XX asr boshida Turkistonda adabiy mushtarakliklar\\O‘zbek tili va adabiyoti.-1994.-№4-6.-B.16-23
5. Turdiyev Sh. A.Qodiriy va tatar adabiyoti//O‘zbek tili va adabiyoti.-1994.-№6.-32-38
6. SHe’riyatda Fitrat va Cho‘lpon an’analari Guliston.-1995.-№2.-B.46-47
7. al-Amin B. Milliy adabiyotning ikki ildizi//Sharq yulduzi.-1998.-№5.-B.156-158
8. Quronov D. Jahon adabiyotiga yo‘l.-Jahon adabiyoti.-1997.-№6.-B.168-172
Xulosa
Milliy mustaqillikning ijtimoiy-siyosiy korinishi bu milliy mafkura bilan xarakterlanadi. Milliy istiqlolning asosiy shartlaridan biri mafkuraviy mustaqillikdir. U ozida millat taraqqiyotining goyaviy yonalishini aks ettiradi. Mafkura oz mazmuni va mohiyatiga kora ham yangilayotgan jamiyatning yonalishini, uning qiyofasini belgilab beradi. Milliy mafkura taraqqiyotida milliy an'analarga, qadriyatlar, madaniy merosiing ahamiyati katta Chunki mafkuraning milliylik xususiyatlari xalqning an'analari va qadriyatlaridan kelib chiqadi. Mafkura konsepsiyasi esa xalqning tarixiy rivojlanishidagi tajribalarini asos sifatida qabul qiladi. Bu orinda esa milliy an'analar va qadriyatlar millat mafkurasiga ham mohiyat, yonalish, mazmun va shakl beradi. Shu boisdan ham milliy mafkura taraqqiyotini milliy an'analarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Foydalanilgan dabiyotlar:
1. Rasulova U. Hozirgi adabiy jarayon. – Т.: Mumtoz so’z, 2014.
2. Rahimjonov N. Mustaqillik davri oʻzbek adabiyoti. – T., 2012.
3. Норматов У. Ижод сеҳри. – Т.: Шарк, 2007.
Qo'shimcha adabiyotlar:
1. Адабиётдаги йўл харитамиз // Жаҳон адабиёти, 2018, №1. – Б.5-32 (давра суҳбати).
2. “Муаллиф ўлими”га сиз ҳам овоз берасизми? // Шарқ юлдузи, 2014, №1-6.
3. Янги авлод овози // Шарқ юлдузи, 2013, №1-6.
4. Назарова Ш. Йўл қаердан ўтади // Жаҳон адабиёти 2017.11. – Б.197-201.
5. Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Т.: Шарк, 2007.
6. Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти. - Т.: Шарк, 2004.
7. Эшонқул Н. Ижод фалафаси. – Т.: Академнашр, 2018
Do'stlaringiz bilan baham: |