Pul muomilasini barqarorlashtirish yo’llari.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan. Tovar muomilasini taminlash pul miqdoriga ko’p jihatdan bog`liq.
Pul muomilasi qonuni - muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdorini belgilaydigan, tovar-pul munosabatlarini o’zida aks ettiradigan qonundir. Bu qonunga ko’ra muomila davrida muomilaga zarur bo’lgan pul miqdori barcha tovarlar so’mmasiga to’ђri proporsional pul aylanishi tezligiga teskari proporsional o’zgaradi.
Xozirgi sharoitda muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdoriga quyidagi omillar ta’sir etadi.
1. Sotiladigan tovarlar miqdori (ko’p bo’lsa ko’p va aksincha)
2. Tovarlarni baho darajasi (yuqori bo’lsa ko’p va aksincha)
3. Kreditni rivojlanish darjasi (rivojlangan bo’lsa naqd pul kam talab etiladi.)
4. Naqd pulsiz xisob kitoblarni rivojlanish darajasi
5. Pulni aylanish tezligi
Muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdorini yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda quyidagi formulada ifodalash mumin.
Bunda: MUZBPM – muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdori
STVXM – sotiladigan tovar va xizmatlar mikdori
ShKVNPXKB – shundan kreditga va nakd pulsiz xisob – kitoblar bo’yicha
MBTM – majburiyatlar bo’yicha to’lovlar miqdori
ShBBKTM – shundan bir – birini qoplaydigan tulovlar miqdori
PMVTVSUAT – pulning muomila va tulov vositasi sifatida o’rtacha aylanish tezligi.
Muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdorini aniqlashda kassa aylanmasi xomcho’ti hamda aholi daromadlari va xarajatlari balansidan ham keng foydalaniladi.
Kassa aylanmasi xomcho’ti 1991 yildan boshlab mamlakatda kreditni rivojlantirish va kassa rejalari o’rniga tuzila boshlandi. Uni to’zishdan maqsad naqd pulga bo’lgan extiyojni butun respublika va bank muassalari buyicha aniqlash hamda pul muomilasini barqarorlash tadbirlarini ishlab chiqishni amalga oshirishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi MB-ning 2005 yil 20 avgustdagi yuriqnomasiga binoan kassa aylanmasi xomcho’ti quyidagi asosiy kirim mablaђlari va naqd pullar chiqimi yo’nalishari buyicha to’ziladi.
I-kirim
1. Iste’mol tovarlarini qaysi kannallar orqali sotilishidan qat’iy
nazar, ularning sotishdan tushgan savdo tushumlari.
2. Temir yo’l va xavo transportdan pul tushumi
3. Mahalliy transportdan pul tushumi.
4. Komunal va turar joy tulovlari bo’yicha tushumlar
5. Tomoshagoh tashkilotlaridan tushgan tushumlar
6. Maishiy xizmat kursatish korxonalaridan tushum
7. Soliq yiђimlari, boj tulovlari va boshqa majburiy to’lovlardan tushumlar
8. Qishloq xo’jalik faoliyati bilan shuђullanuvchi subyektlardan
tushumlar
1. Omonatlardan tushgan tushumlar
2. Pochta aloqasi korxonalaridan tushum
3. Bank plastik kartochkalaridan tushumlar
4. Mikrokreditlar qaytarilishidan tushumlar.
5. Boshqa tushumlar (armiya, ichki ishlar MXX va FVV, partiya va boshqa tashkilotlar).
Jami kirim.
Chiqimning kirimdan oshishi
II-Chiqim
1. Ish haqiga (shu jumladan stipendiya va xizmat safari xarajatlari) berilgan naqd pullar
2. Neft mahsulotlarini sotib olish uchun berilgan naqd pullar.
3. Šishloq xo’jalik mahsulotlarini sotib olib tayyorlash uchun berilgan naqd pullar
4. Šishloq xo’jalik faoliyati bilan shuђullanuvchi subyektlarga berilgan naqd pullar
5. Pensiya, nafaqa to’lovlari va suђurta tovonlarni to’lash uchun berilgan naqd pullar
6. Bank plastik kartochkalari buyicha berilgan naqd pullar
7. Boshqa maqsadlar uchun berilgan naqd pullar
8. Mikrokreditlarga berilgan naqd pullar
9. Omonatlar bo’yicha berilgan naqd pullar
10. Pochta aloqasi korxonalariga berilgan madad pullari
Jami chiqim
Kirimning chiqimdan oshishi.
Ushbu xomcho’tni bank bo’linmalari barcha korxona va tashkilotlardan yiђib Markaziy bank topshiriђiga binoan kutilayotgan kvartal boshlanishiga 30 kun oldin yiђiladi.
Markaziy bank ushbu ma’lumotlarni chuqur o’rganib pulni muomilaga ko’shimcha ravishda chiqarish yoki muomiladan olish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi.
Pul muomilasini tashkil etishda aholini daromadlari va xarajatlari balansi ham urganiladi va u quyidagi shaklga ega.
I-Daromadlar
1. Ish xaqi
2. Jamoa xo’jaligi va shaxsiy tamorqadan daromad.
3. Pensiya, stipendiya va nafaqalar
4. Moliya-kredit tizimidan tushumlar
5. Dividendlarni olish va boshqa tushumlar
Jami.
II-Xarajatlar.
1. Tovarlar uchun tulovlar
2. Xizmatlarga tulovlar
3. Majburiy tulovlar va ixtiyoriy badallar
4. Šuyilmalarga o’tkazish
5. Aksiya, obligasiyalarni xarid qilish va kechiktirilayotgan to’lovlar
6. Boshqa xizmatlar.
Jami.
Ushbu balansda aholi daromad va xarajatlarining tarkibi ijtimoiy
guruhlari: ishchi va xizmatchilar, xodimlarning boshqa guruhlari buyicha ko’rsatiladi.
Ushbu balansni to’zishdan maqsad aholining bo’lishi mumkin bo’lgan pulli daromad va xarajatlarining iqtisodiy asoslangan pragnozlar qilishdan iborat.
Balansda daromadni xarajatlardan ko’prok bo’lishi aholini qo’lida naqd pul qoldiђini oshiqligini, uning aksi esa aholi qo’lidagi naqd pul qoldiђining kamayganligini bildiradi. Bu shunga yarasha muomilaga tovarlar chiqarish, xizmatlar ko’rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirish buyicha tadbirlar ishlab chiqishga undaydi. Daromadlarni asosiy qismini ish xaqi, xarajatlarning asosini tovarlar uchun tulovlar tashkil etiladi.
Aholining pul daromadlari va xarajatlari balansi va kassa aylanmasi xomcho’ti pul muomilasini tashkil etishda asosiy rejalardan hisoblanadi. Bu ikkala reja pul aylanishini asosini tashkil etish bilan birga ular o’rtasidagi quyidagi farqlar ham mavjud.
1. Kassa aylanmasi xomcho’tida faqat naqd pul aylanishi ko’rsatilsa aholini daromadlari va xarajatlari balansida aholi amalga oshiradigan naqd pullik va naqd pulsiz aylanish to’liђicha ko’rsatiladi.
2. Aholining pul daromadlari va xarajatlari balansida kassa aylanishi pragnozidan farqliroq aholining shaxsiy tomorqa xo’jaligi, xunarmandchilik va boshqa kursatadigan xizmatlari buyicha olinadigan daromadlari va amalga oshiradigan xarajatlari kursatiladi.
3. Aholining pul daromadlari kassa aylanmasi xomcho’tining xarajat qismida, aholining xarajatlari kassa aylanmasi xomcho’tining daromad kismida kursatiladi va boshqalar.
Pul muassasi pul muomilasining muhim kursatkichi hisoblanadi. Pul
massasi xo’jalik aylanishidagi naqd pulli xisob-kitoblarni, ya’ni aholi korxonalar, tashkilot va muassalarga tegishli xarid tulov vositalarining yalpi hajmini o’zida ifodalaydi.
Pul muomilasining belgilangan muddat va davr uchun, miqdoriy uzgarishlarini bilish uchun, shuningdek pul massasi, xajmi va o’sish sur’atlarini tartibga solish buyicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun turli xil ko’rsatkichlar (pul agregatlari) foydalaniladi.
O’zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlaridan (pul agregatlari to’planadi) iborat.
Mo = naqd pullar
M1= Mo + schetlardagi pul qoldiђi + mahalliy byudjet mablaђlari+ byujet, jamoa va boshqa tashkilot mablaђlari.
M2= M1+xalq bankidagi muddatli jamђarmalar
M3=M2+sertifikatlar + maqsadli zayom obligasiyalari + davlat zayom obligasiyalari + xazina majburiyatlari.
Pul agregatlari M1 + M2 ning bir – biridan farqi M2 ning tarkibiga yakin orada pulga aylanishi mumkin bo’lgan «kvazi pullar» ni (depozit sertifikatlari, investisiya fondlarining aksiyalari va boshqalar) olishdadir.
1995 yilda nominal pul mussasi M2 pul massasining 1994 yildagi o’sish darajasidan 1,5 marta kam bo’lgan.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov 2003 yil 17 fevraldagi Vazirlar Mahkamasining yiђilishida «Moliyaviy pul muomilasi mutonosibligini ta’minlash masalalarida ijobiy natijalar qo’lga kiritildi…. Pul massasining o’sish sur’ati ancha kamaydi, uning hajmi 2001 yilda YaIM ga nisbatan 14 foizni tashkil etgan bo’lsa, o’tgan yili bu ko’rsatkich 12,5 foizdan iborat bo’ldi» degan edi.
O’zbekiston Respublikasida pul muomilasini boshqarishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi.
1. Majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash.
2. Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi
3. Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini belgilash.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’ђrisidagi qonunning 28 moddasiga binoan majburiy rezerev miqdori tijorat bankining yiђilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Tijorat banklari resruslarining Markaziy bankda saklanishi lozim bo’lgan ushbu qismi jamђarma turiga, uning hajmiga, bankning joylashgan o’rniga boђliq bo’lgan holda turli mamlakatlarda turlicha.
Masalan, Yaponiyada minimal rezerv stavkasi 2,5 %, AŠSh da 12% Germaniyada 12,1%, Portugaliyada 17 %, O’zbekistonda 20 % ni tashkil etadi. O’zbekistonda bu rezerv 1.05.94 ga 30%, 1.07.96 ga 25 % ga 2006 yildan 15 % ga teng.
Markaziy bank tijorat banklarga kreditlar buyicha qayta moliyalashtirish stavkasini belgilab beradi. Bu stavka tijorat banklari beradigan kreditlarning bahosini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Bu stavkalar markaziy bankning kredit siyosatidan kelib chiqib keyingi yillarda quyidagicha bo’lgan: 1,01,94 dan 225 %, 1.03.95 dan 300 %., 1.07.96 dan 60 %., 2000 yil yiliga 32.%, 2003 yil 27,1 % , 2005 yildan 16% ni tashkil etadi.
Xozirgi ko’pgina davlatlarda pul muomilasini tartibga solishda ochiq bozorda operasiyalar utkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu hozirgi ko’p qullaniladigan monitor siyosatni bir usuli bo’lib, u tijorat banklarining likvidlik darajasiga tez ta’sir utkazadigan egiluvchan (moslanuvchan) amaliy va operativ usul hisoblanadi. Bu usulni boshqalardan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va hohlagan miqdorda utkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish tendeniyasiga qarab pul muomilasini barqarorlashtira olishi mumkin. Bunda oldi-sotdi obyekti davlat qimmatli qoђozlari va markaziy bank chiqargan qarz majburiyatlari bo’lishi mumkin.
1996 yilni mart oyida chiqarilgan qisqa muddatli davlat obligasiyalari (KMDO) tijorat banklari va korxonalarning mablaђlarini xavf-xatardan saqlash va daromad olish imkonini beradi.
KMDO larning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat banklari ishtirokida amalga oshiriladi. Zurur bo’lsa, obligasiya egasi ikkilamchi bozorda uni sotishi mumkin.
Rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operasiyalar o’tkazish usulidan foydalaniladi.
Shunday qilib Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish, uni tartibga solish borasida barcha vakolat va xuqiqiy norma vakolatlarga ega.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’ђrisidagi qonunning 3-moddasida ta’kidlanganidek O’zbekiston Respublikasi markaziy bankining bosh maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx – navo va milliy valyuta kursining barqaror bo’lish tushunchasini o’z ichiga oladi.
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi.
1. Monator siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish.
2. O’zbekiston Respublikasida xisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta’minlash.
3. Banklar faoliyatini tartibga solish va ular faoliyati ustidan nazorat qilish.
4. O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta zahirasini saqlash va ularni boshqarish.
5. Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish.
Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish uchun ba’zi hollarda kuyidagi usullarda ham tayyorlanadi.
1. Nullifikasiya – bunda qadrsizlangan pul batamom bekor qilinib muomilaga yangi pullar chiqariladi. Bu usul infliasiya darajasi o’ta yuqorilab ketgan hollarda qullaniladi. Bu usul SSSR da 1922 - 1924, 1947, 1997, 1961 yillardagi pul islohati, O’zbekistonda 1994 yilda bo’lib o’tgan pul islohatida qullanilgan.
2. Revolvasiya – lotincha qadrini oshishi ma’nosini anglatib bu milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan qadrini oshishini bildiradi. Masalan 1$= 1110 so’mga teng bo’ldi. Ushbu tadbirdan keyin 1005 so’mga teng bo’ladi. Bu usul 1922-1928 yillarda Angliyada, 1961, 1969, 1971 yillarda Germaniyada qullanilgan.
3. Devolvasiya – lotincha qadrini tushishi ma’nosini anglatadi. Bu usul davlat tomonidan milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga nisbatan pasaytirilishi bo’lib u bozor uchun kurash kuchaygan sharoitda eksportni raђbatlantirish, to’lov muvozanatini yaxshilash uchun qullaniladi. Buning asosiy sabablari bo’lib inflyasiyani kuchayishi va mamlakat tulov balansning salbiy qoldiqga ega bo’lishidir.
Bu usul AŠSh da 1971 yilda 7,89 % ga, 1973 yilda 10 % ga dollar kursini pasaytirish bilan qullanilgan.
4. Denominasiya – pul miqdorini bir necha marotaba qisqartirish hisoblanadi va u pulni qadri yuqori darajada tushganda, muomiladagi pul hajmi oshganda qullaniladi. Bu usul Rossiya federasiyasida 1921-1922 yillardagi pul isloxatida 1000:1, 1923 yilda 100:1, 1999 yilda 1000:1 holida, Buxoro shuro xalq respublikasida bu usul 1922 yilda 100:1, O’zbekiston Respublikasida 1994 yilda 1000:1 holida qullanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |