Psixologiyada shaxs va uning faolligi masalasi.
Shaxsga taaluqli bo’lgan eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob‘ekt, ham sub‘ekt bo’lishlikdir. Shaxsga taalluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta‘sirlarni o’z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob‘ektni), so’ngra shu ta‘sirlarning sub‘ekti sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanok «mening hayotim», «bizning dunyo» degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o’sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit - kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an‘analar, udumlar, turli xil tillar olami bo’lib, undagi ko’plab qoidalarga ko’pchilik mutloq qo’shiladi, ba‘zilar qisman qo’shiladi. Bushunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta‘qiblanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi sub‘ekt bo’lsa, jamiyat-ijtimoiy intizom va tartibning, madaniyatning mufassal ko‘rinishidir.
Shaxs - idrok qiladi, esda olib qoladi, fikr yuritadi. Psixolog V.N.Myasishev psixologiyada shaxssiz hodisalarni shaxs faoliyatining psixologiyasi bilan o’zgartirish lozim deb tasodifiy aytib o’tmagan. Faqatgina shartli ravishda bu jarayonlarni uning olib boruvchisi - shaxsdan ajratgan holda ko’rib chiqishi lozim. Biz bilamizki har bir odam har xil ijtimoiy shaxsiy ustanovkalari ta’sirida tashqi olamni va boshqa odamlarni o’zicha idrok qiladi. Odamning u yoki bu axborotga shaxsiy munosabati uni eslab qolishi jarayoniga va esdan chiqarishiga ta’sir ko’rsatadi. Shaxsiy xususiyatlar, ustanovkalar, subyektiv munosabatlar insonning xulq-atvoriga, uning boshqalar bilan o’zaro munosabatiga va muomalasiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etmasdan qolmaydi.
Shaxs - faol sub’ektdir. Shu bois uning eng muhim tavsiflaridan biri ham uning faolligi hisoblanadi.Faollik lotincha “actus” - harakat, “activus”- faol so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarining namoyon bo‘lishini tushuntiruvchi kategoriyadir.
26-rasm
Faollik deganda faqat qo‘limiz yoki oyoqlarimiz ishtirokida amalga oshriladigan amaliy xatti-harakatlarnigina emas, balki ongimiz, miyamiz, aqliy operatsiyalar yordamida amalga oshiradigan fikrlash jarayonlarini ham nazarda tutishimiz lozim. Bu - oddiy qo’limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog’liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg’onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo’lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi
va o’z-o’zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |