Tаshqi fаоliyat - shахsni o’rаb turgаn tаshqi muhit vа undаgi nаrsа vа hоdisаlаrni o’zgаrtirishgа qаrаtilgаn fаоliyat bo’lsа, ichki fаоliyat -birinchi nаvbаtdа аqliy fаоliyat bo’lib, u sоf psiхоlоgik jаrаyonlаrning kеchishidаn kеlib chiqаdi. Kеlib chiqishi nuqtаi nаzаridаn ichki - аqliy, psiхik fаоliyat tаshqi prеdmеtli fаоliyatdаn kеlib chiqаdi. Dаstlаb prеdmеtli tаshqi fаоliyat ro’y bеrаdi, tаjribа оrttirib bоrilgаn sаri, sеkin-аstа bu hаrаkаtlаr ichki аqliy jаrаyonlаrgа аylаnib bоrаdi. Buni nutq fаоliyati misоlidа оlаdigаn bo’lsаk, bоlа dаstlаbki so’zlаrni qаttiq tоvush
bilаn tаshqi nutqidа ifоdа etаdi, kеyinchаlik ichidа o’zichа gаpirishgа o’rgаnib, o’ylаydigаn, mulоhаzа yuritаdigаn, o’z оldigа mаqsаd vа rеjаlаr qo’yadigаn bo’lib bоrаdi.
Har qanday faoliyat tarkibida ham aqliy, ham jismoniy - motor harakatlar mujassam bo’ladi.
Aqliy harakatlar - shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiriladigan turli - tuman harakatlardir. Eksperemental tarzda shu narsa isbot qilindiki , bunday harakatlar doimo motor harakatlarni o’z ichiga oladi. Bunday harakatlar esa quydagi ko’rinishlarda bo’ladi:
persteptiv – ya’ni, bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi.
mnemik faoliyat – narsa va hodisalarning mohiyati vamazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushurilishi, hamda esda
saqlab turilishi bilan bog’liq murakkab faoliyat turi.
fikrlash faoliyati - aql, faxm - farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat.
imajitiv - («image» - obraz so’zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda hayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va hayolda tiklashni taqozo etadi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo’lishi mumkin. Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o’tish ro’y bergan bo’lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya deb atashadi, aksincha aqlda shakllangan g’oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko’chirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi.
Shu o’rinda shuni ham ta’kidlash kerakki, shaxsning hayot va faoliyatida muvaffaqiyatga erishish, maqsadiga muvofiq sayi -harakatlarni unga yo`naltirish uchun quyidagilargi e’tibor qilish zaruratning - zaruratidir:
1) ob’ektiv va sub’ektiv shart - sharoitlar o`zgarsa, ularga tuzatishlar kiritishga tayyorgarlikka;
2) favquloddagi vaziyatlarga ko`nikish uchun shaxsga trening yordami bilan ta’sir o`tkazishga, unda ikkinchi qiyofani shakllantirishga;
3) organizmning har qanday stixiyalarga chidamligini orttirishga;
4) komillikka intilish his - tuyg`ularni takomillashtirishga;
5) shaxs imkoniyatlarni ro`yobga chiqishga ko`maklashishga o`zini ham kashf qilish, o`ziga o`zi buyruq berish, o`zini o`zi takomillashtirish, o`zini o`zi baholash, o`zini o`zi nazorat qilish, o`zini o`zi boshqarish, o`ziga o`zi taskin berish, o`zini o`zi qo`lga olish va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |