Prokat mahsulot turlari va ishlatilish joylari
reja:
Prokat
Prokat mahsulot turlari
ishlatilish joylari
PROKAT (rus. prokatat — joʻvalamoq) metallurgiyada) — metall va metall qotishmalarini qizdirib yoki sovuqlayin prokatlab (maxsus vallar orasidan oʻtkazib) tayyorlanadigan bu-yumlar. Mas, list, lenta, polosa, rels, balka, truba, sim, shveller, dvutavr va boshqa P. tayyorlashda zagotovka (xom ashyo) boʻylamasiga, koʻndalangi-ga, vintsimon-koʻndalangiga prokatlanishi mumkin (rasmga q.). P.ning maxsus xillari — egilgan, bukilgan bu-yumlar, koʻndalang kesimi oʻzgaruvchan (har yerida har xil boʻlgan) mahsulotlar va boshqa xalq xoʻjaligining deyarli barcha tarmoklarida ishlatiladi (qarang Prokat ishlab chiqarish)
Prokat ishlab chiqarish - poʻlat va boshqa metallardan prokatlash yoʻli bilan turli buyum va yarimfabrikatlar olish (qarang Prokat), shuningdek, sifa-tini oshirish maqsadida ularga qoʻshimcha (mas, termik) ishlov berish. Prokat ishlab chiqarish ch.ning asosiy mahsulotlariga yarim xom ashyo yoki zagotovka, list prokat, trubalar, mashina detallarining zago-tovkalari (gʻildiraklar, halqalar, oʻqlar, sharlar va boshqalar) kiradi. Prokatlash materialni prokat stani vallari orasidan oʻtkazishga asoslangan. Prokatlashning boʻylama, koʻndalang va koʻndalang-vintli usullari bor. Boʻylama usulda buyum qaramaqarshi yoʻnalishda aylanadigan vallar orasidan oʻtkazilib, plastik deformatsiyalanishi natijasida koʻndalang kesimi kichrayadi, uzunligi esa ortadi. Pro-katlanadigan buyumlarning 90 foizi shu usulda olinadi. Koʻndalang usul bilan koʻndalang kesimi uzunligi boʻyicha davriy oʻzgaradigan zagotovkalar, koʻndalang-vintli usul bilan trubalar (quvurlar) prokatlanadi.
List metallar ikki bosqichda prokatlanadi. Birinchi boskichda slyab (qarang Bluming-slyabing) vallar orasidan birikki marta oʻtkazilib, 90° buriladi va koʻndalang yoʻnalishda prokatlanib, eni zarur oʻlchamga keltiriladi. Ikkinchi bosqichda zagotovka yana 90° burilib, boʻylamasiga prokatlanadi. Qalin va yupqa listlar toʻla mexaniza-siyalashtirilgan uzluksiz stanlarda prokatlanadi. Poʻlat listlar taxta va rulon tarzida ishlab chikariladi.
Payvand chokli va choksiztru bal ar ham prokatlash yoʻli bilan tayyorlanadi. Payvand chokli trubalarni prokatlab tayyorlashda pech payvand, elektr payvand va gaz payvanddan foydalaniladi (qarang Payvandlash). Choksiz trubalar quyma yoki dumaloq kesimli zagotov-kalardan prokatlanadi. Buning uchun avval koʻndalang-vintli prokat stanida qizdirilgan quyma yoki zagotovkada teshik ochiladi, natijada kalin devorli kalta gilza hosil boʻladi va undan truba prokatlanadi. Bunda vallarning aylanishi natijasida zagotovka aylanma-ilgarilama harakatlanadi, zagotovka yoʻliga diametri taxminan trubaning ichki diametriga moye keladigan opravka oʻrnatiladi. Truba kerakli kalinlikka yetkazilgach, kalibrlanadi va sovitilib, kerakli uzunlikda qirqiladi. Kesimi davriy oʻzgaradigan bu-yumlar ham prokatlash usulida ishlab chiqariladi.
Bungadavriy prokatlash deyiladi. Bundam prokatlashda zagotovka bir tomonga aylanuvchi ikki val orasidan oʻtadi. Rangli metallar — alyuminiy, mis, magniy, rux va ularning krtishmalarini prokatlab, har xil koʻndalang kesimli list, lenta, sim va zar qogʻozlar tayyorlanadi. Alyuminiy krtishmalaridan list prokatlash texnologik jarayoniga quyidagi asosiy operatsiyalar kiradi: uzluksiz quyib olingan quymani xomaki prokatlash, toʻgʻrilash, frezalash, quymaning ikkala tomoniga alyuminiy listlar qoplash, qizdirish, qizdirib prokatlash (4–12 mm kalinlikkacha), rulon qilib oʻrash va sovuqlayin prokatlash. Sovuqlayin prokatlangandan soʻng rulonlar yoyilib, listlarga kesiladi va termik ishlov beriladi. Uzluksiz quyib prokatlash usulida suyuq alyuminiy taqsimlagich novdan oʻtib, valiklar ora-sidagi boʻshliqqa tushadi, unda alyuminiy vallarga tegib kristallanadi va hosil boʻlgan polosa stan valiklari orasidan uzluksiz chiqadi. Prokat ishlab chiqarish ch. metallurgiya va mashinasozlik zavodlarida tashkil qilinadi (qarang Metallurgiya).[1]
rkin prokat bilan birgalikda (erkin o'lchamlarga), bu ishlab chiqarish jarayonining moslashuvchanligini oshirdi. Tayyor profil o'lchamlariga yaqin o'lchamdagi nurli blanklarni doimiy ravishda quyishni joriy etish katta kesimli po'lat ishlab chiqarishda sezilarli o'zgarishlarga olib keldi. Prokat paytida o'tish soni kamaydi, prokat tegirmonlari hajmi kichraytirildi, prokat jarayoni soddalashtirildi, uning iqtisodiy ko'rsatkichlari yaxshilandi va energiya sarfi kamaydi. Bundan tashqari, relslar va to'sinlarni prokatlashda haroratni nazorat qilish va profilni sovutish kabi tadbirlar va relslarni prokatlashda ularni tegirmon chizig'ida mustahkamlash imkoniyati ham mahsulot sifatining oshishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |