Reja: Prognozlash va rejalashtirishni mohiyati, maqsadi, vazifalari va ahamiyati


Rejalashtirish jarayoniga qo`yiladigan talablarni quyidagicha ifodalash mumkin



Download 116,5 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2022
Hajmi116,5 Kb.
#676070
1   2   3   4
Bog'liq
18-mavzu. Bozor iqtisodiyoti sharoitida prognozlash va rejalashtirish-1

Rejalashtirish jarayoniga qo`yiladigan talablarni quyidagicha ifodalash mumkin:

Prognozlash va rejalashtirish turlari va bosqichlari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalarni tezkor, joriy, o`rta muddatli, strategik (uzoq muddatli) tizimi qo`llaniladi va bu asosida rejalashtirishni uzluksizligi ta`minlanadi.
Rejalar alohida alomatlariga qarab tasniflanadi va alohida turlarga bo`linadi.
Rejalarni tasnifi va turlari quyidagi 1-chizmada keltirilgan:
Jahon amaliyotida rejalashtirishning alohida bosqichlari, ya`ni rejalashtirish jarayonining ketma-ketligi ishlabch iqilgan va ularga rioya qilishlik rejalashtirish jarayonini bosqichlarini (logik) mantiqiy bog`liqligini ta`minlaydi.
Rejalashtirish bir necha bosqichdan iborat bo`ladi. Ularni umumlashtirib uch bosqichga bo`lish mumkin.
Boshlang`ich bosqichda g`oyani shakllantirish, maqsadni aniqlash, ma`lumotlarni tahlil qilish, umumlashtirish, rejalashtirilayotgan ko`rsatkichlarning yo`nalishlarini aniqlash, istiqbolni belgilashdan iborat bo`lishi kerak.
O`rtanchi bosqichi ko`p variantli rejani tuzish, xo`jalik subyekti rahbariyati tomonidan ko`rib chiqish, uning optimal variantini ma`qullash.
Oxirgi bosqichi qabul qilingan rejani bajaruvchilarga yetkazish, bajarilishini ta`minlashni chora-tadbirlarini ko`rish va nazorat qilishdan iborat bo`lishi kerak deb hisoblaymiz.
Ushbu bosqichlarni standart sifatida qabul qilmaslik kerak. Rejalashtirishning turlari va ko`rsatkichlari, rejalashtirilayotgan faoliyatga qarab bosqichlarni kengaytirish, boshqa ketma-ketlik shakllarini ishlatish mumkin.
Rejalashtirishni ishlab chiqarish jarayoni ham uning turlariga qarab o`ziga xos alohida bosqichlardan iborat bo`ladi.
Masalan: strategik rejalashtirish, uzoq muddatli rejalashtirish bosqichlarining ayrim variantlari 2 va 3-chizmalarda keltirilgan.

1 chizma

Rejalarning turlari





Таснифлаш аломатлари




Режанинг турлари










Ф аолиятни қамраб олиш даражаси




Умумий













Бўлимлар, соҳалар
















Мақсадли










П редмети




Маблағлар

б ўйича













Дастурли
















ҳаракатдаги










Ў згариш
х усусиятига
қараб




Қатъий










Мослашувчан
















Ишлаб чиқариш
















Моддий таъминот

Фаолият
соҳаси
бўйича










Сотиш













Молия
















Персонал
















Узоқ муддатли (5 йилдан юқори)

М уддати бўйича












Ўрта муддатли (5 йилгача)













Қисқа муддатли (1 йилгача)
















Стратегик

М азмунига қараб












Тактик













Тезкор










Ў рганиш миқиёсига қараб






Глобал










Локал-тавсилотлаштирилган

2-чизма.


Uzoq muddatli rejalashtirish bosqichlari



G`oyani shakllantirish


Global maqsadni aniqlash


Lokal maqsadlarni aniqlash



Muammoni tahlili



Obyektga ta`sir qiluvchi omillarni tahlili



Alternativ variantalrni izlash


Istiqbolni belgilash


Optimal variantlarni baholash



Rejani optimal variantini tanlash va qaror qabul qilish



Rejani bajaruvchilarga yetkazish

3-chizma.


Strategik rejalashtirish bosqichlari



Marketing tadqiqotlari asosida korxonaning rivojlanish istiqbolini aniqlash va uning raqobatbardoshligini baholash




Bozor vaziyatiga bog`liq muammolarni aniqlash, ularni hal qilish variantlarini asoslash va tanlagan variantning oqibatini baholash.


Uzoq muddatli rejani tuzish



Xo`jalik faoliyatining strategik sohalari bo`yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqish

Uzoq muddatli rejalar quyidagi tartibda tuzilishi ham korxonalar tajribasida ishlatilib kelinmoqda:


- korxonaning maqsadi;
- investitsiya va ishlab chiqarishni takomillashtirish;
- resurslarni ishlatilish samarasi;
- boshqarishni takomillashtirish;
- raqobat vaziyatlarining tahlili;
- korxona tarkiblarining resurslari, ularning samaradorligi kibilarni aniqlash, belgilash.
Prognozlash va rejalashtirish usullari
hamda ko`rsatkichlari
Metod grekcha «methodos» so`zidan olingan bo`lib «nimagadir yo`l», bilish usulubi, jamiyat va tabiat hodisalarini tadqiqot qilish usuli ma`nosini bildiradi.
Rejalashtirish jarayonida balans usuli (moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari balansi), normallashtirish usuli, solishtirish indeks usuli, grafiklar, texnik-iqtisodiy hisoblar, sotsiologik tadqiqot, statistik guruhlash, iqtisodiy matematik usullar, ekspert baholash usuli kabilardan keng foydalaniladi.
Rejalashtirishda ko`rsatkichlar tizimidan keng foydalaniladi. Ular qatoriga natural va qiymat; absolyut va nisbiy; son va sifat ko`rsatkichlarini kiritish mumkin.
Sonli ko`rsatkichlar absolyut miqdorda ifodalanib ishlab chiqarish hajmini (dona, tonna, m.k.m., Kl.vt., shartli banka): ishchilar soni; ish haqi fondi; daromad hajmi; foyda summasi kabilarni ifodalaydi.
Sifat ko`rsatkichlari nisbiy miqdorlarda hisoblanadi va korxona faoliyatini samaradorligini o`lchov birligi sifatida ko`proq ishlatiladi. Bu ko`rsatkichlar protsent, indeks, koeffitsiyent kabilarda o`z aksini topadi.
Hajmiy ko`rsatkichlar asosan ishlab chiqarish hajmini, ayrim ko`rsatkichlarni absolyut miqdorini ifodalaydi (zahiralar miqdori, ishlab chiqarish hajmi, resurslar summasi va h.k.).
Solishtirma ko`rsatkichlar nisbiy miqdorlarda o`lchanib (sifat ko`rsatkichlarni bir turi), solishtirma og`irlikni, solishtirma birlikni ko`rsatadi. Masalan: ishlab chiaqrishni umumiy hajmida mahsulotni bir turini hissasi; umumiy ishchi-xizmatchilar ichida ishchilarning hissasi kabilar.
Savdo korxonalarida tovar aylanishi hajmi, assortimenti (so`m); tovar zahiralari hajmi va assortimenti (so`m); tovarlarni kelishi hajmi va assortimenti (so`m). Bu uchala ko`rsatkichlarni assortiment bo`yicha miqdori natural ko`rsatkichlarda (dona, metr, tonna va h.k.) hisobga olinadi, tahlil qilinadi va rejalashtiriladi.
Muomala xarajatalri summasi, tarkibi, moddalari bo`yicha (so`m, %).
Mehnat va ish haqi ko`rsatkichlari.
Daromad va foyda rentabellik ko`rsatkichlari.
Asosiy va aylanma fondlarni ishlatish bilan bog`liq ko`rsatkichlar.
Kapital mablag`lar, kredit, soliq va to`lovlar bilan bog`liq ko`rsatkichlar kabilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. O`zbekiston Respublikasi Mulkchilik to`g`risidagi qonun. 1990 yil 31 oktabr o`zbekiston Oliy Sovetining Vedemostlari, 1990 yil №31-33.

  2. O`zbekiston Respublikasida Mulkchilik to`g`risidagi qonunga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida o`zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 may qonuni o`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. 1993 yil, 5-son.

  3. O`zbekiston Respublikasi korxonalar to`g`risida qonun. 1991 yil 15 fevral O`zbekiston Respublikasi qonun va farmonlari. Toshkent. “O`zbekiston”, - 1992.

  4. O`zbekiston Respublikasining Kooperatsiya to`g`risidagi 1991 yil 14 iyun qonuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. 1991 yil yil, 8-son.

  5. O`zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida 1991 yil 14 iyun qonuni. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1991 yil, 8-son.

  6. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida o`zbekiston Respublikasining 1991 yil 19 noyabr qonuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axbortnomasi. 1992 yil, 1-son.

  7. Monopolistik faoliyatni cheklash to`g`risida O`zbekiston Respublikasining 1992 yil, 2 iyul qonuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi.1992 yil, 10-son.

  8. Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo`lida. Toshkenat., O`zbekiston, 1995.

  9. Karimov I.A. o`zbekiston – bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li. Toshkent., O`zbekiston, 1995.

  10. Karimov I.A. O`zbekistonning siyosiy ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining ta`moillari. Toshkent., O`zbekiston, 1995.

  11. www.ziyonet.uz


Download 116,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish