Mavzu: Tarix o`qitishda pedogogik va ta`lim texnologiyalaridan
foydalanish.
REJA: 1. Pedogogik texnologiya tushunchasiga ta`rif.
2.Tarix darslarida pedogogik texnologiyalardan foydalanishning
ahamiyati.
3. Tarix o`qitishda ta`lim texnologiyalari va metodlarning
tutgan o`rni.
4. Xulosa.
Ilmiy texnik taraqqiyot XX asr oxiriga kelib faqatgina ko`pgina ishlab chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bo`lib qolmay, balki madaniyat sohaga, gumanitarbilimlar sohasiga ham kirib keldi. Bugungi kunda biz endi axborot texnologiyalari haqida gapiramiz, shu jumladan ta`lim sohasida ham.
“Texnologiya” tushunchasi texnik taraqqiyot tufayli yuzaga keldi va lug`at talqini bo`yicha materialga ishlov berish usullari va vositalari haqidagi bilimlar majmuidir. Texnologiya shu bilan birga jarayonni bilish san`tini ham o`z ichiga oladi. Texnologik jarayon har doim zarur vositalar va sharoitlardan foydalanish bilan operatsiyalar ma`lum ketma ketligini ko`zda tutadi. Texnologiya protsessual mazmunda “qanday qilib, nimadan va qaysi vositalar bilan bajarish kerak?” degan savolga javob beradi.
“Pedogogik texnologiya” tushunchasi o`qitish nazariyasidan keying paytlarda yanada kengroq tarqaldi.
XX asrning 20 – yillarida “pedagodik texnologiya” termini birinchi bor pedogogika bo`yicha asarlarda tilga olingan. Shu vaqtning o`zida yana bir boshqa – “pedogogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedogogik enstiklopediyada 30 – yillarda o`quv mashg`ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar va vositalar sifatida ifodalangan. Pedogogik texnologiyalarga o`quv va laboratoriya uskunalari bilan ishlash, ko`rgazmali qo`llanmalardan foydalanish mahoratlari ham kiritilgan.
O`tgan asrning 40 – 50 – yillarida, o`qitish – o`quv jarayonlariga texnik vositalarni tatbiq etish boshlanganida, “ta`lim texnologiyasi” termini paydo bo`ldi, u keying yillar davomida “ pedogogik texnologiyaga” aylantirildi. 60 – yillar o`rtalarida bu tushunchaning mazmuni cet ellarda pedogogik nashrlarda va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu sohada turli mamalakatlarda (AQSH, Angiliya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Vengriya) uni talqin qilish darajasiga qarab ikki yo`nalishi belgilandi.
Birinchi yo`nalish tarafdorlari texnik vositalar va dasturlashtirilgan o`qitish vositalarini qo`llash zarurligini ta`kidladilar.
Pedogogik texnologiya – bu ta`lim shakllarini optimallashtirish masalasini qo`yuvchi, texnik va insoniy imkoniyatlarni va ularning o`zaro munosabatlarni hisobga olib o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonini yaratish, qo`llash va belgilashda sistemali yondashishdir.
Texnologiya – bu san`at, mahorat, mohirlik, ishlab chiqarish metodlari to`plami holaatini o`zlashtirishdir.
O`qitish texnologiyasi – bu o`quvchilar va o`qituvchilar uchun so`zsiz qulay sharoit yaratib berish bilan o`quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish va olib boorish bo`yicha har tomonlama o`ylab chiqilgan hamkorlikdagi pedogogik faoliyat modelidir.
Avtoritar texnologiyalar, bunda pedagog o`quv – tarbiyaviy jarayonning yakka subyekti hisoblanadi.
Pedogogik texnologiya odatda maqsadi talim jarayoni samaradorligini oshirish, talimda ko`zda tutilgan yutuqlarga erishish bo`lgan chet el pedogogikasining yo`nalishiga aytiladi. Milliy adabiyotlarda bunday hollarda o`qitish didaktikasi yoki metodikasi haqida gapiradilar, biroq, texnologiya termini hozirgi kunda juda keng tarqalgan tushuncha hisoblanadi. Pedogogik texnologiyalar esa hozirgi kunda talimning ajralmas bo`lagi hisoblanib qolmoqda.
Pedogogik texnologiyalardan foydalanish albatta dars samaradorligini oshiriishga yordam beradi. Chunki biz hozirgi kunda axborot asrida yashar ekanmiz bolalarga talim berish jarayonida ham axborot texnologiyalari va chet el pedogogik texnologiyalarini milliy madaniyatimizga mos ravishda o`quvchilarga o`rgatib boorish davr talabiga aylanib bormoqda. Pedogogik texnologiyalar dars samaradorligi va ko`zlangan natijaga erishishdagi eng to`g`ri yo`ldir. O`quvchini diqqat etiborini darsga qarata olmaslik dars sifatini yomonlashuviga olib kelaveradi. Darsda pedogogik texnologiyalardan foydalanish esa o`quvchilarning diqqat etiborini darsga qaratishga imkon beradi va ko`zlangan natijani o`qituvchiga bera oladi. Pedogogik texnologiyalarda talim va tarbiya jarayonlarining yonma-yon tarzda berib borilishi ham bizning millatimizga xos bo`lgan tushuncha hisoblanadi. Pedogogik texnologiyalarning yana bir afzallik tomoni shundan iboratki, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatadi. Bu esa ularning nutqiy va aqliy salohiyatini o`stirishga olib keladi. Darsda o`quvchilarni erkin fikrlash va o`zini tuta olish imkoniyatini ham beradi. Hozirgi kundagi pedogogik texnologiyalardan foydalanish dars samaradorligini oshirishga ham o`z tasirini ko`rsatmoqda. Kundan kunga o`sib borayotgan bilim olish jarayonida o`quvchilarga yanada erkinliklar yaratilmoqda. Dars jarayonida pedogogik texnologiyalardan foydalanish o`qituvchining bilim va salohiyatini namoish etadi, chunki o`qituvchi qanday ped texnologiya va metodlarni tanlay bilishi zarur. Hamma metod ham darsga tushavermaydi. Dars jarayonida qanday metod qo`llash esa o`qituvchining mahoratini namoyish etadi shu bilan birga o`quvchilarni ham o`ziga jalb eta oladi. Va dars jarayoni qiziqarli bo`lib o`quvchilarning darsga bo`lgan munosabati va darsni tushunish salohiyati ortib boradi. Shu sababli o`qituvchi birinchi navbatda metodlarni va ped texnologiyalarni to`g`ri tanlay olishi zarur.
Pedogogik texnologiyalar asosida o`quv jarayonini amalga oshirishda B.Skinner tomonidan taklif etilgan qator tamoyillarni qo`llash mumkin. Darsni olib boorish jarayonida qaysi dars turidan foydalanishdan qatiy nazar, o`quv maqsadlari to`g`ri shakllantirilsa va pedogogik texnologiyalar o`z o`rnida qo`llanilsa, albatta bunday darslar samarali bo`ladi va o`quvchilarning ham darsga bo`lgan munosabatlari yaxshi tomonga o`zgaradi. Metodlarni to`g`ri qo`llay olish yuksak mahoratni ko`rsatadi. Va dars jarayoni sifatli bo`lib undan ko`zlangan maqsadlarga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |