Uchinchi yo’l: o’quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo’lib, ular o’qish va o’rgatishning asosiy elementlarini o’rnatib, o’zida oliy darajadagi pedagog olimlarning o’qitishdagi uslub va yo’llarini mujassamlashtirgan bo’ladi.
Ishlab chiqarishda, malakasi uncha yuqori bo’lmagan oddiy ishchi tayyor texnologiya bo’yicha oliy sifatli mahsulot ishlab chiqarganidek, oddiy o’qituvchi, pedagogik texnologiyani qo’llab, ajoyib natijalarga erishadi. Pedagogik texnologiyaning qimmati va ahamiyati aynan shu bilan belgilanadi.
Ommaviy o’qitish sharoitida talabalarning to’la o’zlashtirishga erishishini ta’minlaydigan yagona to’g’ri yo’l – shu yo’ldir.
Pedagogik texnologiya, ishlab chiqarish texnologik jarayoniga o’xshab ko’zlangan (rejalashtirilgan) natijalarga erishishni kafolatlaydi.
Pedagogik texnologiyalarning o’zi nima va u an’anaviy ta’limdan nima bilan farq qiladi?
Hozirgi kunda pedagogik adabiyotlar, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «Progressiv pedagogik texnologiya», «Zamonaviy ta’lim texnologiyasi» iboralari keng qo’llanilmoqda. Ammo «Pedagogik texnologiya» tushunchasi hali ham bir qolipga tushirilmagan, ensiklopediyalarda izohlanganicha yo’q, mazmunining yagona talqini ham ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko’pgina ta’riflari mavjud.
Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O’zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim amaliyotida qo’llashga intilmoqdalar.
Didaktikaning asoschisi Yan Amos Komenskiy XVII asrdayoq ta’limning «Vaqt, fanlar va uslublarni mohirona taqsimlashni boshqa narsani talab qilmaydigan umumiy tartibdagi o’qitishning yagona mukammal uslubi topilsa, hamma narsa toshlari to’g’ri muvozanatlangan soatdek, faqat ana shunday mahorat yaratilgan asbobda erishish mumkin bo’lgan bexatolik bilan ilgarilaydi» - deb aytgan.
Zamonaviy pedagogikada ham, ta’limni shunday modellari, unga nisbatan shunday yondashuvlar ishlanmoqdaki, ular ta’limga, ishlab chiqarish – texnologik jarayon, ma’lum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida ko’zlangan ta’lim maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan xarakterni berish imkoniyatini yaratadi.
T.S.Nazarovaning qayd etishicha, pedagogik texnologiya 1970-yilarning boshlarida AQShda yuzaga kelgan bo’lib, uning asoschisi taniqli olimlar B.Blum, D.Kratvol, N.Gronlund, J.Kerrol, J.Blok, L.Anderson va boshqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |