Reja: Pedagogik ijodkorlikning namoyon bo'lishi: intuitsiya, zehn va xayolot


Pedagog-novatorning asosiy g'oyalari



Download 79,5 Kb.
bet3/4
Sana11.04.2022
Hajmi79,5 Kb.
#542404
1   2   3   4
Bog'liq
Reja Pedagogik ijodkorlikning namoyon bo\'lishi intuitsiya, zeh

Pedagog-novatorning asosiy g'oyalari.
O'quvchilar bilan munosabat. O'qituvchi oldida o'quvchilarni ta'limning umumiy mehnatiga jalb etishdek muhim vazifa turadi. Pedagogik hamkorlik oldingi pedagogikadan, bolalarni o'qishga tortishda o'qituvchi va o'quvchining birgalikdagi mehnati asosiga qurilgan. O'qituvchilar bilan munosabatda novatorlik yondashuvining mohiyati shundaki, ijtimoiy sharoitlarning o'zgarishi ta'lim tizimida adekvativ o'zgarishlarni talab etadi. V. I. Juravlevning ta'kidlashicha, hamkorlik pedagogikasi nafaqat munosabatlar, balki bilish operatsiyasining tuzilishini, bilimlarni jamoa bo'lib egallash va mustaqil bo'lib yakka tartibda ishlashni (eng yaxshi sherik bo'lish uchun) ham talab etadi.
IXTIYORIY TA'LIM OLISH. Hamkorlik pedagogikasining prinsipi o'quvchida qo'rqish hissini yo'qotish, erkin bo'lish, o'ziga ishonch uyg'otish, unda to'laqonli ijodiy ishlashga qobil insonni ko'rish, V. A. Suxomlinskiy so'zi bilan aytganda, muvaffaqiyatdan yuzaga kelgan ko'tarinkilik bo'lsa, o'sha yerda o'qishga qiziqish bo'ladi.
QIYIN MAQSAD G'OYASI. Tajriba o'tkazuvchi o'qituvchilarning yozishicha, ularning ishlari an'anaviy darsdan shunisi bilan farq qiladiki, ular bolalar bilan hamkorlik g'oyasini quvvatlab turadi, bolalar oldiga ko'proq murakkab maqsadlarni qo'yadi, ularning o'ta murakkabligiga e'tiborni qaratadi va ushbu maqsad albatta amalga oshiriladi, bu o'rinda mavzu yaxshi o'zlashtirilgan bo'lishi kerak. Mazkur holatda o'quvchilarni maqsadning o'zigina emas, balki qiyinchiliklarni yengishga bo'lgan qat'iy ishonch ham birlashtiradi.
O'Z-O'ZINI TAHLIL ETISH G'OYASI. Ilg'or o'qituvchilar bolalar o'qishining dastlabki davridan boshlab individual va jamoa bo'lib o'z-o'zini tahlil etishga o'rgatib boradi. Sh. A. Amanashvili kichik yoshdagi bolalarni baho berish va muhokama yuritishga o'rgatib boradi. Uning o'quvchilari dars vaqtida o'z o'rtoqlarining ishlarini tekshirib, baxrlab, bir-birlarining yozma ishlariga taqriz yozishga o'rganib boradilar.
SINFNING INTELLEKTUAL ASOSI. Ijodiy ishlaydigan o'qituvchilarning sinflarida bilimga bo'lgan intilish, yuqori maqsadlarga erishish doimo hukm suradi. Smfhing umumiy maqsadlari va boyliklariga uning intellektual fondi (asosi) kuchli ta'sir ko'rsatadi. O'quvchilar qiyinchiliklarai yyengishga, aqliy zo'riqishdan qo'rqmaslikka, evristik quvonchni ko'ra olishga o'rgatadi.
SHAXSIY YONDASHUV. Ilg'or o'qituvchilar dars o'tish jarayonida, har bir o'quvchi o'z shaxsini his etib turishiga o'rgatadi, o'qituvchining o'ziga e'tibor berayotganini sezib turadi. Bu, asosan, har bir o'quvchining dars davomida o'z mehnatiga berilayotgan bahoni olib turishi bilan xarakterlanadi. Har bir o'quvchi o'ziga vazifa taniaydi. Hech kim undan qobiliyatsiz deb gumonsiramaydi, sinfda hamma har tomonlama himoyalangan.
e) DARSDA O'Z-O'ZINI NAZORAT. O'z-o'zini nazorat yosh o'qituvchilar
pedagogik qobiliyatini rivojlanishini tezlashtiradi, tajribali o'qituvchilar pedagog mahoratini «sirini» oshkor etadi. O'qituvchi o'z-o'zini tahlil etishga murojaat etib, darsda o'z-o'zini boshqarish va o'z-o'zini takomillashtirish kabi kuchli qurolga ega bo'ladi, bu esa o'z o'rnida o'z mehnatidan qoniqish, ma'naviy kuchga ega bo'lish kabi his-tuyg'uni yuzaga keltiradi. Dars tahlilining quyidagi umumlashgan prinsiplariga rioya qilish mumkin:
1. Darsda nima qihsh mo'ljallangan edi, aslida nima bo'ldi, qiyoslash zarur.
2. Bilim, ko'nikma va rivojlanish borasida o'quvchilarda o'zgarishlarni oldingi tahlil qilingani bilan qiyoslash.
3. Darsda o'quvchilar chin dildan ishlayotganini hisobga olish zarur.
j) DARSNING SIFAT TOMONI. Darsning sifat tomonini aniqlash o'qituvchi uchun mahorat maktabi, mashg'ulotlar tashkil qilishning eng samarali yo'l va usullarini ongli darajada qo'Uash sharti hisoblanadi. U darsda nimaga erishdi, nimaga erishaolmadi, sabab qanday, bartaraf etish, yanada rivojlantirish uchun nima qilish kerak?
I. Dars sifatini an'anaviy sxema bo'yicha aniqlash mumkin: so'rash - tushuntirish -mustahkamlash - uyga vazifa.
Masalan, dars sifatini M. Maxmutov sxemasi bo'yicha didaktik kategoriyalar va tuzilish elementlari bo'yicha o'tkazish mumkin.
Didaktik kategoriyalar bo'yicha tahlilning vazifalari quyidagilarni aniqlashdan iborat:

  1. Dars didaktik prinsiplar va o'quv tarbiya jarayoni talabariga javob beradimi?

  2. Darsning borishi va natijasi dars talablari va programmaga javob beradimi?

3. Didaktik vazifalar hal etildimi? O'quvchilar bilim, ko'nikma va malakalarai egallashlari maqsadi ro'yobga chiqdimi?
4. Butunicha dars tuzilishi qanday edi va tashqi-ichki tuzilishi elementlarining izchilligi qanday?
5. Darsning didaktik vazifalariga o'qituvchi metodlari, ko'rgazmalilik va texnik vositalar to'g'ri keldimi, o'quvchilar yuqori darajada bilishi uchun mustaqil ishlashiga bular yordam berdimi?
6. Ushbu darsda differensiyallash va individuallashtirishning xarakterli tomonlari nimalardan iborat bo'ladi?
II. Dars tahlili tuzilish elementlariga ko'ra quyidagilarni aniqlaydi.
Dolzarblikni sifat jihatdan aniqlash, harakat qilishning yangi tushuncha va usullarini shakllantirish, ko'nikma va malakalarni shakllantirish, darsning qaysi elementlari o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishini belgilash. Shularning barchasi dars sifatini belgilaydi.
Kasbiy refleksiya va pedagogik faoliyat.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, butun mamlakat miqyosida ta'lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o'rgatish tizimlarini tubdan islohqilishga kirishildi. Belgilangan maqsadlar muvaffaqiyatli amalga oshirilib, hozirgi kunda ta'lim sohasida yuksak samaradorliklarga erishilmoqda. Bunda o'qituvchilar bilan birga keng jamoatchilik, butun xalqimizning fidokorona mehnatini e'tirof etib, Prezidentimiz I.A.Karimov o'zining "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" asarida quyidagi fikiiami bayon etadi: "Maktab, ta'lim-tarbiya masalasida davlat va jamiyat nazoratida bo'lishi asosiy qonunimizda belgilab qo'yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun halqimizning ishtiroki va qo'llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir.
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi, farzandlarimizning bugun qanday ta'lim-tarbiya olishiga bog'liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va muabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar yetib voyaga yetkazish-(ta'lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan o'qituvchilarning asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi kerak".
Bu ulkan javobgarlik hissi o'qituvchilarda pedagogik mahorat qirralarining turli jarayonlarini hozirgi zamon talablari darajasida takomillashtirishni talab etadi. So'nggi yillarda pedagog va psixolog olimlar o'qituvchilarning pedagogik faoliyatida fikrlash hamda analitik qobiliyatlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlamoqdalar. Bu qobiliyatlar asosini esa, o'qituvchining kasbiy refleksiyasi tashkil etadi.
Refleksiya (lot.«reflexsio»-orqaga qaytish) - «har tomonlama barkamol rivojlangan insonning o'z xatti-harakatlari va uiarmng qonuniyatlarni anglashga qaratilgan nazariy faoliyat shaklidir; inson ma'naviy dunyosining o'ziga xos yashirin hislatlarini ochib beradigan o'z-o'zini bilishga va anglashga qaratilgan faoliyatdir ».

Download 79,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish