Xolislik prinsipi – bunday hollarda sinaluvchiga munosabat noxolislikka yo’l qo’yilmaydi, sinaluvchiga samimiy, do’stona munosabatda o’rnatilib, ularda hech qanday noxolislikka shubha uyg’otmaslik talab etiladi. Sinovni olib borish metodikasi ham standartlashgan bo’lishi, sinov maqsadiga mos tushmog’i talab etiladi.
Ishonchlilik prinsipi – diagnostika asosida olingan materiallar o’zaro ishonchga suyanish, tasodifiy ravishda natijalarni oshkor etish, tarqatish mumkin emas. U o’zaro kelishilgan shartlar asosida ko’rsatiladi, tarqatiladi, boxabar qilinadi. Bunda etnik qoidalarga rioya qilingan holda barcha ishtirokchilarga yetkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |