Maktab yoshidagi bolalar tafakkurini o’rganish metodikasi. Mazkur metodika kichik maktab yoshidagi bolalarda tushunchalar, turli ob`ektlar orasidagi bog’lanish sabalari, o’xshashlik tasavvurlarning shakllanganligini o’rganish uchun xizmat qiladi. U 20 ta savolni o’z ichiga oladi.
Psixolog bolaga har bir savolni o’qib beradi va bolaning javobini qayd etadi. Har bir savoddan so’ng qavs ichiga to’g’ri javob keltirilgan.
Savollar.
1. Ot kattami yoki itmi? (Ot).
2. Ertalab nonushta qilamiz, peshindachi? (tushlik).
3. Kunduzi yorug’ kechasi-chi? (qorong’u).
4. Osmon havo rangda, o’tlarchi? (yashil).
5. Gilos, nok, olma, olxo’ri bular nimalar? (meva).
6. Nima uchun hali piyoda o’tmasdan shlakbum tushiradi (mashinalarni to’xtatib turish uchun).
7. Toshkent, Samarqand, Buxoro – bular nima? (shahar).
8. Soat necha bo’ldi, (bolaga soat ko’rsatiladi).
9. Sigirning bolasi buzoq, itning bolasi kuchukcha, qo’yning bolasi nima? (qo’zichoq).
10. It ko’proq tovuqqa o’xshaydmi yoki mushukka? (mushukka).
11. Nima uchun avtomabilda tormoz bor? (mashinisi sekinlashtirishdagi har qanday javob to’g’ri bo’ladi).
12. Bola bilan bolta nimasi bilan bir biriga o’xshaydi? (o’xshash vazifalarni bajaruvchi asboblar mazmunidagi har qanday javob to’g’ri).
13. Olmaxon bilan mushuk nimasiga ko’ra o’xshaydi? (kamida ikkta belgi sanab o’tilishi kerak).
14. Mix bilan vintning nima farqi bor? (mixning usti tekis, vint g’adir-budir, mix bolg’a bilan qoqiladi, vinit burab kiritiladi).
15. Futbol, tennis, suzish bular nima? (sport fizkulturalari).
16. Qanday transport turlarini bilasiz? (kamida ikkita har xil transport sanab o’tish kerak).
17. Qari odam yoshdan nima bilan farqlanadi? (kamida ikkita turli xil belgilarni sanab o’tish kerak).
18. Odamlar nima uchun sport bilan shug’ullanadi? (sog’lom bo’lish uchun, kuchli bo’lish uchun, baquvvat bo’lish uchun, g’alaba qozonish uchun, shinam bo’lish uchun).
19. Odamlar ishlamasa nima bo’lishi mumkin? (narsalar yaratilmaydilar, narsalar sotib olinmaydilar, qiynalib yashaydilar kabi javoblar).
20. Odamni nima uchun qamaydilar? (yomon ish qilgani uchun, qonunni buzgani uchun, boshqalarga zarar etkazganlari uchun).
Natijalarni qayta ishlash. Agar bolaning javobi to’g’ri javobga mos kelsa, unga 0,5 ball, qisman to’g’ri kelsa, 1,25 ball qo’yiladi. Bolani baholashdan avval bolaga savolni to’g’ri tushuntirilganligiga ishonch hosil qilish kerak. Natijalarni baholash. 10 ball – juda yuqori darajada 8-9 ball – yuqori darajada 4-7 ball – o’rta darajada 2-3 – ball past darajada 0-1 ball – juda past darajada
Siz tinglashni bilasizmi? Quyidagi savollarga tegishli variant bilan javob qaytaring Doim doim – 2 ball Ko’pincha – 4 ball Ba`zan – 6 ball Kamdan kam – 8 ball Deyarli hech qachon -10 ball Savollar. 1. Suhbat mavzusi sizga sira qiziq bo’lmasa, uni tugatishga harakat qilasizmi? 2. Suhbatdoshingizning bachkana qiliqlari g’ashingizni keltiradimi? 3. Suhbatdoshingizning qandaydir gapi yoki harakati sizni qo’pollikka majbur qilishi mumkinmi? 4. Notanish yoki yaxshi tanish bo’lmagan odam bilan suhbatlashishdan qochasizmi? 5. Suhbatdoshingizning gapini bo’lish odatingiz bormi? 6. Suhbat davomida boshqa narsalar bilan mashg’ul bo’lsangiz ham o’zingizni tinglayotganday ko’rsatishga harakat qalasizmi? 7. Suhbatdoshingiz muomalasiga qarab yuz ifodangizni, ovozingiz ohangini o’zgartirasizsi? 8. Suhbat siz uchun yoqimsiz mavzu haqida bo’lsa, mavzuni almashririshga harakat qilasizmi? 9. Suhbatdoshingiz birorta so’zni noto’g’ri xato talaffuz etsa, uni tuzutishga harakat qilasizmi? 10. Suhbatdoshingizga nisbatan pastroq nazar bilan qarash holatlarigiz bo’lib turadimi? Natijalarni qayta ishlash. Ballar yig’indisi 62 dan oshsa, tinglash ko’nikmalarining rivojlanish darajasi o’rtachadan yuqoriroq bo’ladi. O’rtacha daraja 55 ball.
Do'stlaringiz bilan baham: |