Fu n kt s iy a lar v a pr ot se du r al ar Algoritmik tillarda, faqat qiymatini hisoblash algoritmlari ma‘lum
bo’lgangina funktsiyalar ishlatiladi. Dastur to’zuvchi dastur uchun lozim
bo’lgan keraklicha funktsiyalarni o’z dastursiga kiritishi mumkin.
Xuddi funktsiyalar kabi hal qilinayotgan masalaning ma‘lum bir
tugallangan bosqichlarini hisoblash vazifasini protseduralar zimmasiga
yo’qlasa ham bo’ladi. Fukntsiyani hisoblash natijasida faqat, yagona
natijaviy qiymatga erishiladi, protseduradan foydalanganda esa,
natijaviy qiymatlar soni yetarlicha ko’p bo’lishi mumkin.
Dasturda aniqlangan funktsiya va protseduralar o’zgaruvchilarning
e‘loni bo’limida e‘lon qilinib qo’yilishi kerak. Bunda har bir funktsiya
va protseduraga, ularning bajaradigan vazifasiga mos ismlar berib
qo’yiladi. Ularni aniqlashda formal parametrlardan foydalaniladi. o’z
navbatida, bu parametrlarning tiplari funktsiya va protseduraning ichida
aniqlanilib, e‘lon qilinadi.
Dasturda aniqlangan funktsiya va protseduralardan foydalanish
uchun dastur matnida ularning ismlari va formal parametrlarga mos,
faktik parametrlari berilishi kerak.
Ma‘lumki, matematika ko’rsidagi elementar funktsiyalardan dastur
tuzishda juda ko’p foydalanishga to’g’ri keladi. Bunday funktsiyalarni
boshqa tillardagi kabi standart funktsiyalar deb ataladi va standart
funktsiyalarning ismlaridan boshqa maqsadda foydalanish maqsadga
muvofiq emas.